Telefonda qanday suhbatlashasiz?
Telefonda qanday suhbatlashasiz?
Insonning fe’l-atvorini, ayni damdagi kayfiyatini bir qaraganda bilish qiyindek tuyiladi. Rostdan ham shunday. Oramizda shunday kishilar borki, uning fe’li , saviyasi, ma’naviy dunyosi uning yurish turishi, gaplari, gapirish ohangidan bilish juda mushkul. Ammo, vaziyat taqozo etganda biz ular bilan muloqot qilishimiz, zarur bo’lganda ichki dunyosini ochishimiz kerak bo’ladi. Bunday vaziyatlarda nima qilish lozim? Albatta, kuzatish.

Agar yaxshilab kuzatsangiz, insonning ayni damdagi kayfiyatini uning imo-ishoralaridan bilib olasiz. Masalan, telefon orqali gaplashayotgan odamga e’tibor bering. Uning ishoralaridan ayni vaqtdagi kayfiyati va suxbatdoshiga bo’lgan munosabatini bilib olish mumkin.

Birinchi vaziyat.

Telefon go’shagini qulog’iga qistirib olib, oldiga qalam yoki ruchka bilan rasm chizayotgan odamga  gaplashilayotgan mavzuning umuman qizig’I yo’q. U xayolan butunlay boshqa tomonlarda yuribdi. Hatto ayrimlar suhbatdoshlarini umuman eshitishmaydi. Bu holatni majlis yoki yig’inlarda kuzatish mumkin.

Ikkinchi vaziyat.

Telefonda gaplashayotgan odam tamaki chekib turgan bo’lsa, gaplashilayotgan mavzu uni qiziqtirsa, u tamakini og’zidan oladi va go’shakni mahkamroq tutadi.

Uchinchi vaziyat.

Qizlar yoqtirgan insonlari bilan gaplashayotganlarida tinmay ko’zguga qaraydilar.  Ba’zida qo’llari bilan yuz ko’zlariga tegib turishadi.

To’rtinchi vaziyat.

Telefonda gaplashayotgan odam suhbatdan mamnun bo’lsa, kursida chayqalib qo’yadi.  Bu uning o’ziga ishonayotgani , muammolar bo’lsa, bemalol hal etishidan darak beradi.

Beshinchi vaziyat.

Gaplashayotganda stol tortmalarini ochib yopaverish, nimalarnidir izlashga urinish kishining nimadir o’ylayotgani, muammoning yechimini topishga urinayotganidan darak beradi. Bunday holatga xato qilib qo’ygan kishilar ham tez-tez tushib turishadi.

Oltinchi vaziyat.

Telefonda gaplashayotgan odamning birdaniga o’rnidan turib ketishi yaxshi yoki yomon habarni eshitganidan darak berishi mumkin. Agar telefonda gaplashayotgan odam turib, u yoqdan bu yoqqa yuraversa, demak suhbat uning joniga tekkan.

Yettinchi vaziyat.

Agar ayol kishi yerda o’tirib yoki palosga yotib gaplashayotgan bo’lsa, bilingki,  u dugonasining diydiyolarini tinglayapti. Agar u go’shakni qo’li bilan berkitib pichirlayotgan bo’lsa,  u o’z hayotiga doir   “qaynoqqina”  ma’lumotlardan dugonasini boxabar etyabdi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook