Toshkent yaqinida joylashgan 10 ta dam olish maskani
Toshkent yaqinida joylashgan 10 ta dam olish maskani
Biz etiboringizga dam olish kunlarini maroqli o’tkazish uchun qulay bo’lgan O’zbekistonning ajoyib dam olish maskanlarining ro’yhatini havola etamiz. U yerlarga borish uchun maxsus ruxsatnoma shart emas, pasportingiz bo’lsa, kifoya.

Shahardan uzoqligi:  75 km

Yetib olish:  “Beldersoy” lageriga yetmasdan chapga qayrilish kerak. Taksida 1 soatlik yo’l.

Sayohat narxi:  Borish va qaytish xarajati taxminan 186 000 so’mga tushadi.

4.Parkent- soyi bo’ylab sayohat

Toshloq daraga qaragan ushbu manzarali joy Toshkent yaqinida joylashgan. Bu yerdagi “Kumushkon” dam olish maskanida maroqli hordiq chiqarish mumkin. Oltingugurt-vodorodli buloq, kumush konlarining uyumlari, qoyalar va soy salqini sayyohlarni bee’tibor qoldirmaydi. Teparoqqa qarab yurilsa, sharshara manzarasidan bahra olish mumkin.

Shahardan uzoqligi:  50 km

Yetib olish:  Bu dam olish maskaniga olib boruvchi yo’l Parkentdan o’tib, Kumushkon qishlog’iga qarab boradi. Taksida borish 1 soatu 10 munutlik yo’l.

Sayohat narxi:  Taxminan 116 000 so’m. Bunga taksida borish kelish xarajati kiradi.

5.So’qoq bo’ylab sayohat

Bu yerning manzarasi ayniqsa o’zgachadir. Qarag’ay daraxtzorlar shaharda topib bo’lmaydigan sof toza havodan bahra olish imkonini beradi. Daraxtzorlardan o’tib, qir-adirlar oshib tepalikka qarab yurilsa, Shaxqo’rg’on tog’iga chiqish mumkin. Bu tepalikda esa Zarkent va So’qoqning go’zal manzaralarini hamda atrofdagi tog’lar manzarasidan bahra olish mumkin. Yaxshi tayyorlangan sayyohlar bu cho’qqiga 1,5-2 soat davomida ko’tarila oladi. Tushayotganda esa yo’ldagi choyxonada hordiq chiqarib, mahalliy kabobdan tanovvul qilish mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook