Urfdan qolmaydigan liboslar 5taligi
Urfdan qolmaydigan liboslar  5taligi
Bu muammo deyarli barcha ayollarga tanish, desak mubolag’a bo’lmaydi: bir zum jovon to’la liboslarga tikilib turib, “kiyishga bitta ham kiyimim yo’q” deya nolib qo’yamiz. Aynan shu muammodan qutilish uchun hech qachon urfdan qolmaydigan libos va aksessuarlar xarid qilish maqsadga muvofiq.

1. Jinsi.

Jinsini qanday narxda sotib olishingizdan qat’i nazar, uzoq vaqt hizmat qilishi tahsinga sazovor. Shuningdek, u har qanday uslubga xos libos va aksessuarlar bilan a’lo darajada uyg’unlashadi.

2. To’g’ri bichimli yubka.

Ushbu modelni allaqachon klassik liboslar qatoriga kirgan deyish mumkin. Tizzagacha uzunlikdagi va orqa tomonidan kichik  yirmoch (razrez) bilan ishlangan yubka muhim tadbirlar chog’ida ham ishbilarmon ayol ko’rinishini berib turadi.

3. Oq bluza.

Xarid chog’ida ishonchingiz komil bo’lsin, pulni havoga sovurayotganingiz yo’q. Sababi, oq bluzani turli uslublarga hos yubka, shim va jinsi bilan uyg’unlashtirish imkoni mavjud.

4. Plash.

Qomatga urg’u beruvchi bejirim plash salqin kunlarda ham zamonaviy ko’rinish yaratishingizga yordam beradi.

5. Charm sumka.

Charm sumka borasida tejamkorlik qilmagan ma’qul. Sababi sifatli sumka sizga yillar davomida  beminnat hizmat qiladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook