Uyni toza saqlash uchun 14 ta sodda maslahatlar
Uyni toza saqlash uchun 14 ta sodda maslahatlar
Har bir inson og’ir ish kunini yakuniga yetkazib ozoda uyga qaytishni istaydi. Biroq hamma ham uyida ideal tozalikni saqlashga qoir emas. Bu borada sizga ko’maklashamiz! Agar siz uyingiz, changyutkich, supirgi va shvabralar ishlatmagan holda toza turishini istasangiz ushbu maslaxatlarimiz albatta sizga kor qiladi.

1. Och ranglar

Uyni jihozlashda bo'sh joy va ochroq ranglarga ko’proq e’tibor qarating. Ular xonani  vizual kengaytirishi va xonani ozoda qilib ko’rsatishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Xona devorlari uchun ochiq ranglar : oq, qaymoqrang, och moviy ranglar tanlaganingiz ma’qul. Uy jihozlari, parda gilam choyshablar ham bundan mustasno emas. Hona qanchalik yorqin bo’lsa shunchalik toza ko’rinadi.

2. To'g'ri chiziqlar va burchaklar

Tadqiqotlarga ko'ra, odamlar to'g'ri chiziqlar va burchaklarni tartib va ​​tozalik bilan bog'lashadi. Bu qiyinchiliksiz uyni toza va tartibli qilishning bir usuli. Tekis chiziqli va ravon burchakli mebellarni tanlang. Uni  devor chiziqlari nisbatini olgan holda tekis joylashtiring.  Bu uyga ma'lum bir nafislik, vazminlik va albatta poklikni beradi. 

3. Taxlangan narsalar

Uyingizni tartibsiz ko’rinishiga ta’sir etuvchi omillardan biri bu yoyilib yotgan buyumlar, oshxonadagi, burchakdagi va yotoqxonalardagi to’plangan narsalardir. Siz kiyimni kresloga tashlamasligingiz , shunchaki javonga taxlab qo’yishingiz uchun ikki daqiqa ham ketmaydi. Faqat o’zingizdagi dangasalikni yengsangiz bas.

4. Minimalizm

Barcha keraksiz narsalardan xalos bo'ling! Xonangizga diqqat bilan qarang, shunda uzoq vaqt davomida ishlatmagan ko'plab keraksiz narsalar bilan to'ldirilganligini ko'rasiz. Ularni yashirish yoki butunlay tashlab yuborish haqida qaror qabul qiling.

5. Toza yostiqlar

Agar siz hamma joyni changini artib, polni, chiroqlarni yuvgan bo’lsangiz-u lekin yostiqlarni yaxshilab qoqib bir tekisda qo’ymagan bo’lsangiz  bo'lsangiz, unda barcha ishlar kerakli natijani bermaydi.  Divandagi  tekis yoyilga yopinchiq va to’gri joylashtirilgan yostiqlar umuman changyutkich, supirgi va shvabraning hizmatiga muhtoj emas.

6. Tartibli poyabzallar

Oyoq kiyimlar uchun javon sotib olish - bu sizning uyingizga kiritadigan eng yaxshi investitsiyalaringizdan biridir. Albatta, siz foydalanish uchun qulay bo'lgan poyafzallarni saqlash uchun yaxshi joyni topishingiz mumkin. Ikkala variant ham uyni toza va tartibli qilishga yordam beradi

7. Yashirin narsalar

Qadimgi, tasdiqlangan usul. Va eng samaralilardan  biri! Yoyilgan  narsalarni yig'ib oling va ularni biron bir yopiq joyga: savatga, javonga yoki bo’lmasa qutiga solib qo’ying. 

8. Tartibga keltirilgan krovat

Uyning estetikasi haqida gap ketganda  tartibga keltirilmagan to’shak hamisha yoqimsiz taasurot qoldiradi. Og’ir ish kunidan keyin o’zingizni ham kayfiyatingiz buzilmasligi uchun ertalab o’rningizni to’g’irlashga bir necha daqiqa vaqt ajrating.

9. Narsalar uchun mo'ljallangan joylar

Bu oddiy ko’rinadi. Biroq, xonangizga qarab turing va ko'p narsalar har qayerda  va qandaydir tarzda yotishini ko'rasiz. Bolalar o'yinchoqlari, jurnallar, kiyim-kechaklar, plitalar, tugallanmagan qahva  va hokazo...  Bularning barchasi ma'lum bir joyga ega bo'lishi kerak. Shunday usuldagina sizning uyingiz tartibli va toza bo’ladi.

10. Xona gullari va o'simliklar

Guldon yoki  tuvakdagi  gullar bilan jihozlangan uy juda ham chiroyli, tartibli va toza ko’rinadi. Xona gullari yoki o’simliklar tanlayotganingizda uyingiz intereriga mos keladiganidan tanlasangiz yanada ajoyib natijaga erishasiz.  Yan bir foydali tomoni shundaki o’simliklar xonani kislorod bilan to’ldirib turadi. 

11. Yuviqsiz idishlar

Ehtimol, hech narsa stolda, pechkada, gaz pech ustida  yuvilmagan idishlar kabi kuchli nopoklik tuyg'usini keltirib chiqara olmasa kerak ... Ovqat tugashi bilanoq darhol barcha idishlarni yuving yoki idish yuvish mashinasiga soling. 

12. Taxlangan sochiqlar

Toza burchaklar ozodalik hissini bergani kabi taxlangan sochiqlar ham uy estetikasiga ta’sir qiladi. Uydagi narsalarni : yopinchiq, hammom sochiqlari,oshxona sochig’i, pledlarni taxlab qo’yishga odatlaning.

13. Patnislardan foydalanish

Yana bir yaxshi sarmoya bu zamonaviy patnislar sotib olishdir. Ular yordamida siz osongina narsalarni olib yurishingiz va guruhlarga ajratishingiz mumkin. Bir nechta sochilgan narsalarga, oshxona anjomlariga yoki ovqatga qarash yoqimsiz. Ba'zi narsalarni mayda  tovoqlar ustiga guruhlasangiz yaxshi bo'ladi. Bu juda toza va yoqimli  ko'rinadi.

14. Tartibga keltirilgan qog’ozlar

Qog'ozlar, hisob varaqalari, cheklar, kartalar, tashrif qog'ozlari ... Siz bularning barchasini ish stoliga, javonlarga, oshxona stoliga, muzlatgich tepasiga qo'yasizmi? Agar shunday bo'lsa, siz barcha qog'ozlar uchun tegishli joy haqida aniq o'ylab olishingiz  kerak: javonlar,qog'oz idish, patnis, alohida javon va boshqalar. Shunday usullar orqali, sizning uyingiz nafaqat tartibli, balki toza ko'rinishga ega bo'ladi. Shunday qilib, yashash joyingizni vizual ravishda toza va tartibli qilishga yordam beradigan ushbu oddiy qoidalarni eslab qoling: dizaynda yorqin ranglarni afzal ko'ring; kvartirani to'g'ri chiziqlar va burchaklar bilan ta'minlang; xonalarning burchaklariga narsalarni yig'mang; keraksiz narsalardan xalos bo'ling; yostiqlarning toza bo'lishiga e'tibor bering; poyabzalni sochib tashlamang; tartibsiz narsalarni savatlarga, qutilarga solib qo’ying; narsalarni yerga tashlamang; uyni yangi gullar bilan bezang; kerksiz buyumlardan esa halos bo'ling. Uyingizdagi tartibni saqlashni odat qiling.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook