Uzumdan ajoyib niqoblar tayyorlash sirlari
Uzumdan ajoyib niqoblar tayyorlash sirlari
Go'zal bo'lishga har kim haqli. Buning uchun esa harakat qilmoq darkor. Quyidagi niqoblarimiz ham sizning go'zal bo'lishingizga ko'mak beradi degan umiddamiz!

Sersuv uzumning bir nechta donasini teshib, sharbati bilan bo’yin va yog’li yuz terisini arting. 15-20 daqiqadan so’ng yuvib tashlaysiz. Natijada yuz va bo’yin terisi yumshoq va mayin bo’ladi. 

Uzum donalarini ikkiga bo’ling. Bir necha daqiqaga yuzingizga qo’ying. Ushbu niqob terining shox qavatini ko’chirib, mayda ajinlardan forig’ bo’lishingizga ko’maklashadi.

Sovuq kunlarda qo’llar dag’allashadi.  Ularni tozalash uchun esa maydalangan gerkules va ezilgan uzumdan teng miqdorda olib, bo’tqa tayyorlang. Uni qo’llarga surtib 5-10 daqiqa qo’l terisini aylanma harakat bilan uqalang. Keyin esa iliq suvda yuvib tashlang. Natijasini o’zingiz payqay boshlaysiz.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook