Varikozi borlar esda saqlashi kerak bo’lgan 10 qoida
Varikozi borlar esda saqlashi kerak bo’lgan 10 qoida
Varikoz muammosi bilan aziyat chekuvchilar oramizda talaygina. Varikoz haqida ma'lumotlardan bir qanchasini e'tiboringizga havola qildik. Bu ma'lumotlar sizga qo'l kelsak bundan mamnun bo'lamiz.

Tomirlarni siquvchi, judayam tor bo’lgan paypoq, golfi tarang rezinali kiyim kiyish kerak emas.  

Oyoqlarni chalishtirib o’tirmaslikka harakat qiling.

 

Agar uzoq vaqt o’tirish yoki turishga majbur bo’lsangiz, har bir qulay vaqtda hech bo’lmaganda oyoqlarni, oyoq kafti bilan tovonni bir-biriga ishqalash kerak. Bu ham oyoqdagi boldir muskullari ishini qo’zg’atib, qon aylanishini yaxshilaydi.

Ko’proq piyoda yurishga harakat qiling, liftdan ham kamroq foydalaning. O’tirgan yoki turgan vaqtingizda tez-tez holatni o’zgartirib turing.

Issiqlik oshganida (sauna, hammom, issiq o’lkalarda dam olish orqali) ham kasallik qo’zg’alishi mumkin. Bu siz uchun qanchalik havfli yoki havfsiz ekanligini mutahassis shifokor bilan maslaxatlashing. 

Yaxshisi baland poshnali, balandligi 4-6 smdan ortiq bo’lgan oyoq kiyimidan voz keching.

Agar 5-10  daqiqa vaqtingiz bo’lsa,oyoqlaringizni balandroq (yuragingiz sathidan 15-20 sm baland) ko’tarib yoting. Iloji boricha uhlayotgan vaqtingizda ham oyoqlaringiz biroz balandroq bo’lishiga ahamiyat bering.

Taomnomangizdan yog’li, aralash ovqatlarni kamaytirib, ularning o’rnini meva va sabzavotlar bilan almashtiring. Ayniqsa, issiq kunlarda bir kunda ikki litrdan kam suv ichmaslikka harakat qiling.

Muntazam shifokor tafsiya qilgan dori preparatlarni iste’mol qiling. Davolash kursini o’z ixtiyoringiz bilan to’xtatmang, shifokor tavsiya etgan dorilar miqdorinio’zgartirmang.

Surunkali  tomir yetishmovchiligi kasalligida tavsiya etilgan, asoson boldirga og’irlik tushadigan sport turlaridan - birinchi o’rinda suzish, yurish, mayda qadamlar bilan yugurish turi bilan shug’ullaning.

Garmonli kontrasept qabul qilish, venoz patalogiyasini sun’iy ravishda qo’zg’atishi mumkin. Bunday dori iste’mol qiluvchi ayollar yarim yilda bir marta shifokor qabulida bo’lishlari shart.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook