Xitoyning eng boy ayoli – $7.7 millardli biznes akulasi
Xitoyning eng boy ayoli – $7.7 millardli biznes akulasi
Ikki yil avval jurnalistlar dunyo samrtfonlarining 20%i va planshetlarining 23% ida Lens Technology ishlab chiqargan oynalar ishlatilishini aniqlagan edi.
Bugun Gonkongning o’zida unga $27 millionlik ko’chmas mulk qarashli. Lekin hammasidan ham xonim Syunfey ishlab chiqarishda o’zini baliq suvda his qilgandek sezadi. U qo’lini suvga solib darajasi to’g’ri kelish kelmasligini aniqlaydi. Chjou Syunfey vannada kaliy ionlarida shishani qizdirish sirlarini tushuntirib bera oladi. Operatorlar qanday ishlayotganini ko’rish uchun o’zi ham ko’p hollarda ularning o’rniga ishlaydi. “U doim biror yangi muammoni topib, nega men ko’rmaganligimni so’rab meni noqulay vaziyatga soladi”, -deydi Lens Technologyning bosh menejeri Jeyms Chjao.
2006 yili yangi zavod ochilishi haqida savol ko’tarilganda Chjou Syunfey uni o’zining ona shahri Xuanyan viloyatidagi Syansyan shahrida ochishga qaror qildi. Keyingi o’n yil davomida bu zavod shahar budjetini to’ldirishga katta yordam berdi. 2014 yil oxirida Lens Technology ishchilari soni 82000 ga yetdi.
Kompaniya har bir muhtojlar uchun umumiy yotoqxonadan, o’z vannasiga ega joyni tekinga ajratib beradi. Chjou Syunfey ta’kidlashicha, biznesni boshlagandan beri biror marta ham ishchilarga oylik to’lashda qarz bo’lib qolmagan va kechiktirmagan.
2016 yilda Forbes jurnali Syunfeyni milliarderlar qatoridan 205 o’ringa qo’ydi. Bloomberg esa unga 211 chi o’rinni ajratdi. Bundan tashqari u yuqori texnologiyalar sektorida mashg’ul bo’lgan eng boy ayollardan biri va o’z kuchi bilan oyoqqa turgan nozik jins vakili.
Chjou Syunfey pressa vakillariga korxona bo’ylab mediatur o’tqazadi.
Hozirda Chjou Syunfey o’zining avvalgi hamkasbining rafiqasi, 9 yoshli o’g’ilni tarbiyalamoqda. Uning tarixi – milliardlik imperiya qurilishining xitoycha versiyasi. Va eski xitoy maqolining ko’rinishi “Ayollar osmonning yarmini ko’tara oladi” …

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook