Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar
Xristofor Kolumb haqida qiziqarli faktlar
Mazkur tarixiy shaxs haqida qanday ma'lumotlarga egasiz?

1. Mashhur dengizchining qayerda tug‘ilganiga doir savol bugungi kunga qadar javobsiz qolmoqda. Odatda uning ona maskani sifatida 4 ta ispan, 2 ta portugal va 2 ta italyan shahrini ko‘rsatishadi. 

2.           Uning tug‘ilgan joyi Genuya degan tahminlar ham bor. Kolumbning Genuyada 12 yily ashagani ma’lum, ammo aynan o‘sha yerda tug‘ilgani haqidagi biror dalil yo‘q

3.           Xristofor Kolumb yangi qit’ani ochish haqida butunlay o‘ylamagan ham. U shunchaki Hindistonga olib boradigan yaqinroq yo‘lni topmoqchi bo‘lgan va u yerdan Yevropaga ziravorlar keltirishni reja qilgan. 1485 yili dengizchi o‘z g‘oyasini amalga oshirishga urinadi, ammo bu niyat oradan 7 yil o‘tibgina ro‘yobga chiqadi. Sababi saroydagilar bir narsani tushuna olishmasdi: Hindiston sharqda bo‘lsa, g‘arb tomonga suzib unga borish mumkinmi? 

4.           Kolumbning o‘zi Hindistonga yetib borganiga aslo shubha qilmagan. Shu sababli ham buyerlik aholini hindular deb atagan. “Hindlar” va “hindu”lar so‘zlari orasidagi farq o‘zbek tilida mavjud, ammo ingliz tilida ularning har ikkisi bir hil aytiladi. 

5.           Kolumb va uning guruhi hududdan o‘zi izlagan ziravorlarni topa olmagach, hayron bo‘lgan va Hindistonning eng nochor yeriga kelib qolgani haqida hulosa chiqargan.

6.           Kolumb yangi ochilgan qit’aga 4 marta kelgan va ularning birortasida ham buning Hindiston emasligini tushunib yetmagan. 

7.           Dengizchi ziravorlar topa olmaganiga qaramasdan o‘z kemasida Yevropaga kartoshka, tamaki, jo‘xori va pomidor olib kelgan. Hindular esa Kolumbning sharofati bilan birinchi marta uzum kabi mevani, ot kabi jonivorni ko‘rishgan. 

8.           Kolumb 54 yoshida olamdan ko‘z yumgan. 

9.           Dengizchi vafot etgach, uni Ispaniyaning Sevilya shahriga ko‘mishgan. 1540 yilda esaqirol Karl V marhumning vasiyatiga ko‘ra uning jasadini okean ortiga,Santo-Domingoga olib borib ko‘mishlariga haqida qaror chiqargan.

10.         Odamlar orasida olib kelingan jasad Kolumbga tegishli emasligi haqidagi mish-mishlar ham yurgan. Ammo 21 asr boshlarida ispan genetiklari suyak qoldiqlari DNK sini Kolumbning akasi Diyego DNK si bilan solishtirishgan va ularning  mutlaqo o‘xshash ekanligini aniqlashgan. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook