Yer yuzidagi 8 eng hayratlantiruvchi tuynuklar
Yer yuzidagi 8 eng hayratlantiruvchi tuynuklar
1955 yilning 13 iyunida Yokutda eng mashhur olmoslar manbaisi topildi – “Mir” nomli kimberlitli trubka – dunyodagi eng ulkan karyerlardan biri. Biz yana shunga o’xshash Yer yuzidagi yettita hayratlanarli tuynukni topdik, ular ichida ham tabiiylari, ham inson qo’li bilan yaratilgani bor.

1. “Mir’ nomli kimberlitli trubka

1. “Mir’ nomli kimberlitli trubka

Yokutning Mirniy shahrida joylashgan Karyer 525 metrli chuqurlik va 1,2 killometrli diametrga ega. “Jahon trubkasini chekib ko’rdik, tamakisi zo’r. Avdeenko, Elagina, Xabardin” – “Mir”nomli olmos trubkasining ochilishi haqida radiogramma, 13 iyun 1955 yil.

2. Ulkan osmonrang tuynuk, Beliz

2. Ulkan osmonrang tuynuk, Beliz

Teshik aylanma karstli voronka bo’lib, diametri 305 metr va chuqurligi 120 metrni tashkil qiladi. Belizdagi to’siqli rif tarkibidagi atoll - Laytxaus-Rifning markazida joylashgan.

3. Dyavik olmosli karyeri, Kanada

3. Dyavik olmosli karyeri, Kanada

Karyer orollarda joylashgan bo’lib, o’zida yo’lovchilarni tashiydigan Boinglarni qabul qila oladigan aeroport va o'z infratuzilmasini mujassam etgan. Bu yerda yilida 7,5 million olmos karatlari qazib olinadi.

4. Darvaza, Turkmaniston

4. Darvaza, Turkmaniston

Ushbu gazli kraterni mahalliy fuqarolar va sayohatchilar “Jahannam darvozasi” deb atashadi. Krater diametri taxminan 60 metrni, chuqurligi – qariyb 20 metrni tashkil qiladi.

5. Bingem-Kanyon, Yuta, AQSH

5. Bingem-Kanyon, Yuta, AQSH

Bu mis karyer 1,2 km chuqurlikni va 4 km kenglikni tashkil qilib, 1900 akr maydonni egallaydi, va butun sayyoradagi eng katta kon hisoblanadi.

6. Montichello Plotinasi, Kaliforniya, AQSH

6. Montichello Plotinasi, Kaliforniya, AQSH

Plotina qurilishi natijasida shu nomli shahar suv ostida qoldi, va u hozir butunlay Berriess nomli sun’iy ko’l ostidadir. Plotina suv oqib tushuvchi ulkan voronka ko’rinishidagi antiqa qurilmasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Uning diametric –22 metr.

7. “Katta tuynuk” olmos manbaisi, JAR

7. “Katta tuynuk” olmos manbaisi, JAR

Ushbu ulkan, Janubiy Afrika Respublikasining Kimberli shahrida joylashgan, ammo hozirda ishlamaydigan olmos manbaisini 1871 yilda kashf etishdi. Bu odamlar tomonidan, texnikani qo’llamasdan qurilgan eng katta keryer deb tan olingan. Ishonish qiyin albatta, ammo uni faqatgina kirkalar va kuraklarni ishlatib qazib olishdi. Yopilishi paytida uning chuqurligi 240 metrni, kengligi esa – 463 metrni tashkil qilardi. Bugungi kundauni sekinlik bilan suv qoplab olmoqda. Qariyb 100 million yil oldin esa uning o’rnida vulqon og’zi joylashgan edi. 

8. Gvatemaladagi Karstli chuqurlik

8. Gvatemaladagi Karstli chuqurlik

Gvatemaladagi ulkan karstli chuqurlik 2010 yildagi tropic bo’rondan keyin hosil bo’lgan. Tuynuk uch qavatli binoni butunlay yutib ketdi. Kengligi 20 metrli va chuqurligi 30-qavatli binoni tashkil qiluvchi chuqurlikning hosil bo’lishini yerning suv va ildizli bo’yralar bilan yuvilishi orqali tushuntirish mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook