Yo'qotilgan boylik - Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i
Yo'qotilgan boylik - Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i
XX asrning birinchi yarmigacha O'zbekiston hududida ham Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i tarqalgan edi. Bugungi kunda uni faqat hayvonot bo'gida ko'rish mumkin

Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i (lotincha: Ursus arctos isabellinus) Tyan-Shan va Himolay tog‘lari va ularning yonbag‘ralrida yashavchi qo‘ng‘ir ayiqning (Ursus arctos) ajralgan kenja turi. Uning o‘lchamlari nisbatan katta emas - 140 santimetrgacha, og‘irligi 300 kilogrammgacha, biroq gohida juda yiriklari ham uchrab turadi.

Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i

Moskvadagi “Fo‘nd Losinogo ostrova” (Bug‘ular oroli Fondi) “Medvejiy ugol” (Ayiq burchagi) biologik stansiyasida 2005- yildan buyon 1993 - yilda tug‘ilgan, deyarli uch metrga teng 700 kilogrammlik gigant yashab keladi. Uning tusi qormatir-qo‘ng‘ir, sarg‘ish bo‘yinbog‘iga ega. Eng asosiy farqli belgisi - oldingi oyoqlaridagi uzun och tusli tirnoqlari. 

“Medvejiy ugol” biologik stansiyasidagi "Dobrinya" Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ining bo'yi deyarli 3 metrga, o'girligi 700 kilogarmmga teng 

“Medvejiy ugol” biologik stansiyasidagi "Dobrinya" Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i

Tyan-Shantog‘ tizimida: Karjantau, Ugan, Qirg‘iz, Zail, Kungay, Ketmon tizimlarida, shuningdek, Jungar Alatau bilan birga Oltin Amal, To‘qsonboy, Ko‘yanditau, Kakontog‘ mavzelarida tarqalgan. XX- asrning 40-yillarida Sirdaryo Qoratovida yo‘qolib ketgan. 

2000-yillardagi ma'lumotlarga ko'ra Tyan-Shan qo'ng'ir ayi'gining tarqalgan, aniqro'gi uchratish ehtimoli bo'lgan hududlar Osiyo qit'asining kontur xaritasida pushti rangda berilgan. Unda shuni ko'rish mumkinki, O'zbekiston hududida ayiqni uchratish ehtimoli ham qolmagan ekan. 

Qozog‘istondagi qo‘ng‘ir ayiq faunasining ikkita, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stiligi mamlakatlaridagi 6-7 kenja turlaridan biri. Bugunga kunda Aksu-Jabagli, Almati ko‘riqxonalarida himoya qilinib keladi.

Toshkent shari Hayvonot bo'g'idagi Tyan-Shan qo'ng'ir ayig'i

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook