Zamonamizning eng ko‘rkam shahzodalari
Zamonamizning eng ko‘rkam shahzodalari
Ertaklar va filmlar orqali shahzodalar ko‘rkam va xushbichim yigitlar timsolida ta’riflanadi. Ammo, haqiqiy hayotda qirollik oilalarining barcha a’zolari ham ertaklardagi kabi mukammal ko‘rinishga ega bo‘lmasligi mumkin. Zamonamizning eng ko‘rkam va xushbichim shahzodalari qayerda yashashlari haqida bilasizmi?

Gretsiya va Daniya shahzodasi Filippos

32 yoshli shahzoda Romanovlar sulolasining avlodi hisoblanadi. Agar Rossiya imperiyasi hamon mavjud bo‘lganida Filippos uning hukmdori o‘rnini egallashi ham mumkin edi. Shahzoda Gretsiya qiroli Konstantin II ning o‘g‘li hisoblanadi. Uning onasi Daniya malikasi Anna-Mariya bo‘lib, oqibatda Filippos ham Gretsiya, ham Daniya shahzodasi nufuziga ega. Shahzoda 16 yoshlik vaqtlari Gretsiyada joylashgan kollejni tamomlagach, AQSHga ko‘chib ketgan va bu yerdagi Jorjtaun universitetida tahsil olgan. Ayni vaqtda hayriya ishlari bilan shug‘ullanib keladi. 

Gretsiya va Daniya shahzodasi Konstanin-Aleksios

Modellar kabi tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan shahzoda Konstanin-Aleksios ayni vaqtda 20 yoshda. U Gretsiya qirolining nabirasi, valiahd shahzodaning o‘g‘li hisoblanadi. Yigit bolalikdan AQSH hududida yashagani uchun ham amerikaliklarga xos tarbiya ko‘rgan. Shahzoda Vellington kollejini tamomlagan, ayni vaqtda Amerika hududida yashaydi. 

Iordaniya shahzodasi Xusayn

Shahzoda Xusayn bugungi kunda kattagina nufuzga ega bo‘lib ulgurgan. Uni odatda milliy libos kiygan holatda ko‘rishingiz mumkin. Shahzoda g‘arb olami an’analarini ham juda yaxshi biladi. Xusayn Iordaniya qiroli oilasining to‘ng‘ich vakilidir. U AQSHda tahsil olgan bo‘lib, Britaniya qirollik harbiy akademiyasini  ham tamomlagan. Iordaniya taxtining bo‘lg‘usi sohibi davlat ishlarida bevosita ishtirok etib kelmoqda.

Bruney shahzodasi Abdul Matin

Bruney shahzodasi dunyodagi eng badavlat mamlakatning qirollik oilasida tavallud topgan bo‘lishiga qaramay, haddan tashqari kamtar va uyatchan fe’l-atvor sohibidir.

Shahzoda hashamat dunyosida hayot kechirsa ham, oddiy odamlar bilan o‘ta samimiy munosabatda bo‘ladi. Shahzoda Britaniya qirollik harbiy akademiyasini tamomlagan, ayni vaqtda sport bilan muntazam shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Abdul Matin uchuvchi lizentsiyasiga ega, u istalgan turdagi harbiy samolyot hamda vertolyotlarni boshqara olishi mumkin.

Daniya shahzodasi Nikolay

Endigina 19 yoshga kirgan Daniya shahzodasi Nikolay modellik faoliyati bilan shug‘ullanadi. U dunyoning yetakchi dizaynerlari tomonidan uyushtiriladigan namoyishlarda muntazam qatnashib kelmoqda.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook