Sayohat

Top-10: Eng sirli qadimiy labirintlar

Top-10: Eng sirli qadimiy labirintlar

Labirintlar koʻrinishi va belgilab qoʻyilgan maqsadi boʻyicha farq qiladi, Hozirgi kunda ulardan asosan dekorativ, tarixiy va koʻngilochar vazifasida qoʻllaniladi.  Lekin har doim ham bunday boʻlmagan.

Qadimgi zamonda labirintlar diniy marosimlar va mehroblar oʻtkaziladigan maxsus joy va davoluvchi kuchlarning markazi hisoblangan. Koʻpchilik bu joy tiriklar va oʻliklar olamini bogʻlab turuvchi gʻayritabiiy joy ekanligiga ishonishgan. Bu joyda tafakkur qilishgan va bu orzular ushalishi uchun yordam beradi deb oʻylashgan. Qadimgi labirintlarning baʼzilari hali hamon sirligicha qolmoqda.

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: Atlas Obscura

Rossiya shimolidagi Oq dengizda neolit davridan qolgan dunyodagi eng baland toʻplam mavjud. Katta Zayatskiy orolining oʻzida 35 ta labirint joylashgan. Ularning yoshi taxminan 3000, mahalliy aholi ularni Bobilga tegishli boʻlganligini aytishadi.

Katta Zayatskiy Solovetskiy oroli arxipelagi guruhiga tegishlidir. Bu yerning labirintlari 0,5 kvadrat kilometr maydonda joylashgan 14 ta tuzilmadan iborat.  Tosh qatorlari qoʻlda yasalgan ilonlar shaklida boʻlib, qadimiy inshootning markazida boshlar uchrashadi. Eng yirik tuzilish diametri - 25 metr, eng kichigi - 6 metrdan uzunlikda. 

Katta Zayatskiydagi barcha labirintlar orolning gʻarbida joylashgan. Uning sharqiy etaklarida ham koʻplab toshli inshootlar bor, lekin ularning hech birini labirint deb ayta olmaysiz. 

1970-yillarda rus tadqiqotchilari labirintlar-bundan 5000 yil oldin dengizdagi suv darajasi hozirgiga qaraganda ancha yuqori boʻlgan davrda baliqlarni tuzoqqa ilintirish maqsadida foydalanilgan, degan nazariyani tadbiq etishdi. Boshqa olimlar esa labirintlarni Quyosh va Oy orbitalarini kuzatish uchun kalendar sifatida qoʻllanilgan deb taxmin qilishadi. 

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: Marsyas

2015-yil avgust oyida arxeologlar Hindistondagi 2000 yoshli labirint yunon loy taxtalaridan ishlangan naqshlarni oʻz ichiga olib, eramizdan avvalgi 1200-yilga tegishli ekanini eʼlon qilishdi. 

Gedimedu qishlogʻida joylashgan kvadrat shaklidagi labirint boʻyi va uzunasiga 17 metrdan iborat. Labirintdagi yoʻllar 1,1 metrdan 0,8 metr uzunlikkacha. Tuzilma Alagankulam va Palakkad manzilgohlarini birlashtiruvchi qadimiy savdo yoʻlida joylashgan. Atrofda bundan tashqari yarim qimmatbaho toshlar va terakkota lampalar kabi xazinalar ham topilgan. 

Yunon asarlari hind labirintlaridan 800 yilga yosh. Pilosdagi Oʻrta Yer versiyasi oldin 7 aylanadan tashkil topgan eng qadimgi loy tasvir deb hisoblangan. Gedimedik labirint- dunyodagi eng yirik labirintlardan ikkinchi oʻrinda turadi. 2014-yilda arxeologlar Tamil-Nadu shtatida yana bir katta labirintni topishdi. 

Hindistonda uylarning tomlariga labirintga oʻxshash  naqshlar solish keng tarqalgan. Ularni "kolam" deb atashadi va u yozuv ruhlarning uyga kirishiga toʻsqinlik qiluvchi sehrli kuchga ega boʻlishiga ishonishadi. 

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: luc.edu

Shartr 2500 yil mobaynida Fransiyadagi eng muqaddas joy hisoblangan. Bu yerni qadimgi druidlar hurmat qilishgan, keyin esa xristianlar bu yerda oʻzlarining soborini qurishadi. 

Kelt ruhoniylari Shartrni kuchli energiyaga ega  va u yerdagi suvosti suvi barcha dardlarga shifo ekanligiga ishonishgan. 1194-yilda 25 yil davomida dunyodagi eng hayratlanarli gotika uslubidagi - Shartr ibodatxonasi  (Cathedrale Notre-Dame de Chartres) qurib bitqazildi. 

1205-yilda ibodatxona ichida qadimgi toshlardan labirint barpo etildi. Labirintning spiral yoʻli 294 metr va diametri 13 metrdan iborat boʻlgan. Bu joy diniy olimlar va ziyoratchilar uchun tafakkur maydoniga aylandi. 

Shartr labirintining qurilishiga nima sabab boʻlganini hech kim ayta olmaydi. 2001-yilda olimlar Masonlar qabrini qidirib, qazishma ishlarini olib borishdi, chunki bu inshoot qurilishaga sabab boʻlgan deb taxmin qilishdi. Lekin taxminlar oʻz tasdigʻini bermadi.

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: earthart.org

Janubi-gʻarbiy Amerikadagi hindlarning eʼtiqodiga koʻra, Ayitoy - oʻjar xudo, Tohono Odham va Pima qabilalari ajdodlarining yaratuvchisi.

Keng tarqalgan "Labirintdagi odam" tasvirida Ayitoy labirintga kiraverishda turibdi. Biz oʻz yʼolimizda qiladigan hayot tarzi va tanlovni aks ettirgan. Shunga oʻxshash rasmlar Shimoliy Amerikada  keng tarqalgan, bundan tashqari bu rasmni Navaxo qabilalarining kumush tangalarida hamda Tohono Odham va Pima qabilalarining toʻqilgan savatlarida ham koʻrish mumkin.

Qitʼaning janubi-gʻarbiy xalqlari uchun bu sxema 7 aylanadan iborat. Markazdagi aylana - oʻlim va abadiy hayot ramzi. Harakat labirint chetidan boshlanadi va sxema markaziga olib boradi, har bir yirik burilish esa labirint markazidan chetga olib chiqadi.

Naqsh boʻyicha koʻp izohlar mavjud, lekin "Labirintdagi odam" borasida tushunchalar juda kam.  Savatga tushirilgan labirintlar dau (eshik) deb nomlanuvchi adashtiradigan yoʻllardan tashkil topgan boʻlib, mahsulot ruhiga chalkash yoʻllardan chiqish imkonini beradi. 

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto:  labyrinthos.net

1908-yilda sigir ovlash paytida mahalliy aholi labirint tasvirini eslatuvchi naqsh tushirilgan toshga duch keladi. Topilma Irlandiyadagi Viklou grafligida qilingan. Gollivud deb nomlangan tosh - boʻyi 1,2 metr, qalinligi esa 0,9 metr boʻlib, oʻtli dalada yuzi yerga qarab yotgan. Toshda labirintning diametri 70 sm boʻlgan kichik qismi yoʻqolgan.  

Xristianlar bu toshning Oʻrta asr davriga oid ekanligini taxmin qilishadi. Toshning nima uchun yaratilgani hali ham aniq emas. Baʼzi tadqiqotchilar toshni Glendaluh abbatligidagi ibodatxonani ziyorat qilish uchun va bu oraliq toʻxtash belgisi ekanligini taxmin qilishadi.

Mingyilliklar labirintning ziyorati bilan bogʻliq. Haj ziyorati koʻpincha juda uzoq, qiyin va qimmatga tushgan. Baʼzi eʼtiqodchilar uchun muqaddas joyni ziyorat qilish moddiy jihatdan toʻgʻri kelmagan, shuning uchun ham odamlar Isroilga borish muqobilliklarini oʻylab topishgan.

Odamlar Glendaluh abbatligini ikki marta ziyorat qilish Quddusni bir marta ziyorat qilish bilan teng deb hisoblashgan. Vaqtlar oʻtib abbatlikni 7 marta ziyorat qilish muqaddas joyni bir marta ziyorat qilishga teng boʻlib qoldi. 

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: cems.uvm.edu

Ierexon labirinti (The Jericho labyrinth) - eng sirli xristian timsollaridan biri.  Baʼzi oʻrta asr manbalari "Uruem Gericho"ni Krit motivlarini eslatuvchi 7 qirrali labirint deb hisoblaydi. 

Baʼzi olimlar buni yahudiy askarlar 7 marta shaharni aylanib chiqqanidan keyin Ierexon devorining qulashi haqidagi bibliya satrlari bilan bogʻliq deb hisoblaydi. Koʻp yunon solnomalarida Ierexon labirinti Solomon qiroli uchun yaratilgan deb yozilgan. Bu labirint haqidagi ilk soʻzlar Italiyaning Abruzzi monastirida eʼlon qilingan. Eramizdan oldingi 822-yilda qurilgan bu inshoot keyinroq kvadrat holidan aylana holiga keltirilgan. 

Xristianlar ilk marotaba labirint tasvirli naqshlarni El Asnam shahridagi San Reparatus cherkovida ishlatishgan. Miloddan avvalgi 4 yuzinchi yildagi bu yozuv, uning markaziga yozilgan Sancta Eclesia (muqaddas cherkov) - xristianlarning timsoli boʻlib qoldi.  

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: Mingusrude

Blu-Yungfrun - Shvetsiya qirgʻoqlarining sharqidagi Kalmarsund boʻgʻozidagi kimsasiz oroldir. Asrlar davomida bu joy gʻayritabiiy kuchlar bilan bogʻliq joylarning oʻsishi kuzatildi. Bu kungacha uning ziyoratchilariga turistik joylardan chetga chiqish tavsiya qilinmaydi, quyosh botganidan keyin sayr qilish esa umuman taqiqlanadi.

Oroldagi eng sirli joylardan biri - zich joylashgan oʻrmon oʻrtasidagi tosh sochilmasi. Shvetsiyadagi ulkan bu labirint Trolleborg  labirinti nomini oldi. 

Koʻpchilik labirintning Blu-Yungfrun orolidagi baliq ovlash sohasi bilan bogʻliqligiga ishonadi. Labirintlar tez-tez Skandinaviya arxipelaglari bilan toʻqnash keladi. Ular odatda unumdorlik va omad timsoli boʻlib kelgan.

Trolleborg labirinti qachon qurilganligi haligacha aniq emas. Lekin biz uning XVIII asrda boʻlganligini aniq bilamiz. Bu labirintning yanada qadimiyroq ekanligi haqida dalillar ham mavjud. 2015-yilda arxeologlar eramizdan avvalgi 7000-yilda orol gʻorlaridan birida diniy marosimlar oʻtkazilganligini isbotlashdi.

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: cayacoven.org

Dunyodagi eng sirli va noaniq labirintlaridan biri AQShning Arizona shtatigi Kasa-Grande xarobalarida joylashgan. 1694-yilda katolik rohib Kino Jila daryosi qirgʻoqlarida mahalliy aholi afsonalaridagi Buyuk uyni topishga qaror qildi. Natijada u Sonora choʻlidagi eng oldi cherkovlar bilan tenglasha oladigan, qasrlarga oʻxshash 4 qavatli binoni uchratadi. 

Binoning shimoliy devorida murakkab labirinti naqshi tushirilgan. Amerikada oʻn yil mobaynida bu rasm yagona topilma edi. Eng qizigʻi bu tasvir 2000 yoshdagi Krit tangalaridagi murakkab naqshlarga juda oʻxshaydi. 

Ehtimol bu qadimiy naqsh tasodifan qayta ishlangandir. 1961-yilda Kiva jurnali shubhasiz bu labirintni Jila okrugidan, Tonto milliy yodgorligidan, Salado qabililarining xarobalaridan ham "tarixdan ilgari" ekanligini chop etadi. 

Arxeologik tadqiqotlar natijasida Kasa-Grande labirinti almisoqdan qolgan davrga tegishli ekani tasdiqlandi. Demak, Buyuk uy yevropaliklarning Amerika qitʼasiga kelishidan oldin, XV asrgacha qurilgan. 

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: sciencenordic.com

2017-yilda Daniyalik arxeologlar tosh asriga oid labirintning boʻlaklari boʻlmish-sirli bazalt ustunlarini topishdi. Neolit davriga oid bu topilma Stevn kommunasida topildi. U 18 000 kvadrat metr maydonni egallaydi.

Bu joy qadimgi aholining xaroba toʻsiqlariga oʻxshaydi, lekin olimlar bu qoldiqlarning boshqa maqsadda ishlatilganini aytishadi. Maydonning ichiga kirishda joylashgan 5 notekis tosh qatorlarini koʻrish mumkin, ular qasddan har xil joylashtirilgani aniq.

Odatda bunday ustunlar himoya maqsadida barpo etilgan. Lekin bu yerda ustunning uzunligi 2 metrga ham yetmaydi va kolonnalar orasida bir odam oʻtishi uchun  joy yetarli. Bu devor himoya qilish uchun qurilganga oʻxshamaydi.

Ustunlarning notekis yoki muqobil joylashuvi bir joyda turgan holda toʻsiqning ichiga qarash imkoniyatini yoʻqotadi. Lekin kolonnalarning bunday joylashuvi labirint ichida oʻtkazilayotgan diniy marosimlarning sirli qolishi va begonalarning koʻrmasligi uchun ayni muddao boʻlar edi. 

Stevns tumanida hali bu kabi xarobalar topilgani yoʻq. Bu yerda arxeologik qazishmalar koʻp olib borilmagani uchun, bu yerda hali koʻp sirlar bor deb oʻylaymiz.

Топ-10: самые загадочные лабиринты древности

Foto: Ancient Origins

Dunyodagi eng mashhur labirint - aslida labirint emas. Yunon afsonalariga koʻra, krit qiroli Minos bu "labirint"ni odamlar va buqalar bilan oziqlanuvchi Minotavrni joylashtirish uchun qurdirgan. Afsonaga koʻra, Minotavr labirinti - Tesey ip toʻpi yordamida oʻtgan yerosti yoʻllarining tuzilmasidir. 

Asrlar davomida odamlar shu afsonalardagi hayratga soluvchi oʻsha yerni izlashgan. Mahalliy aholi Gortina shahri yaqinidagi qadimiy gʻor aynan oʻsha afsonadagi labirint ekanligini  taxmin qilishgan. 3 kilometr uzunlikdagi bu labirint - hech qayerga olib bormaydigan yoʻlak va xonalardan iborat butun bir majmuadir. 

Ingliz arxeologi Artur Evans bunga eʼtiroz bildirdi. Miloddan avvalgi 2-asrga oid yunon manbalarida oʻsha labirint Knossa qirolining qasri ostida ekanligi aytilgan. Fransuz olimi Pol For ham Gortina labirinti haqidagi taʼlimotga qoʻshilmaydi, u bu afsonaviy yerosti inshootining Skotino qishlogʻi yaqinidagi Muqaddas Paraskevi gʻorida joylashganini taxmin qilgan. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar