Texnologiya

Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater

Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater

35 yoshlik Britaniya fuqarosi hamyonbop boʻlgan dunyodagi eng etzyurar kater-gidroplanni yasadi. Alpha Centaurida poyga avtomobilining 1000-kuchli dvigateli turibdi, kemaning oʻzi esa Betmen transportiga oʻxshaydi.

Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater

Kris Fillips 5 yil davomida otasining ustaxonasida ishlagan. U butun umri davomida orzu qilgan motorli qayigʻini oʻzi loyihalashtirib, oʻzi yasagan. Loyihani yakunlashga xattoki u oʻzining Maserattisini sotib yuborishga majbur boʻldi. Motorli qayiq prototipini Kris Alpha Cenaturi (Sentavr alfasi) deb nomladi. Osmondagi eng yorqin yulduzlardan biriga bagʻishlangan. Ushbu ixtironi ommaga koʻrsatilganda, darxol investorlar topilib, buyurtmalar tusha boshladi.

Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater

Kema ikki korpusli sxema asosida yaratilgan va suvga tushib qolgan qiruvchi samolyot bilan sport avtomobilini eslatadi.

Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater

Alpha Centaurining karkasi zanglamaydigan metalldan yasalganligi uning mustaxkamligini taʼminlaydi. Yuqori tezlikda harakatlanayotganda qarshilikning past koeffitsiyentini va kemaning barqarorligini saqlab qolish maqsadida, tashqi panel shaklini loyihalashtirish jarayonida gidrodinamik kompyuter hisoblari amalga oshirilgan.

Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater

Apha Centaurining yaratuvchisi oʻz kemasini “oʻta samarasiz va qoʻrqinchili” deb baholaydi. Lekin u rostdan ham zoʻr koʻrinadi. Uning rangini qoraga boʻyalgandan keyin esa uni “Betmen filmidan nimadir” deb atay boshlashdi.

Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater

Kema Chevrolet V8 ning 9.5 litrli dvigateli bilan jihozlangan, u Scott firmasining ikkiqadamli jarayonini harakatga keltiradi. Shundan soʻng kema maksimal tezlikka erishadi, suvda 60 ta tugun (110 km/soat). Maxsus mijozlar uchun kema kuchini 1000 l.s.ga oshirish mumkin boʻlgan maxsus “paket” taklif etiladi. Ushbu dvigatellarini NASCAR poyga mashinalarida ham ishlatiladi.

Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater

Alpha Centauriga 4 tagacha kishi sigʻadi. Ular kemaga ochiladigan tom orqali tushadi. Kema ichi charm oʻrindiqlar va Rockford-Fostage akustik sistemasi bilan jihozlangan. Biroq yuqori tezlikda yurganda uni eshitish qiyin.

Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater

Hozirga qadar bunday yuqori tezlikdagi motorga ega kemalar juda qimmat turardi. Ularni faqat millionerlar yoki poyga guruhlari sotib olardi. Endi esa Alpha Centaurini Chris’s Alpha Centauri Boat firmasidan 120 000 funt sterlingga olish mumkin.

Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater
Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater
Alpha Centauri: haqiqiy dengizchilarni lol qoldirgan tezyurar kater
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar