Foydali

Ayollar va qizlar uchun: Orzudagi muhabbatga qanday erishish mumkin?

Ayollar va qizlar uchun: Orzudagi muhabbatga qanday erishish mumkin?

Ayol ruhiyatining ushbu jihatini kengroq yoritish uchun ne-ne allomalar ter toʻkmagan deysiz? Bu borada koʻplab ruhshunoslar sanoqsiz kitoblar bitishgan, ayol va erkak ruhiyati, oʻzaro munosabatlar tushunchasini oʻrganish uchun harakat qilishgan.  

Nima uchun ayrim ayollar oshiqlarni osonlikcha maxliyo eta oladilar−u, yana ayrimlar buning uddasidan chiqa olishmaydi? Ayollardagi aynan qaysi jihatlar erkaklarni oʻziga jalb etadi? Erkak kishi sizni sevib qolishi uchun unga qanday yordam koʻrsatish mumkin? Juftingiz nazdida yagona boʻlmoq orzusi ila uni qanday usul bilan oʻzingizga ipsiz bogʻlashingiz mumkinligini hech oʻylab koʻrganmisiz? Ushbu savollarning barchasiga javob olishni istasangiz, bizning tavsiyalar siz uchun. 

Ayollar va qizlar uchun: Orzudagi muhabbatga qanday erishish mumkin?

Oramizda yoshlik yillari oq otli shaxzoda haqidagi orzularga berilmagan ayolning oʻzi boʻlmasa kerak - goʻyo u nomaʼlum bir yerdan paydo boʻlgancha oʻz qalbi va muhabbatini sizga taqdim etib, muammolardan uzoq-uzoqlarga olib ketadi. Biz barchamiz ana shunday ertaklar ila tarbiya topganmiz. Romantik asarlardagi muhabbat va afsonaviy qahramonlar esa bizni bir zumda oʻziga maftun etib oladi.

 

Uzoq yillik orzularingizning amalga oshishini niyat qilasiz, sevishi, “siz yurgan tuproqdan boʻsa olish uchun tayyor boʻlishi” va barcha emosional talablaringizni bajara olishiga umid bogʻlaysiz.

Biza yollar ertaklarga shunchalar bogʻlanib qolganmizki! Oʻzimizga ertaklar toʻqib olganimizni qoʻya turing, undan ham hayratlanarlisi, nozik yuragimiz erkaklar xudbinligi va beparvolik muammolari bilan bir necha bor toʻqnash kelsa-da  ich-ichdan ertaklarga ishonishda davom etamiz.

Ammo ayol nomli nozik hilqatga orzu qilishni taʼqiqlab boʻlar ekanmi?

Harbirimiz yoshlik yillari mukammal erkak haqida orzu qilamiz−u, unga butkul qarama-qarshi feʼl-atvorga ega inson bilan turmush quramiz. Ha, goʻzal xonimlar, ming afsuski, haqiqiy hayot ideal tushunchasidan juda uzoqda va u bizga kutilmagan sovgʻalarni har daqiqa taqdim etishi mumkin. 

Ayollar va qizlar uchun: Orzudagi muhabbatga qanday erishish mumkin?

Betakror shaxzodalar ham, romandagi qahramonlar ham aslida mavjud emas. Ammo ming qilsa ham har bir xonim oʻz umr yoʻldoshining qachonlardir orzu qilgan insoniga oʻxshashini butun umr niyat qilib yashaydi.

Barcha orzularingizni 100 % amalga oshiruvchi erkakni uchratishingiz katta ehtimol ostida. Oʻz orzularingizda yaratganingiz kabi sizni telbalarcha va oʻta nafis tuygʻular bilan sevuvchi insonni ming urining, izlab topa olmaysiz.

Garchi, tanishuv chogʻida koʻzingizga oʻta yoqimtoy koʻringan boʻlsa ham, hech qachon oʻzingiz yaxshi bilmagan erkak ishtirokida uzoq kelajak uchun rejalar tuza koʻrmang. Hattoki oʻz orzuingizdagi insonni uchratganingizga amin boʻlgan taqdiringizda ham vaziyatni obʼyektiv baholashga harakat qiling.  Shu asnoda erkaklar ruhiyatining koʻplab sir-asrorlaridan boxabar boʻlib borasiz. Ularni oʻz bisotingizga olib qoʻying va umr yoʻldoshingizga ushbu maʼlumotlar koʻzgusi orqali nazar tashlang. 

Ayollar va qizlar uchun: Orzudagi muhabbatga qanday erishish mumkin?

Hayotingizdao ʼz kelajagingizni bogʻlash haqida oʻylashga majbur qiluvchi erkak paydo boʻlsa, oʻzingizga quyidagi savollarni berib koʻring:

*munosabatlaringizning umumiy kelajagi mavjudmi?

*mana shu inson bilan butun umr yashashga rozimisiz?

*aynan shu inson boʻlgʻusi farzandlaringizning otasi boʻlishga munosibmi?

*u bilan oʻrtangizda qalban bogʻliqlik bormi?

*u sizni shaxs sifatida qiziqtira oladimi?

*ushbu inson yoningizda boʻlganda oʻzingizni barcha narsadan himoyalangandek his etasizmi?

*u sizni baxtli qilishga qodirmikin?

Yuqoridagi barcha savollarga ishonch ila “Ha” deb javob bera olsangiz, tanlangan insoningiz ishtirokida kelajak haqidagi rejalar tuzishingiz mumkin boʻladi. Shunda ham biror qatʼiy qarorga kelishdan avval oʻzingizni sinchkovlik ila kuzating: balki siz uni haddan ortiq ideallashtirib yuborgandirsiz?!

Bir koʻrishdagi muhabbat - sevgi degani emas, bu shunchaki oʻsha insonga boʻlgan yengil qiziqishdir. Asl sevgi chuqur hissiy bogʻliqlik va qalblar yaqinligiga asosida paydo boʻladi.

Kimnidir qattiq sevib qolganingizga ishonchingiz komil boʻlmasa, bu insonning qalbini zabt etishga harakat qiling. Vaqtingiz va kuchingizni faqatgina butun umr birga yashash tayyor insoningiz uchungina sarflashingiz kerak, tushunyapsizmi?

Ayollar va qizlar uchun: Orzudagi muhabbatga qanday erishish mumkin?

Ayol kishi uchun eng muhimi - sevish va sevimli boʻlish hisoblanadi. Nozik hilqat vakillarining baxti uchun ham aynan shu ikki holat oʻta zarurdir. Ayol sevsayu sevilmasa, azob girdobiga gʻarq boʻlishi mumkin. Agar biror erkak tomonidan sevilgan ayol oʻz qalbini ana oʻsha insonga baxsh etolmasa, koʻngil allaqanday bezovtalikka mubtalo boʻlishi tayin.

Oramizda shunday ayollar borki, ular hech qachon kimnidir seva olmagan. Bu toifa ayollarning deyarli hammasi buni taqdir izmi ila asoslaydilar, ammo bor gap oʻsha ayolning sevish sanʼatidan mutlaqo bexabar ekanligidadir. Bunday holatda ayol erkak tomonidan mehr-muhabbatga umid bogʻlay olmaydi.

Bu borada har bir ayol oʻzidagi seva olish xususiyatini asta-sekinlik ila rivojlantirib borishi lozim. Muhimi, siz tanlangan inson qalbida sizga nisbatan ham mehr tushunchasi boʻlishi kerak. Agar shunday insonni uchratgan boʻlsangiz- taqdirdan minnatdor boʻlavering. Garchi u mashhur aktyorlar kabi tashqi koʻrinish yoki sizning didingizga munosib boʻlmagan feʼl-atvor sohibi boʻlsa ham, qalbida mehr-muhabbat koʻrsatish istagi boʻlsa bas. Sizni sevib qolishi uchun biroz yordam koʻrsatib yuborsangiz bas. 

Ayollar va qizlar uchun: Orzudagi muhabbatga qanday erishish mumkin?

Xoʻsh,buning uchun nima qilish kerak deysizmi? Avvalo holatga real baho bering.

 U sizni sevmaydi...

Shu yerga oʻzingizga bir nazar tashlangchi... Axir siz ayolsiz, sizning makringiz qirq tuyaga yuk boʻlishi mumkin. Har bir buyuk inson ortida buyuk ayol turishi haqida eshitgansiz-a? Demak sevgan insoningizni oʻzingizga mahliyo qilish ham qoʻlingizdan keladi. Buning yutuqlar va kamchiliklar ustida ishlash kerak. Kerak boʻlsa, psixologik kitoblar oʻqish, bu boradagi bilimlarni kengaytirish, oilali, namunali ayollardan mustahkam muhabbat qanday boʻlishi haqidagi tavsiyalar soʻrashingiz mumkin. Ammo hech qachon oʻzingizga past baho bera koʻrmang.

 

Siz uni sevmaysiz...

Qarshingizda barcha ijobiy sifatlarga ega boʻlgan, sizni sevadigan inson oila qurish taklifini bildirib tursa-yu yuragingiz jiz etmasa nima qilish kerak? Bunday holda aqlga quloq soling. Agar ushbu inson sizni butun umr ardoqlashiga koʻzingiz yetsa yuqorida tilga olinganidek oʻzingizdagi sevish sanʼatini rivojlantirishingiz kerak. Sizning sevgingiz aqlga asoslangan boʻladi, ammo bu ham yomon emas. Aksincha, koʻp hollarda bu kabi oilalar juda uzoq va baxtli hayot kechiradi.

Hayollaringizda oq otli shahzoda bor. Uni kutmoqchisiz!

Albatta, har ne desangiz haqsiz. Hech bir qizning malikadan kam joyi yoʻq va haqiqiy shahzodaga munosib u! Biroq taqdir sizga ana shu oq otli shahzodani kamtargina hayot kechiradigan, sizni muammolardan uzoqqa olib ketolmasa ham hamisha yoningizda boʻla oladigan inson qiyofasida ham taqdim etishi mumkin. Ishoningiz, agar shunday baxt ravo koʻrilsa, ikkilanmay rozi boʻlishingiz kerak. Boylik ham, goʻzallik ham, nufuzli ish joyi ham oʻtkinchi! Kun kelib koʻrkam yoringiz yuzlari istaysizmi yoʻqmi ajinlar bilan qoplanadi, qop-qora sochlariga oq oralaydi. Faqat qalbigina hamon navqiron holatda sizni sevishda davom etadi. Tanlov oʻz qoʻlingizda!

Ayollar va qizlar uchun: Orzudagi muhabbatga qanday erishish mumkin?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar