Texnologiya

Bayramona va kundalik dasturxonlar qanday boʻladi? Dasturxon tanlash va uni saqlash qoidalari

Bayramona va kundalik dasturxonlar qanday boʻladi? Dasturxon tanlash va uni saqlash qoidalari

Asosan ,oppoq, kraxmalli, oʻziga xos yorqin koʻrinishdagi dasturxonlar katta yigʻinlar uchun moʻljallangan boʻladi. Bayramlar uchun esa uncha katta boʻlmagan chiroyli katakli yoki bir xil rangdagi dasturxonni tanlash mumkin.  Dasturxonlar turli rang va rasmli, har xil shakl va sifatli, har xil narxli boʻladi. Qoidaga muvofiq uy bekalari hayot davomidagi turli hil xolatlar uchun moʻljallangan har xil dasturxonlarga ega boʻlishadi.

Bayramona va kundalik dasturxonlar qanday boʻladi? Dasturxon tanlash va uni saqlash qoidalari

Birinchi qatlam- issiqlik oʻtkazmaydigan.  Masalan : yupqa paxmoq adyol, choyshab yoki oddiy gazeta.

Ikkinchi qatlam-  nam oʻtkazmaydigan. Masalan:  klyonka. Toʻrli dasturxonlar uchun rangli klyonka tanlanadi yoki aksincha, dasturxonning rasmi alohida koʻrinishi uchun tanlanadi.

Uchinchi qatlam- dasturxon.

Bayramona va kundalik dasturxonlar qanday boʻladi? Dasturxon tanlash va uni saqlash qoidalari

Shu tariqa dasturxonni  tuzash judayam qulay boʻlib, bunda dasturxon oʻz oʻzidan surilib ketavermaydi, idishlar qoqilmaydi.

Agar stolingiz eski yoki bayram dasturxoni uchun plastik qoplamadan foydalanmoqchi boʻlsangiz, bunday holatda ham klyonka toʻshash sizga qoʻl kelishi aniq. Stolingizda alohida koʻrinish paydo boʻladi va ohirida stolni yigʻishtirish sizga qiyinchilik tugʻdirmaydi.

Bayramona va kundalik dasturxonlar qanday boʻladi? Dasturxon tanlash va uni saqlash qoidalari

Uzunligi polgacha boʻlgan dasturxonlar burmali bezatilgan, sunʼiy gullar, maxsus lentalar bilan ishlov berilgan boʻladi. Stol atrofida kutilmagan qiziqarli voqealar boʻlishi tabiiy hol. Masalan bayramona koʻrinishdagi dasturxoningizga biror ichimlik toʻkilib ketdi yoki boʻlmasa, yigʻishtirish davomida dasturxoningizda yoqimsiz dogʻlar paydo boʻlganiga koʻzingiz tushdi.  Xafa boʻlishga hojat yoʻq, asosiysi bayramingiz chiroyli oʻtdi.

Bayramona va kundalik dasturxonlar qanday boʻladi? Dasturxon tanlash va uni saqlash qoidalari

Bayram tugagach, hamma idishlarni yigʻishtirib oling. Agar imkoningiz boʻlsa, dasturxonni qoqib,  yuvib tashlang, hech boʻlmaganda togʻoraga sovuq suv toʻldirib soling – yangi dogʻlardan tezda halos boʻlasiz.

Chiroyli paxtali nozik ishlangan dasturxonlarning narxi qimmat boʻladi. Yozilgan dasturxonni har bir bayramdan keyin tozalash , kraxmallash, dazmollash esa kattagina mehnat talab qiladi.  Shuning uchun bu kabi dasturxonlar katta bayramlar yoki alohida eng aziz mehmonlar uchun tanlanadi.

Bayramona va kundalik dasturxonlar qanday boʻladi? Dasturxon tanlash va uni saqlash qoidalari

Sizning xonadoningiz mehmondoʻst boʻlsa va har doim mehmonlar tashrif buyurib tursalar, koʻp vaqt va kuchingizni dasturxonni tartibga keltirishga sarflash bekor ketadi. Shuning uchun bu xolda oppoq, toʻrli va 100 foiz sintetik dasturxon ishlating – uni yuvish ham, oqartirish ham oson boʻlib, har doim chiroyli koʻrinishda boʻladi.

Bayramona va kundalik dasturxonlar qanday boʻladi? Dasturxon tanlash va uni saqlash qoidalari

Bunday sintetik  dasturxonlar har xil koʻrinishda, rang va oʻlchamda tayyor sotiladi. Bu kabi dasturxonni oʻzingiz qoʻl va ozgina fontaziyani ishlatib tiksangiz ham boʻladi.  Bunda bayram stolingizni ortigʻi bilan oʻlchang.  Stolning oʻlchami odatda oila aʼzolari va mehmonlarning oʻrtacha miqdori bilan oʻlchanadi. Dasturxon esa stoldan har tomonlama hech boʻlmaganda  10sm katta boʻlishi kerak.

Bayramona va kundalik dasturxonlar qanday boʻladi? Dasturxon tanlash va uni saqlash qoidalari

Nafis torli yoki qavariq toʻrli, rasmli matodan judayam chiroyli dasturxon chiqadi. Setka, yengil naqshli, mayda xolli yoki mayda gulli matolardan ham foydalansa boʻladi. Xonadonda mehmonlar uchun har xil rangdagi bir nechta dasturxondan koʻra bitta katta dasturxon tutgan maʼqul yoki boʻlmasa bir nechta (2-3) bir xildagi dasturxonni tuting.  Bunda siz oʻzingiz xohlagan oʻlchamdagi dasturxonni tuzay olasiz.

Bayramona va kundalik dasturxonlar qanday boʻladi? Dasturxon tanlash va uni saqlash qoidalari

Eslirgan, lat yegan, dogʻ tushgan dasturxon hech qachon bayram dasturxoni boʻla olmaydi. Eski dasturxoningizni roʻzgʻor ishlarida foydalanish uchun olib qoʻysangiz boʻladi.  Shuningdek, ulardan kichik dasturxoncha yoki salfetkalar tikib qoʻysangiz boʻladi

Bayramona va kundalik dasturxonlar qanday boʻladi? Dasturxon tanlash va uni saqlash qoidalari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar