Baʼzi mamlakatlarning ekstremal milliy taomlari

1.Meksikada baʼzi hasharotlar delikates hisoblanadi.Masalan, agavada (tropik oʻsimlik)yashovchi ushbu qurtlar Meksika milliy taomi boʻlmish tako tarkibiga qoʻshilib,ajoyib taʼm beradi.

2.Ushbu taom esa tarkibini bilmagan sayyohlar uchun ishtaha ochuvchi ekzotik taom boʻlib tuyuladi. Tayyorlanish siri ochilganda esa buni yeyishga talabgorlar soni ancha kamayadi – bu taom chigirtkalardan tayyorlanadi.

3.Chigirtka goʻshti 46% oqsil, 4,5 % yogʻ va yana birqancha foydali moddalardan iborat, shu sababdan ham katta ozuqaviy qiymatga ega. Aynan mana shuning uchun ham baʼzi xalqlar chigirtkani yogʻda qovurib, tuz sepib, taom sifatida tanovul qiladilar.

4.Hasharotli taomlar ishqibozlari uchun yana bir delikates– hasharotlar bilan bezatilgan bodomli pechenye. Bu shirinlik Osiyoda emas,Yevropada tayyorlanadi. Bunday shirinlik ishlab chiqaruvchilarining taʼkidlashlaricha,bir necha yillardan soʻng hasharotlar oqsilning asosiy manbai boʻlib qoladilar,shuning uchun ham ular oʻz mahsulotlariga har xil hasharotlar – qora chigirtka,qurt-qumursqa, chuvalchang va shu kabilarni qoʻshadilar.

5.Kelajakda olimlar oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligi bilan kurashda aynan hasharotlardan foydalanishni rejalashtirmoqdalar. Sayyoramiz aholisini bunga maʼnaviy tayyor boʻlishlari uchun baʼzi kompaniyalar xozirdanoq tayyorgarlik koʻrmoqdalar: ular chuvalchang va qurtlar hamda zavarnoy krem qoʻshilgan shu kabi mahsulotlarni yeyish uchun tayyorlamoqdalar.

6.Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mashhur taomlardan biri –oʻrdak yoki choʻchqaning muzlatilgan qonidan tayyorlangan pudingdir.

7. Yava oroli Djokyakarta shahridagi xitoy restoranida kobra goʻshtini yeyish mumkin. Uni gamburger tarkibiga qoʻshib tortadilar.

8.Xitoyning Chjetszyan viloyatining “tuntszidan” nomli oʻz milliy taomi bor. Bu oʻn yoshga yetmagan oʻgʻil bolalarning peshobida qaynatilgan tovuq tuxumidir. Bunday tuxumlar kun boʻyi qaynatiladi, orada tuxum ichiga peshob kirishi uchun poʻstlogʻi ozgina sindiriladi.

9.Saudiya Arabistonining shimoli-gʻarbida shipixvost turuga mansub boʻlgan kaltakesak ozuqa mahsuloti sifatida tanovul qilinadi. Uni pishgan holda yoki xomligicha ham yeyishadi.

10. Afrikaning Malavi davlatida pishirilgan kalamushlarni yeyishar ekan. Ularni hattoki koʻchalarda, avtomobil yoʻlining shundoqqina chekkasida sotishadi.

11.Peruda milliy ichimlik tarkibiga terisi shilib olingan qurbaqa qoʻshiladi. Bu ichimlikni asosan Limadagi San-Xuan-de-Lurigancho bozoridan topish mumkin.

12.Tadqiqodchilar Klubining har yili oʻtkaziladigan taom kechasiga turli xil delikateslar tayyorlanadi. Nyu-Yorkdagi Waldorf Astoriya mehmonxonasida oʻtkazilgan marosimda delikates sifatida butunligicha pishirilgan alligator tortildi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



