Chaqaloq uchun yotoq tayyorlashda nimalarni hisobga olish kerak?

Chaqaloq uchun kichkina hona butun bir mamlakat hisoblanadi. U kichkintoy uchun qulay va havfsiz boʻlishi lozim. Afsuski koʻpchiligimiz uchun bolalar honasi nazariy tushuncha boʻlib qolmoqda. Agar farzandingiz siz bilan bir xonada yotishishiga qaror qilgan boʻlsangiz ham, bir nechta nozik jihatlarni inobatga olishingizga toʻgʻri keladi. Buni chaqaloq uchun joyni tayyorlashda bolalar shifokori ham tavsiya etadi.

Oddiy, ammo muhim boʻlgan maslaxatlardan boshlaymiz: chaqaloq uchun xonani yoki burchakni tozalash paytida changitmaslik hamda biron bir joyni toʻgʻirlash uchun boʻyoq va yelim solingan bankalarni ochmaslik maqsadida, oldindan tayyorlash kerak. Xonani tayyorlash unga nisbatan kongenil dizaynni ishlatish lozimligini bildirmaydi. Balki, aksincha dizayndan xavfsizlik va qulaylik foydasiga voz kechishga ham toʻgʻri keladi.

- Uyni yaxshilab puxta tozalang.
- Xonaning joylashuvi, yorugʻlik va boshqalar boʻyicha quyida keltirilgan maslahatlarni inobatga oling.
- Mebel va bola uchun zarur boʻlgan barcha aksessuarlarni tanlang va joylashtirib chiqing.

Chaqaloq uchun xonaning yoki burchakning joylashuviga toʻxtaladigan boʻlsak, bolaga eng qulay, havo yaxshi almashadigan va shinam xonani tanlang, unda bola uchun birortayam xavfli narsa boʻlmasligi kerak.

Pol yuvilishi oson boʻlishi uchun lak bilan qoplangan yoki boʻyalgan, devorlar hotirjam va uygʻun ranglar gammasidagi yuviladigan rangli gulqogʻozlar bilan qoplangan boʻlishi lozim. Pardalar tabiiy matodan tikilgan (umuman olganda esa, bolani faqat tabiiy va ekologik toza narsalar oʻrab turgani maʼqul) ammo bola yorugʻlikdan juda erta uygʻonmasligi uchun parda qalin boʻlishi lozim.

Shuningdek chang yigʻadigan buyumlarni (gilam, poyandoz, kitoblar va keraksiz buyumlar) kamaytirish zarur. Ayniqsa bu gilamlarga tegishli, chunki havoda yoki yuviladigan paytda tezda nobud boʻladigan koʻplab mikroblar haftalab va hatto oylab gilamlarda saqlanishga qodir.

- Gilamlar qancha kam boʻlsa, shuncha yaxshi.
- Kitoblarni faqat oynavand javonlarda saqlang.
- Yumshoq oʻyinchoqlar borasida sabr qiling.
- Devorlarga osilib turgan suvenirlar iloji boricha kamroq boʻlsin.
- Shkaflar, burchaklar va kravat osti keraksiz buyumlar omboriga aylanmasligi zarur.

- Bolalar xonasidagi barcha chang yigʻuvchi narsalar (masalan, yumshoq mebel) muntazam va doimiy tarzda changyutkich yordamida tartibga solinishi kerak.
- Barcha buyumlarni yuzasi (pol, devorlar) nam latta bilan artilib turilishi zarur.
- Agar omborchangiz yoʻq boʻlsa, keraksiz narsalarni shkafga joylashtirishga majbur boʻlsangiz, ularni yuving va polietilen plyonka bilan yopib qoʻying.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



