Coca-Cola haqida 10 ta qiziqarli maʼlumotlar

"Coca-Cola"ning1904-yilda chizilgan birinchi tashqi reklama taxtasi hali ham AQSHning Djordjiya shtatidagi Kartersvill shaharchasidagi oʻz joyida ilinib turibdi.

Muammar Kaddafiyning aytishicha, mashxur "Coca-Cola" ichimligining asl vatani Liviya emish. 2006 yilda u xatto "Coca-Cola" kompaniyasidan ajratmalar ham soʻragan.

Agar barcha ishlab chiqarilgan Coca-Cola 180 santimetr chuqurligidagi havzaga toʻldirilsa, uning uzunligi 33 kilometrni tashkil qiladi va kengligi deyarli 15 kilometrga yetadi. Bunday havzaga bir vaqtning oʻzida 512 million kishi kirishi mumkin.

Agar ishlab chiqarilgan Coca-Cola butun sayyoradagi shishalarda tarqatiladigan boʻlsa, har birimizga1500 butilka Coca-Cola tegar ekan.

Coca-Colaning eng katta belgisi Chilidagi Arika shahrida, adirlikning tepasida joylashgan. Belgining kengligi 122 metr. balandligi esa 40 metrga teng. Bu belgi 70 ming dona Coca-Cola shishasidan tayyorlangan.

Dunyodagi har bir soniyada Coca-Cola tomonidan ishlab chiqarilgan 8000 stakan ichimlik ichiladi.

Agar yuz yildan oshiq vaqt mobaynida ishlab chiqarilgan barcha Coca-Cola shishalariga quyilib bir satrda joylashtirilgan holda sayyoramizning atrofidagi orbita oʻrab chiqilsa, u Yerni 4334 marta oʻrab chiqadi. Darvoqe, bunday zanjir Oyga 1045 marta borib qaytib kelar edi.

Agar siz Coca-Cola quyilgan chuqur likopchaning ichiga steykni solib qoʻysangiz, ikki kun oʻtib uni topa olmaysiz: u butunlay erib ketadi.

1989 yilda Coca-Cola Moskvadagi Pushkin maydonida oʻz brendini reklama qiluvchi birinchi horijiy kompaniya edi.

Coca-Cola Olimpiya oʻyinlarining eng davomiy xomiysi. Coca-Colaning Olimpiya harakati bilan hamkorligi 1928 yilda boshlangan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



