Daraxtdagi noyob restoranlar juftligi

Tabiiyki, agar daraht quriy boshlasa restoran qay ahvolda qoladi, degan savol tugʻiladi. Gap shundaki, banyan xaqiqiy daraxt emas, u juda xaqiqiy koʻrinishga ega boʻlgani bilan betondan tayyorlangan. Gajumaruning ayvonidan Naxa koʻrfaziga hamda Onyama Park parkiga ajoyib manzara ochiladi.

Restoran oshxonasi fast-fudni taklif etadi, biroy ular eng yangi maxsulotlardan tayyorlangan. Bu Gajumaru restoranini Okinavadagi eng oldi restoranlaridan va dam olish uchun eng ommabop joylardan biri sifatida namoyon qiladi.





Odamlar sharashalarni yonidan tomosha qilishni yahshi koʻradilar, chunki bu holda ularning oldida juda chiroyli va koʻrkam manzara vujudga keladi.

Ammo Filippinda San Pablo shahrini yonginasida Villa Escudero Resort kurortini tashkil qilib sharsharaning poyi ostida restoran yaratdilar.
Sharsharalar hozir juda ommaviylashgan. Masalan Chilining Patagoniya provinsiyasida Magic Mountain Lodge mehmonxonasi tashkil etilgan va unda binoning tashqarisidan oqib tushadigan sunʼiy sharshara timsoli aks ettirilgan. Filippinda esa Villa Escudero Resort mehmonxonasi qurildi va uning jozibadorligi juda oʻziga xos restoranidir.

Gap shundaki, bu muassasada ovqatlanish haqiqiy sharsharaning ostida (beton bilan jilovlangan), aniqroqgʻi poyi oldida amalga oshadi. Shu bilan birga tomoshabinlar unga yondan emas, qoq ostidan qarab tomosha qiladilar. Stollar suvning oʻzida joylashtirilgan (bu yerdagi chuqurlik atigi 20 santimetrgacha).

Villa Escudero Resort mehmonxonasi Filippinning qishloq joyida joylashtirilgan. Uning mehmonlari bokira holatidagi tabiatdan bahra olishlari, qishloq hayotining oʻzi bilan tanishishlari mumkin: fermalarda boʻlishi, kokos bilan bambuk terimida qatnashishlari, anʼanaviy filippin qayiqchalarida uchishi, rafting bilan shugʻullanishi va akvalang taqib suv ostiga shungʻishi umkmin. Ammo bularning hammasi dunyoning boshqa joylarida ham bor. Lekin sharshara ostida nonushta, tushlik yoki kechki ovqatni qabul qilish jarayonida faqat shu yerda bahra olish mumkin!

Villa Escudero Resort mehmonxonasida filippinlik dehqonlar isteʼmol qiladigan oddiy taomlardan tatib koʻrish mumkin. Farqi faqat shundaki bu yerdagi maxsulotlar assortimenti ancha kengroq boʻladi. Ovqatlanib boʻlganidan soʻng esa sharsharaning tagida quyosh ostida iliq suvda birpas rohatlanib dam olish mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



