Texnologiya

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Kvadrokoter – smartfon kabi oddiy oʻyinchoq emas. Agar uning ogʻirligi 250 grammdan ogʻirroq boʻlsa davlat roʻyxatidan oʻtish kerak boʻlgan uchuvichisiz uchish apparati. Kvadrokopterni boshqaruvchi odam havo kemasining sardori hisoblanadi.

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

2016 yilning may oyida Rossiyada dronlar poygasi boʻlib oʻtdi. Bu musobaqada FPV boshqaruv tiizimi orqali boshqariladigan dronining  istagan egalari qatnashishi mumkin boʻlgan.

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Rossiyada Half-life interaktiv kompyuter oʻyinidagi droni ishlab chiqilgan. Ishlab chiqarishda bir ishqiboz qatnashgan, dronni dastlabki sinov parvozini YouTubeda topish mumkin.Oddiy dronni oʻyin koinotidagi moslamaga aylantirish uchun bir necha oyga teng vaqt kerak boʻlgan. Bu dron oʻyindagidek gʻuvillaydi, uning bortida esa chaqmoqlar sodir boʻlib turadi.

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

“Sibir olovi” festivalida noodatiy konkurs tashkil etilgan. Unda nayzalarni va kamon oʻqlarini dronga otish kerak boʻlgan! Konkurs gʻoyasi Lipetskdagi festivaldan olingan, chunki u yerda qatnashchilarning biri moslamani oʻz kostyumining toʻplamiga kirgan nayza bilan urib tushirgan.

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Djon Xopkins universitetida muxandislar shunday kvadrokopterni yaratdilarki, u suv ostida bir necha metr chuqurlikda koʻp oylar davomida saqlanib turish mumkin, suvdan chiqish buyruqli unga joʻnatilgan buyruqli signalidan keiyn esa u suvdan chiqib parvoz qiladi va oʻz vazifasini bajaradi. Bu moslamani yigʻish uchun xatto 3 3D-printer ham ishlatilgan. Barcha ehtiyot qismlar korroziyaga qarshi aralashma bilan qoplangan.

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Florida universtitetida dronlarni fikrlash kuchi bilan boshqari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi. Miyaning faolligini hisoblash uchun qatnashchilarning badanlariga qatirilgan maxsus datchiklardan foydalanilgan.

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Syurix universitetida oʻrmonda adashib qolgan odamlarni topa oladigan dronlar ishlab chiqarildi. U skanner yordamida oʻrmonni tadqiq qilib inson qoldirgan izlarni topa oladi. Bu moslama neyron tarmoqlar asosida vujudga kelgan sunʼiy intellekt asosida  yaratilgan. Kvadrokopterda ikkita kamera oʻrnatilgan. Ular tufayli dron daraxtlar bilan toʻqnashib ketishdan oʻzini saqlaydi.

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Geografik muhitni tadqiq qilayotgan paytda atrof muhitga zazar yetkazmaydigan kvadrokopter ham ishlab chiqilgan. Bu biologik jihatdan chirib yoʻq boʻlib ketadigan apparat. Uning korpusi mitselliydan tayyorlanadi, sellyuloza hamda qogʻoz arisining soʻlagidan olinadigan oqsil bilan qoplanadi.

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Skycatch kvadrokopterlari qurilishda ishlatiladi. Ular qurilish moʻljallanayotgan hududni tahlil qiladi va uni suratga tushiradi. Shundan soʻng ushbu suratlar tasvirlar 3D-xaritalarga aylantiriladi. Keyin shu xaritalar asosida muxandislar ishlaydi. Qurilishda mashinalarni haydovchilar emas operatorlar boshqaradi. Buniing hisobiga haydovchilarga toʻlanadigan mashina harajatlari va ish haqqi kamayib ancha mablagʻ tejab qolinadi.

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Manchesterda yongʻin paydo boʻlgan joylarni zudlik bilan aniqlash maqsadida shu joylarni izlovchi kvadrokopter ishlab chiqarildi. U 40 daqiqada bir yarim kilometrga teng masofani uchib oʻtadi va uch kilometr balandlikka koʻtarila oladi. Apparat real vaqt rejimida ishlagan holda planshetga videotasvirlarni joʻnatadi hamda shu planshetning oʻzidan boshqariladi.

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Dronlarni yoʻq qilish uchun ularni radiotoʻlqinlar yordamida zarba bilan urib tushirishga qodir qurol yaratildi. Uning kundalik hayotda ham ishlatish mumkin, chunki uning oʻlchamlari juda ham katta emas. Amaliyotda undan faqat qamoqxona hamda maktablar, shuningdek tarixiy joylarning himoyasi uchun ishlatish rejalashtirilmoqda.Kvadrokopterlarning 400 metrgacha boʻlgan masofadan urib tushirish mumkin. Radiotoʻlqinlar taratila boshlaganida dron oʻz operatoriga boʻysunmay qoʻyadi va shu tarzda oʻz vazifasini bajara olmaydi.

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Aerius nomli eng kichik dronning kengligi atigi 3 santimetr, ammo u andozaviy apparatlardan boshqa hech narsasi bilan farq qilib ajralmaydi. Uning ichida huddi oʻsha ehtiyot qismlari shlatilgan, biroq mitti oʻlchamlarda.

Dronlar toʻgʻrisida qiziqarli faktlar

Swamp Works kompaniyasi Mars sayyorasining yuzasini tadqiq qiladigan kvadrokopterni ishlab chiqardi. U yuza boʻylab harakatlanadigan rover eta olmaydigan joylarni razvedka qilib suratga oladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar