Dunyodagi eng yaxshi aeroportning yangi terminali

Besh yildan beri Singapurning Changi aeroporti dunyodagi eng yaxshi aeroport nomini olmoqda. Sababi oddiy: bu yerda hamma narsa passajirlarning qulay sharoiti uchun qilingan, xattoki, kapalaklar bogʻi va spa markazi ham bor. Endi esa, eng yaxshi aeroportda yangi terminal ochildi.

Yangi terminal 4 maydoni 225 000 kvadrat metr, balandligi esa 25 metr. Petaclouds kinetik shift skulpturasi aylanadi. Koʻrinishi ajoyib. Bunday skulpturalardan terminalda 6 ta bor.

Terminalning asosiy dizayni orxideya guli, Singapurning milliy guli, asosida qurilgan: orxideya yaproqlari hamma joyda – gilamdan tortib shiftgacha. Changining boshqa terminallaridagi kabi, yashillikka urgʻu berilgan: bu yerda 186 katta daraxt va yashil devorlar oʻsadi. Aeroportda milliy madaniyat peranakanning zamonaviy koʻrinishiga katta eʼtibor qaratiladi.

Aeroportning eng qiziq tomoni uning texnologiyaga qilgan urgʻusida. Fantastikaga oʻxshaydi, lekin bu yerda hamma narsa avtomatlashtirilgan, shu sababdan bu yerda umuman navbat boʻlmasligi kerak. Passajirlar avtomatlarni oʻzlari registratsiya qilishlari uchun ishlatishlari mumkin. Avval ular avtomatik kioskada roʻyxatdan oʻtadilar va uchish taloni va yuk markasini oladilar.

Keyin ular yuk topshirish nuqtasiga boradi, bu yerda esa yuzni tanish texnologiyasi ishlatiladi, bu haqiqatdan ham shu passajirligini aniqlash uchun. Oxirgi qadam – migratsiya boshqaruvining avtomatikasi. Lekin agar siz avtomatik rejimdan foydalanishni xohlasangiz, kelishingiz bilan roʻyxatdan oʻtib, barmoq izlaringizni topshirishingiz kerak.

Texnologiya har qadamda: xatto farroshlar ham avtomatlashtirilgan. Oldin zaxira sifatida ishlatilgan terminalning taʼmirlash va rekonstruksiya ishlari uch yil davom etdi. Bu yerda 16 million kishi va 9 ta aviakompaniya ishlashi rejalashtirilmoqda. Changi aeroporti – dunyodagi eroportlarning toʻlib ketganlari orasidan oltinchisi. 2016 yilda u dunyo boʻyicha rekordli 58.7 million passajirga xizmat koʻrsatgan. Bundan ham koʻproq kutilgan terminal 5 ni 2020 yilda ochish rejalashtirilgan.








Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



