Ekstrovert va introvert xarakter koʻrinishlari

Bular introvert harakterdagilardir. Ular koʻpincha oʻz ichki dunyolariga quloq soladilar. Muammolarini boshqalar bilan boʻlishmay hal qiladilar, xotirjamlik va vazminlikni juda qadrlaydilar. Bir qarashda juda ajoyib hususiyat dersiz. Biroq hulosa qilishga shoshilmang.
Agar siz uy-ish degan chizma yordamida harakatlansangiz, doʻstlaringiz bilan uchrashishdan qochsangiz, yaqinlarning toʻy-hashamlariga hadeb ham boravermasangiz, siz-INTROVERTsiz! Siz uchun yolgʻiz qolish, faqat oʻzingizga yaqin bilgan insonlar davrasida boʻlishning oʻzi kifoya.

Oʻzingizning bu feʼl atvoringiz sababini uzoqdan axtarmang. Bolalik chogʻingizda ota-onangiz "ortiqcha savol bermay, jim oʻtir” deya qiziqishingizni soʻndirgan boʻlishsa, bu ham betaʼsir qolmagan. Sizdagi tugʻma vazminlik keyinchalik kirisha olmaslik kompleksiga aylanib qolgan.
Sizdagi oʻta vazminlik atrofingizdagilarga manmanlik yoki oʻziga bino qoʻyganlik boʻlib koʻrinishi mumkin. Besabab jamoaviy yigʻinlarda ishtirok etishdan bosh tortish ham huddi shu “men sizlardan ustunman” deganday tuyulishi mumkin.
Ijobiy tomoni:
Xarakteringizda bosiqlik boʻlgani bois biror qaror qabul qilishdan avval yeti olchab bir kesishni avzal bilasiz. Barakalla! Aynan shu feʼl-atvor sabab sizning fikringiz aniqroq va uzoqni koʻzlagan boʻladi. Bu hususiyat sizning yutugʻingiz deb bemlol ayta olamiz.

Ekstrovertlar qayerda paydo boʻlishsa darxol borliklari seziladi. Atrofdagilarni oʻziga qaratishga usta. Doim koʻtarinki kayfiyatda yurgani bois boshqalar ham ular bilan suhbatga oshiqishadi.
Tashkilotchilikni yoqtirasiz, hech qaysi bayram sizning ishtirokinizsiz oʻtmaydi. Kirishimli boʻlganingiz bois tanimagan davrani ham tezda oʻzingizniki qilib olasiz, demak siz – EKSTROVERTsiz. Sizni koʻpchilik yoqtiradi. Biroq koʻpincha bu kayfiyat ortiga muammolaringizni ham yashirib ketasiz.

Har doim ham diqqat markazida boʻlish foyda keltiravermaydi. Ekstrovertlar oʻzlaridagi bu faollik orqasida baʼzi kamchiliklarini yashirishni bilishadi. Shu sabab ham boshqalar nazdida ular hech qanday muammosi yoʻqdek tuyuladi. Aslida esa ularning ichki olamlari shu qadar taʼsirchanki, koʻz yoshlarini koʻrsangiz, ishonmasligingiz mumkin.
Baʼzi hollarda sizdagi oʻta faollik suhbatdoshingizni ikkinchi darajaga chiqarib qoʻyadi. Yaʼni hamma ishda yetakchilik qilish istagi tufayli boshqalarning fikriga imkon qoldirmasligingiz mumkin. Sizni tushungan inson boʻlsa, toqat bilan suhbatlashishi mumkin. Ammo har kim ham bunday qila olmaydi. Ayniqsa jamoada bunday qiliqlaringiz sabab sizni “bilagʻon”ga chiqarib qoʻyishlari mumkin.

Ekstrovert va introvert harakter koʻrinishlarini asl holicha uchratish mushkul. Sababi, ham unisi ham bunisi boʻladi. Yagona farq kimdadir faollik koʻproq boʻlsa kimdadir bosiqlik birinchi boʻladi. Biroq oʻzingizdagi yaxshi fazilatlarni yuzaga chiqarishni istab, kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilsangiz hayotda koʻp narsalarga erishishingiz tayin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



