Avto

Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar

Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar
Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar

Toʻgʻri poytaxtimiz Toshkentda avtomobillar tirbandligi tez-tez boʻlib turadi, biroq baʼzi chet el mamlakatlaridaka emas.Haqiqiy mudhish tirbandliklar qanday boʻlishini ushbu maqoladan bilib olishingiz mumkin. Quyida shunday tirbandliklar roʻyxati keltiriladi. Marhamat,tanishing!

Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar

Bryussel – Belgiyaning poytaxti. Bryusselda Fransuz va Flamand uyushmasi, Evropa Ittifoqining bosh qarorgohi, NATO vakolatxonasi, Benilüks mamlakatlari kotibiyati kabi muassasalar joylashgan.

Avtomomillar tirbandligi boʻyicha Bryussel oʻninchi oʻrinni egallaydi. Sanoqsiz mashinalar shaharda cheksiz tirbandlikni keltirib chiqaradi. Bu yerda odamlar yiliga oʻrtacha 70 soatni tirbandlikda oʻtkazadilar.

Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar

Köln – Germaniyadagi millioner shahar boʻlib, aholisining soni boʻyicha toʻrtinchi, kattaligi boʻyicha mamlakatda uchinchi oʻrinda turadi hamda mamlakatning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazlaridan biridir hisoblanadi. Köln Germaniyaning qadimgi shaharlaridan biri boʻlib, u Rim davridan boshlab butun mavjudligi davomida Yevropa tarixida muhim rol oʻynagan. Köln oʻzining asosiy ibodatxonasi - Germaniyadagi asosiy katolik cherkovlaridan biri boʻlgan Köln sobori bilan mashhur. Shaharning maydoni 405 km2, aholisi taxminan 1 million kishidan iborat.

Köln – yoʻl tirbandligi boʻyicha Germaniyadagi yetakchi shahar. Bu yerda odamlar yiliga 71 soatni tirbandlikda oʻtkazadilar.

Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar

Roʻyxatning sakkizinchi qatorida Belgiyaning Antverpen shahri turadi.

Antverpen Belgiyadagi ikkinchi muhim shahar. Bu, shuningdek, dengiz porti hisoblanadi hamda dunyodagi eng katta yigirmata portlardan biri sanaladi va Gollandiyaning Rotterdam portidan keyin Yeropada ikkinchi oʻrinda turadi.

Shaharning maydoni 204 km2, aholisi 510 610 kishidan iborat. Oʻrtacha, odamlar bu yerda yiliga 71 soatni tirbandlikda oʻtkazadilar.

Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar

Shtutgart - Germaniyadagi shahar, Germaniyaning engmuhim sanoat markazlaridan biri, shuningdek muhim madaniy markazi hamdir.Shaharning maydoni 207 km2, aholisi 613 ming kishidan iborat.

Shtutgart aholisi yiliga oʻrtacha 73 soatnitirbandlikda oʻtkazadi.

Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar

Nyu-York AQShning eng yirik shahri boʻlib, aholisining soni boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi.

Nyu-York – jahon miqyosidagi eng muhim moliyaviy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazdir. Shaharning maydoni - 1214 km2, aholisi - 8,4 million kishidan iborat.

Nyu-York hech qachon uxlamaydi, shuning uchun kunning istalgan vaqtida bu erda tirbandliklar boʻlishi mumkin. Nyu-Yorkliklar yiliga oʻrtacha 73 soatni tirbandlikda oʻtkazadilar.

Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar

Hyuston – aholisining soni boʻyicha  Amerika Qoʻshma Shtatlardagi toʻrtinchi va kattaligi boʻyicha Texasdagi eng yirik shahardir.

Shahar energiya sanoatining yetakchi markazi boʻlib, shahar iqtisodiyotini aeronavtika, transport va sogʻliqni saqlash sohalaridagi korxonalar namoyish etadi.

Shaharning maydoni 1552 km2, aholisi 2,3 million kishidan iborat.

Hyustondagi tirbandlik transport vositalarining koʻpligi va shaharda jamoat transportining yaxshi rivojlanmaganligi sababli yuzaga keladi. Avtomobillar harakati avjiga chiqqan paytda shaharning barcha asosiy yoʻllari tirbandliklarga uchraydi. Hyuston aholisi yiliga oʻrtacha 74 soatni tirbandlikda oʻtkazadi.

Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar

San-Fransisko AQShning Kaliforniya shtatidagi shahar va tuman boʻlib, katolik avliyo Fransisk Assizkiy nomi bilan ataladi.

San-Fransisko “Oltin darvoza” koʻprigi, Alkatras oroli, kanatli tramvay tizimlari va chayna-taun (xitoyliklar istiqomat qiladigan kvartal) bilan mashhur.

Traffik (avtomobillar sonining koʻpligi) va tirbandliklar San-Frantsiskodagi turmush tarzidir. San-Fransisko aholisi yiliga oʻrtacha 75 soatni tirbandlikda oʻtkazadi.

Shaharning maydoni - 121 km2, aholisi - 850 ming kishidan iborat.

Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar

Vashington – Amerika Qoʻshma Shtatlarining poytaxti. Shaharning maydoni 177 km2, aholisi qariyb 650 ming kishidan iborat.

Vashington reytingda uchinchi oʻrinda. Vashington aholisi tirbandliklar haqida shikoyat qiladi va Vashington AQShning eng gavjum shaharlaridan biri deb hisoblaydi. Ular tirbandlikda yiliga oʻrtacha 75 soat sarflashadi.

Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar

Los-Anjeles – AQShning janubidagi Kaliforniya shtatidagi, Tinch okeani boʻyida joylashgan shahar. Aholisi soni boʻyicha Kaliforniya shtatida birinchi va mamlakat boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadigan shahar.

Los-Anjeles dunyodagi eng yirik madaniy, ilmiy, iqtisodiy, taʼlim markazi hisoblanadi hamda kino, musiqa, televizor, kompyuter oʻyinlari sohasi boʻyicha dunyodagi eng yirik koʻngilochar markazlardan biri sanaladi.

Shaharning maydoni 1302 km2, aholisi 3,8 million kishidan iborat.

Los-Anjeles oʻzining ulkan tirbandliklari bilan mashhur. Los-Anjeles aholisi yiliga oʻrtacha 81 soatni tirbandlikda oʻtkazadi.

Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar

London – Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining poytaxti va eng yirik shahridir.

Buyuk Britaniyaning asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazidir. Shahar iqtisodiyoti mamlakat iqtisodiyotining beshdan birini egallaydi. Yuqori darajali dunyo miqyosidagi shaharlar qatoriga kiradi, hamda yetakchi jahon moliyaviy markazlaridan biri hisoblanadi.

Shaharning maydoni 1706 km2, aholisi 8,5 million kishidan ortiq.

London juda katta megapolisdir, shuning uchun bu yerda avtomobillar juda koʻp. Reytingda "sharafli" birinchi oʻrinni London egallaydi. Londonliklar yiliga oʻrtacha 101 soatni tirbandlikda oʻtkazadilar.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar