Taom tayyorlash jarayonini yengillashtiradigan foydali maslahatlar
Taom tayyorlash jarayonini yengillashtiradigan foydali maslahatlar
Biz sizning e’tiboringizga ovqat tayyorlash jarayonini ancha yengillashtiradigan foydali maslahatlarni havola etamiz. Ularni kundalik hayotingizda qo’llashingiz mumkin.

1. Quyuq yog’ni eritish.

1. Quyuq yog’ni eritish.

 Istalgan idishni olib, unga qaynoq suv soling, so’ngra suvni to’kib tashlab, unga qadoqdagi yog’ni soling. Ustini sochiq bilan yopib, bir necha daqiqa kuting. Bunday mohirlik quyuq yog’ning tezroq erishiga sabab bo’ladi va taom tayyorlash vaqtingiz ancha tejaladi.

2. Limon siqish.

2. Limon siqish.

Limon siqish kerak bo’lsa, uni qo’lda emas, go’shtqisqich yordamida bajargan afzal. Bu qisqich limonni qo’ldagidan ko’raqattiqroq siqadi va oxirigi tomchisigacha siqib oladi.

3. Yog’sizlantirilgan sut- pahta.

3. Yog’sizlantirilgan sut- pahta.

Pahta – bu yog’sizlantirilgan sut. U ko’pincha non,bo’tqalar va souslar tayyorlashda ishlatiladi. Ro’zg’oringizda ushbu masalliqqolmagan bo’lsa, uning o’rnini to’ldirish oson: sutga bir osh qoshiq uksussolinsa bas.

4. Barra qulupnay.

4. Barra qulupnay.

Qulupnay mevasi uzoq vaqt yangiday turishiniistasangiz, uni olti stakan suv va ikki stakan uksus aralashmasida bo’ktiribqo’ying. So’ngra uni olib, yaxshilab quruting va germetik paketga solib,muzlatgichga joylab qo’ying.

5. Kartoshkani saqlash.

5. Kartoshkani saqlash.

Kartoshkani uzoqroq saqlamoqchi bo’lsangiz, uning yonigaolmalarni joylang. Shunda kartoshkada tugunaklar o’sib chiqishining oldiolinadi. 

6. Kartoshkalani yuvish.

6.  Kartoshkalani yuvish.

Kartoshkalarni yuvishda idish-tovoq yuvishmashinasidan foydalanish mumkin. Sabzavotlarni mashina panjarasiga qo’ying vachayqash rejimini ishga tushiring.

7. Cho’michni turgazib qo’yish.

7. Cho’michni turgazib qo’yish.

Cho’mich yoki kapkir qozonda sirg’anib tushib ketmasindesangiz, tutqichining uchiga pulning rezinkasini o’rab qo’ying. Shunda ularsirg’anib, qozon ichiga tushib ketmaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook