Goʻzallik uchun 23 ta mukammal gʻoyalar! Uyqingiz pishmagan boʻlsa ham qanday qilib maftunkor koʻrinish haqida!

Agar siz bu hissiyot bilan tanish boʻlsangiz, u holda, siz uchun quyidagi goʻzallik uchun maslaxatlar juda ham oʻrinli boʻladi.

Har qanday soch shpilkasi sochlarda mustaxkamroq turishi uchun, sochni turmaklashdan avval soch lakini shpilkaga sepib keyin taqsangiz kifoya.

Agarda kiyim tozalash uchun valik qoʻlingiz ostida boʻlmay qolsa, sizni bezor qilgan tuklarni qosh uchun chyotkacha yordamida olib tashlasangiz boʻladi.

Manikyurdan soʻng sargʻayib qolgan tirnoqlarni tush pastasi juda yaxshi sayqallaydi. Hamda, pasta lakning qoldiqlarini ketkazishga va juda qattiq jabrlangan tirnoqchalarni ham oqartirishga qodir.

Asalli niqob terini chuqur oziqlantiradi va namlantiradi. Atigi 10 daqiqa bunday niqob taʼsir qilishi va terini silliqina qilishiga yetarli boʻladi.

Shaffof rang lak kapron kolgotkalardagi strelkani darxol toʻxtadi.
Shuningdek, shaffof rang lak vannaning yuzasidagi zanglagan dogʻlar bilan kurashishda yordam beradi. U bilan shampun va boshqa kosmetika vositalari idishlarini tagini buyab quying - ayanchli izlar boshqa paydo boʻlmaydi!

Kichkina mixcha - ziraklar va toʻgʻnagʻichchalarni, ularni tugmalarga kiygazgan holda saqlash juda qulay. Hamda xech narsa yoʻqotilmaydi ham!
Sochingizni boʻyash uchun vaqt boʻlmagan hollarda ayyorona layfxakni qoʻllasangiz boʻladi. Bu favqulodda chora boʻlib, lekin u juda ham kerak boʻlib qolishi mumkin!
Sochingiz rangiga mos yaltiroq zarralari bor boʻlgan tenlarni tanlang. Sochingiz ildiziga va unga yaqin joydagi sochlarga lak seping va darhol tenlarni surting. Bu narsa vaqtinchaga oʻsib ketgan xunik ildizlarni va oq sochlarni berkitishga yordam beradi.

Sariq sochlilar uchun juda ham zoʻr layfxak. Agarda siz sochingizni och rang palitrasiga boyasangiz, u holda sochlaringiz oʻz rangini birdaniga yashil tusga oʻzgartirishiga tayyor turing. Odatda bu hol xlor solingan suvli basseynlarga tashrif qilgandan soʻng yuz beradi. Sochlaringizga jilo va oqlikni qaytarishga ketchup yordam beradi - uni boshingizga surtib, 15 daqiqa ushlab turing, huddi niqob kabi. Keyin yuvib yuboring.

Tualet qogʻozi bemalol kosmetik salfetkalarni, agar ular qoʻl ostida yoʻq boʻlib qolsa, oʻrnini bosa oladi. Teridan yogʻli yaltirashni juda yaxshi olib tashlaydi.

Bosma qogʻoz statik elektrni nafaqat kiyimingizdan, balki sochlaringizdan ham olib tashlaydi.

Terini odatiy yoʻl bilan tozalagandan soʻng toner qoʻllash lozim - u teridagi yogʻ va kosmetika qoldiqlarini yoʻqotadi va yuzdagi poralarni toraytiradi.
Tonerni tabiiy maxsulotlardan qilishni taklif qilamiz. 1 choy qoshiq dengiz tuzini yarim stakan suv bilan aralashtiring. Bu moʻjizaviy aralashmani sepuvchi tugmali idishga quying va yuzingizni yuvgandan soʻng qoʻllang. Tonerdan soʻng yuzingizni paxta disklari yoki salfetka yordamida artib chiqing.
Yogʻli sprey yordamida siz juda tez tirnoqlaringizni qurita olishingiz mumkin. Shoshilish kerak boʻlgan vaqtda bu oltinga tengdir!

Sochlar uchun qisqichlar kiyimdagi dazmol qilish juda qiyin boʻlgan joylardagi burmalarni tekkislashga yordam beradi. Ayniqsa, tugmachalar orasodagi joylarni!

Unamaydigan sochlarni qoʻlga oʻrgatish mumkin, agarda oddiy, qoʻl uchun krem ishlatsa. Salgina qoʻllaringizni krem bilan surtib, ularni sochlaringiz boʻylab yurgizing. Bu usul nam sochlarda yaxshiroq ishlaydi va murakkab turmaklar qilishda yordam beradi.
Ogʻiz chayqash vositasi birdaniga pi boʻlib qolgan qadoqlardan haloskor boʻlishi mumkin. Uni ogʻiz chayqash vositasi bilan surtib chiqing va qizarish tezda oʻtib ketadi, katta qavariq hosil boʻlmaydi.

Tovoningizdagi yorilgan joylarini uyqudan avval saryogʻ bilan yogʻlab, paypoq kiyishni yoddan chiqarmay yoting. Bir oydan soʻng tovonlaringiz ipakday boʻlib qoladi!

Vazelin bilan oyogʻingizni noqulay oyoq kiyim tufayli jarohatlanadigan zonalarini surtib qoʻying. U yerda boshqa qadoqlar paydo boʻlmaydi!

Agarda sizda endigina oq soch paydo boʻlishi boshlayotgan boʻlsa, doimiy ravishda boshingizni yogʻlar bilan uqalab turing. Bu oq sochlar paydo boʻlishini 50% ga kamaytirishga yordam beradi.

Soch-soqol olish kremi tugaganida, yangisini olishga shoshilmang. Soch uchun kondisioner soch-soqol olishni undanda qulayroq qilishi mumkin! Uning konsistensiyasi tifayli sochchalar puxtalik bilan olinadi teri esa, juda ham mayin boʻlib qoladi.

Qora nuqtachalarga qarshi vosita
2 osh qoshiq makkajoʻxori uni va 2 choy qoshiq sirka - yuzdagi qora nuqtachalarga qarshi moʻjizaviy vosita. Teringizga 10 daqiqaga uni surting, bir oz uqalang va yuvib tashlang.

Eng yaxshi skrab
Suli yormasi atalasi tana va yuz parvarishi uchun juda yaxshi skrab. Teri yangilanish uchun moʻljallanga qimmatbaho kosmetikani omadli ravishda oʻrnini bosadi! Suli terining shikastlanib achishini kamaytiradi va quyoshda kuyib qolgan teri qismlarini tinchlantirishga yordam berib, sizning yanangizdagi har bir poralarini yaxshilab parvarish qiladi.

Bogʻichlar tarang tugun boʻlib qolganda yoki sevimli zanjirchangiz chorasiz darajada tugilib qolganda, makkajoʻxori kraxmalini qoʻllang. U bilan tugunni bir oz surting va tugunni yechish bir necha marotaba onson boʻladi!

Koʻzingizga iliq choy xaltachalarini qoʻying - bu qovoqlarning ishishini va qizarishlarni yoʻqotadi.

Koʻz burchakchalaridagi och rang tenlar moʻjiza yaratadi! Nigoh ochiq boʻlib qoladi va eng sillasi qurigan yuz ham qiyofasini oʻzgartiradi. Bu maslahat shiddatli ish haftasining qizigan vaqtida ham sohibjamol boʻlib qolishga yordam beradi!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



