Qiziqarli

Har xil madaniyatga mansub 10 ta ajoyib va noyob urf-odat

Har xil madaniyatga mansub 10 ta ajoyib va noyob urf-odat

Bizning dunyomiz – oʻzinign ajoyib odatlari va urflariga ega turli xildagi madaniyatlar xazinasidir. Ulardan birlari quvnoq va hayratlantiruvchi, boshqalari esa qarama-qarshi, dahshatli va hatto vahshiy koʻrinadi.

10. Taarof

Har xil madaniyatga mansub 10 ta ajoyib va noyob urf-odat

Taarof – eronliklarning odati boʻlib, u boshqa odamlarga nisbatan xushmuomala boʻlishning butun bir tizimi sifatida insonlarga hurmat-ehtiromni koʻrsatishdan iboratdir. Masalan, bir necha savdo rastalarida agar doʻkon xoʻjayini unvoni ancha baland boʻlgan xaridordan pulni olishni xohlamasa, bu xushmuomalalik hisoblanadi. Xaridor pulni toʻlashni taʼkidlashda davom etadi, doʻkon xoʻjayini esa toʻlovni olishni bir necha bor rad etganidan soʻnggina olishi mumkin. Bundan tashqari, eron madaniyatida mehmonlikka taklif etish, u qanchalik astoydil aytilgan boʻlishiga qaramay, shunchalik rasmiyatchilik hisoblanadi. Agar siz taklifni qabul qilib, unga jiddiy qarasangiz, bu bilan xoʻjayinni juda noqulay vaziyatga tushurib qoʻyishingiz mumkin (axir bu taklif shunchaki xushmuomalalik belgisi edi).

9. Mano Po

Har xil madaniyatga mansub 10 ta ajoyib va noyob urf-odat

Pagmamano – bu kattalarga nisbatan hurmat ramzini bildiruvchi imo-ishoradir, va unda odam taʼzim qilish paytida yoshi katta insonning qoʻlini peshonasiga tekkizadi. Bu ishoraning amaliyoti koʻpincha Fillipinlarda hamda Malayziya va Indoneziyaning baʼzi qismlarida uchraydi, va balkim u xitoy madaniyatidan olingan boʻlsa kerak. Koʻpincha oila aʼzolari ichida bolalar ushbu imo-ishora orqali ota-onalaridan yoki yoshi ulugʻ qarindoshlaridan oq fotiha olishadi.

8. Bayanixan

Har xil madaniyatga mansub 10 ta ajoyib va noyob urf-odat

Fillipin madaniyatida mavjud boʻlgan yana bir noyob odat – bu bayanixan yoki uyni boshqa joyga koʻchirish. Qishloq yashovchilari hammalari birgalikda ancha katta uzoqlikka uylarini koʻchirishadi. Bunday koʻchirishlar uy yaqinlashib kelayotgan suv bosishi yoki yer koʻchishi natijasida buzilmasligi uchun qilinadi. Bayanixan asosan qishloq tumanlarida amaliyotda qoʻllaniladi, chunki mahalliy uylar bambuk va palma daraxti yogʻochlari kabi yengil materiallardan qilinadi. Afsuski, shahar tumanlarida bunday tajribani amalda qoʻllash ancha mushkul.

7. Mendi toʻy sanʼati va toʻyona loy sepilishi

Har xil madaniyatga mansub 10 ta ajoyib va noyob urf-odat

Islomdagi toʻylar oʻzining koʻp asrli urf-odatlari va marosimlari bilan taniqli. Masalan, marosim uchun eng qulay kun payshanba hisoblanadi. Yana bir odat – bu mandi tuni (xina tuni). Toʻydan ikki kun oldin kelin oʻz oila aʼzolari atrofida oʻtiradi, va ular kelinning barmoqlariga, qoʻllariga va oyoqlariga turlicha bezaklar chizishadi. Xino bilan chizilgan barcha rasmlarninh chuqur ramzga va oʻz maʼnosiga ega.

Shotlandiyada esa toʻy oldi odati loy sepishdan iborat. Kuyov va kelinni birga bogʻlab, koʻchalar boʻylab yurgizishadi, atrofdagi odamlar esa juftlikka turli xildagi axlatni tashlashadi: patlar, ekinlar, eskirgan tuxumlar, loy va hatto oyoq kiyimi moylari. Odat boʻyicha bu kabi harakat yomon farishtalarni haydab yuboradi, va yoshlarning oʻzlari esa shu paytda birgalikda qiyinchiliklar va noxushliklarni chidash qanday boʻlishini his qilishadi.

6. Mudralar

Har xil madaniyatga mansub 10 ta ajoyib va noyob urf-odat

Mudralar yoki barmoqlar yogasi – bu Hindistonda keng tarqalgan, hindulik va buddistlik madaniyatida qabul qilingan imo-ishoralardir. Qoʻllar va barmoqlar harakatida 500 dan kam boʻlmagan maʼno yigʻilgan. Aytilishicha, ular insonga prana (yoki hayotiy kuch) bosimini nazorat qilishga va eʼtiborni muayyan narsaga jamlashga yordam beradi, hamda aql tiniqligiga va osoyishtalikka olib keladi.

5. Kech qolish

Har xil madaniyatga mansub 10 ta ajoyib va noyob urf-odat

Koʻpgina madaniyatlarda kech qolish nohurmat belgisi hisoblanadi, ammo lekin Janubiy Amerikada emas. Chili va Ekvadorda, agar xoʻjayin mehmonlarni tushlikka soat 8 da chaqirsa, ular 8:15 yoki hatto 8:30 da kelishlari kerak. Agar siz vaqtida kelsangiz, sizni tezgina va “bepul” yeb olishni xohlayotgan odamga chiqarishadi. Eng osoni bu braziliyaliklarga, ular uchrashuv vaqtini moshlashtiriladigan tushuncha deb oʻylashadi va oʻzlari xohlagan vaqtda mehmonchilikka kelishlari mumkin.

4. Alkogol va chap yelka orqasidagi shayton

Har xil madaniyatga mansub 10 ta ajoyib va noyob urf-odat

Rossiya alkogol isteʼmol qilish boʻyicha dunyo boʻyicha lider mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bu madaniyatning ancha odatiy va ajralmas qismi boʻlgani sababli, ushbu “ichkilik” etiketi uchun bir qancha qonun va urflar yaratilgan. Masalan, aytilgan tostdan soʻng stakanni stolga qoʻyish mumkin emas, yaʼni mumkin, ammo boʻsh stakanni, aniqrogʻi, boʻshatilgan stakanni qoʻyish mumkin. Aytilgan obed, yoki tushlikka kechikish, bu “jarima” stakanni ichasiz degani, hamda “birinchisi va ikkinchisi oraasida tanaffus katta emas”.

Va albatta, chap yelkadan uch marta tuflash, chunki maʼlum boʻlishicha, uning orqasida shayton oʻtiradi, va bu ruslarning odati koʻz qilishlaridan oʻz-oʻzini olib qochish uchun yordam beradi.

3. Tish farishtasi

Har xil madaniyatga mansub 10 ta ajoyib va noyob urf-odat

Tish farishtalari haqidagi ertaklar koʻpgina mamlakatlarda va har xil talqinda borligi hammaga maʼlum. Fransiya, Ispaniya, Kolumbiya va Gretsiyada bolalar tish farishtasini sichqoncha koʻrinishida tasavvur qilishadi, va Gretsiya hamda Mavritaniyada bola tishini yostiq tagiga qoʻymasdan, oʻz uyi tomiga iloji boricha uzoqroq va balandroq tashlaydi. Yamaykada agar bolalar oʻz tishlarini banka ichiga qoʻyib uni siklitmasalar, sigir bolasi kelib uni oʻgʻirlashi mumkinligi haqida qoʻrqinchli hikoyalarni aytib berishadi. Malayziyalik bolalar oʻz tishlarini yerga koʻmishadi, chunki badanning barcha qismlari yerga qaytarilishi lozim.Turkiyada esa bolalar tishlari “makkor xiylalar” da ishlatiladi. Mison uchun, agar ular farzandlari shifokor boʻlishni xohlashsa, ular tishni kasalxona oldida qazib qoʻyishadi.

2. Bushido va seppuku

Har xil madaniyatga mansub 10 ta ajoyib va noyob urf-odat

Bushido (busido) – kuch, sadoqat va butunlikni anglatuvchi yapon jangchisining kodeksi. Baʼzi analitiklar va olimlar uning biznes olamida ishlatishni tavsiya qilishadi, yaʼni uning maʼnosi samaradorli va halol ishlash.

Seppuku – bu samurayning yutqazganlikni tan olishdan koʻra oʻz oʻzini oʻldirish marosimi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida minglab yapon askarlari dushmanga taslim boʻlishdan koʻra oʻzlarini oʻldirishni xush koʻrishgandi. Seppuku holatlari hozirgi kunda ham kam emas, ayniqsa, oʻlim sharmandalik va isnodni boshdan kechirish oʻrniga ancha afzalroq tanlov boʻlib qolgan.

1. Xaka

Xaka – Yangi Zelandiyalik maori xalqi odati hisoblanadi. Juda quvnoq marosim. U xavfli yuz koʻrinishi, tomoqli uvillamoq, baland ovozli kuylash, oyoq bosish, koʻkrakka qoʻl bilan urish va oddiy til koʻrsatish kabilarni oʻzining ichiga oladi. Va bularning bari dushman qabilalarning yuraklariga qoʻrquvni va hurmatni singdirish uchun qilinadi. Bugunda xakak asosan Yangi Zelandiyaning milliy sport jamoalari orasida qoʻllaniladi. Ammo, baribir xaka – bu shunchaki harbiy oʻyin va urushga chaqiriqdan ancha koʻproq maʼnoni bildiradi. Shuningdek, u madaniy maqsadda ham ishlatiladi, bunda u shoirlikka va sanʼatga, yoki salomlashish va hurmat koʻrsatishga undaydi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar