Foydali

Hayotingizni oʻzgartiruvchi 5 gʻalati odat

Hayotingizni oʻzgartiruvchi 5 gʻalati odat

Sizga taqdim etilajak ushbu tavsiyalarda esa odatiy koʻrinishga ega boʻlmagan, sizni hayratga solib qoʻyadigan odatlar bilan tanishishingiz mumkin. Ular barchamiz uchun maʼlum tushunchalarga ham qarshi chiqa oladi.

Hayotingizni oʻzgartiruvchi 5 gʻalati odat

Milliarder Sasha Bleykli oʻzining intervyularidan birida kattagina sir bilan oʻrtoqlashib, buning muvafaqqiyatga erishishdagi ahamiyati haqida soʻzladi. Har kuni otasi undan "Bugun qaysi ishni uddalay olmading?" deb soʻrar ekan. Agar omadsiz kun haqida soʻzlasa, otasi xafa boʻlar, aynan uni xafa qilmaslik uchun ham Sasha oʻz ustida ishlarkan. Ushbu savol uni omadsizlikdan qoʻrqmaydigan inson qilib tarbiyalagan.

Biz odatda yaxshi narsalar haqida koʻproq oʻylash va yomon hodisalarni tezroq unutishga harakat qilamiz. Tan olish kerakki, omadsizliklardan qoʻrqamiz ham. Shu sababli ham kichik koʻngilsizlik qarshisida chorasiz qolib ketaveramiz.

Har kuni oʻz omadsizliklaringizga toʻgʻridan-toʻgʻri nigoh tashlang. Ularni oʻzingizdan berkitmang va qochmang, aksincha sinchklab oʻrganing, mulohaza qiling.

Lampochka ustida ishlagan Tomas Edisonnning gaplari yodingizdami? "Men hech qachon omadsizlikka duch kelmaganman. Shunchaki, gʻoyam ishlamaydigan 10 ming hil usulni topdim holos" degan edi u.

Hayotingizni oʻzgartiruvchi 5 gʻalati odat

Koʻplab kitoblarda mualliflar hamisha ijobiy kayfiyatda yurish kerakligi haqida bong uradilar. Ijobiy fikrlash insonning hayot tarzini oʻzgartiradi, ammo aytish kerakki, hayot tekis chiziqdan iborat emas. Buni tan olmaslik esa adolatdan boʻlmaydi.

Ayrim daqiqalarda tushkunlikka tushishingiz ham, jahl qilishingiz ham tabiiy. Shu tariqa emotsiyani oʻzingizda his qilib, qalbingizni toʻplanib qoladigan dardlardan halos etgan boʻlasiz.

Tushkunlikka tushish, tashvishlanish, jahl qilish ham meʼyoriy holat. Salbiy hissiyotlarni atrofdagilardan berkita olmaysiz axir. Doimiy aʼlo kayfiyat ham muammolaringizga yechim topib bera olmaydi.

Hayotingizni oʻzgartiruvchi 5 gʻalati odat

Bu ham gʻalati odatlar sirasidan boʻlishi mumkin. Odatda ruhshunoslar "Inson hamisha oʻziga ishonishi kerak" deya uqtirishadi. Ammo bu yerda ham meʼyorga diqqat qaratmoq darkor. Oʻzingizga nisbatan boʻlgan ishonchsizliksizni yangi marralar tomon yetaklashi mumkin. Shu tariqa rivojlanib boraverasiz.

Oʻziga haddan tashqari ishongan odam yangi sifatlarni oʻzlashtirish va shaxsi ustida ishlashga ehtiyoj sezmaydi. Ishonchsizlik esa jarayon va oʻsish uchun kerakli asosni yaratib beradi. 

Hayotingizni oʻzgartiruvchi 5 gʻalati odat

Koʻpchilik ruhshunoslar bir ishni boshlagach, oxiriga qarab olib borish kerakligi haqida uqtiradilar. Ammo boshlangan ish sizni oʻziga bogʻlay olmasa, u bilan shugʻullanib vaqtingizni zoye ketkazmang.

Aytishlaricha, kitobning birinchi 50 beti sizni qiziqtirmasa, uni toʻliq oʻqib chiqishdan ham maʼno boʻlmaydi.

Oʻzingizni odatiy qonunlarning asiriga aylantirmang. Keraksiz narsalarni tashlab ketishni ham biling.

Hayotingizni oʻzgartiruvchi 5 gʻalati odat

Biror ishimiz omadsizlik bilan toʻqnash kelib qolsa, oʻzimizni aybdor qilib, shaxsiyatimizni yerga urib tashlaymiz. Miyamizda faqat va faqat bir hil hayol aylanadi.

Ammo aynan mana shu odat rivojlanishga toʻsiq qoʻyishi mumkin. Biror narsa omadsizlik bilan toʻqnash kelsa, unga qoʻl siltash kerak. Omadsizlik borasida oʻzingizni salbiy hissiyotlarga bogʻlab qoʻymang.

Hayotingizni oʻzgartiruvchi 5 gʻalati odat
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar