Texnologiya

Internet bizning hayotimizni qanday oʻzgartirganiga oid 6 ta oddiy misol

Internet bizning hayotimizni qanday oʻzgartirganiga oid 6 ta oddiy misol
Internet bizning hayotimizni qanday oʻzgartirganiga oid 6 ta oddiy misol

1. Havaskorlarning kontentining sifati va miqdori oshdi

Agarsiz dial-up-modemlarning  qoʻpol ovozini eslasangiz, unda yuqoridan pastga qarab chiziqlar bilan yuklanadigan rasmlarni unutmagansiz.Oʻsha vaqtda selfi haqida hech qanday tasavvurga ega boʻlishmagan va  katta bayramlardagina oʻzlarining fotosuratlarini Internetga joylashtirganlar.

Agar biron bir filmning sifati "boʻsh"- 700 megabaytli CD-ROM hajmiga qarab aniqlangan boʻlsa, video haqida nima ham deyishimiz mumkin! Diskdagi materiallar asosan qalbakilashtirilgan edi: xira surat va sifatsiz ovoz, goʻyo boshqa xonadan kelayotkandek.

Endi hatto tunda smartfon orqali suratga olingan video ham yaxshiroq koʻrinadi. Sifatsiz va xira fotosurat hech kimga yoqmaydi. Tez Internet tufayli rasm va videoga boʻlgan talablar oshib ketdi. Yaxshi narsaga esa tezda koʻnikasiz.

Internet bizning hayotimizni qanday oʻzgartirganiga oid 6 ta oddiy misol

2. Bizga faqat yuqori tezlik kerak

2000-yillarda bitta mp3 qoʻshigʻini yuklab olish uchun bir necha daqiqa kerak boʻlgan va umuman jonli efirda ulashiladigan video boʻlmagan. Saytlarda asosan matnli kontent boʻlgan: koʻp grafikali sahifalar ochilishiga juda koʻp vaqt kerak boʻlgan. Sekundiga 256 kilobit tezlikdagi cheksiz uy Interneti yaxshi takli fdeb hisoblangan.

Internet bizning hayotimizni qanday oʻzgartirganiga oid 6 ta oddiy misol

3. Gadjetlar koʻpaydi

Dial-up davrida, Internet tarmogʻiga telefon liniyasi orqali ulanganda, yoki Internetda oʻtirish yoki kimgadir qoʻngʻiroq qilish mumkin edi. Har bir xonadonda faqat bitta kompyuter boʻlgan va mobil Internet sizga faqatgina qoʻngʻiroq tovushini yuklab olishga yoki ob-havoni tekshirishga imkon berardi.

Hozirda har yili oʻnlab yangi gadjetlar paydo boʻlmoqda va ularni tarmoqqa ulash allaqachon zaruratdir. Biror narsani kompyuterga yoki smartfonga yuklab olish,keyin uni qurilmaga yuborish uzoq va qiyin vazifadir. Masalan, yaqin vaqtgacha baʼzi navigatorlar uchun xaritalar avtomatik ravishda yangilanmas edi: avval ularni kompyuterga yuklab olish va shundan keyingina USB kabel orqali gadjetga yuborish kerak edi. Bugungi kunda sotuvda Wi-Fi interfeysli qurilmalar mavjud boʻlib, xaritalarni yuklab olish va yangilash uchun ularga faqat Internet kerak.

Aqlli texnologiyalar Internet orqali mustaqil ravishda maʼlumot almashishni oʻrgandi. Masalan, ular retseptlarni yuklab olishi, Internet-doʻkonda mahsulotlarga buyurtma berishi, hatto oʻgʻrilar aqlli uyga kirishga harakat qilishsa, politsiyaga qoʻngʻiroq qilishi mumkin.

Internet bizning hayotimizni qanday oʻzgartirganiga oid 6 ta oddiy misol

4. Oʻqish va sevimli mashgʻulotlar bilan shugʻullanishga yangi imkoniyatlar paydo boʻldi.

Ilgari toʻgaraklarga va boʻlimlarga borardik, endi bizda Internet bor. YouTube videodarslari yordamida siz har qanday narsani oʻrganishingiz mumkin: toʻqish,dasturlash, va hatto mashinani taʼmirlash! Va bu mutlaqo bepul.

Internetda pulllik oʻqituvchi topish ham oson. Har bir odamni istagiga va byudjetiga qarab taʼlim platformalari, shuningdek Skypeda darslar mavjud: istalgan vaqtda va joyda bilim olishingiz mumkin. Vebinarlar, video darslar, onlayn marafonlar-millionlab ishtirokchilar va milliardlab pul aylanmasiga ega boʻlgan ulkan sanoatdir. Bu yuksalishga, oʻzingizni anglashga, koʻngilga yoqadigan mashgʻulotva hamfikrlarni topishga yordam beradi.

Internet bizning hayotimizni qanday oʻzgartirganiga oid 6 ta oddiy misol

5. Masofadan turib ishlash va yangi kasblar davri keldi

Agar siz noutbukni olib, uydan yoki qahvaxonadan ishlashga qodir boʻlsangiz, nega ofisga borishga bir necha soat vaqt sarflashingiz kerak? Dunyo boʻylab tobora koʻproq ish beruvchilar ushbu formatni targʻib qilmoqdalar. Agar xodim uydan ishlayotgan boʻlsa, ofisni ijaraga olish, asbob-uskunalar va kommunal toʻlovlarga pul sarflashning hojati yoʻq. Intizomingiz kuchli boʻlsa, tez Internet va kuchli kompyuter tufayli "divanda" oʻtirib ishlash samaradorligi ofisdagidan yuqori boʻlishi mumkin.

Yangi vaqt - yangi kasblar. Yuqori tezlikdagi Internet bizga onlayn trafik - menejerlari, maʼlumotlar tahlilchilari, veb-tahlilchilar, SMM mutaxassislarini taqdim etdi. Ishga boʻlgan munosabat oʻzgardi. Siz nafaqat dunyoning istalgan burchagidan ishlashingiz, balki sizning biologik ritmingizga mos keladigan vaqt zonalarida mijozlar topishingiz mumkin.

Internet bizning hayotimizni qanday oʻzgartirganiga oid 6 ta oddiy misol

6. Biz koʻp qirrali boʻlib borayapmiz

Bizning ota-onalarimiz bir vaqtning oʻzida gazeta oʻqish va televizor koʻrishgan. Biz brauzerda oʻnlab ish oynalarini almashtiramiz, bir vaqtning oʻzida qoʻshiq tinglaymiz va smartfon ekrandagi  “push-eslatmalar”ni koʻramiz. Biz bir vaqtning oʻzida yuzlab narsani amalga oshirishimiz mumkin: bir nechta suhbatlarda muloqot qilish, ijtimoiy tarmoqlarda fotosuratlar bilan boʻlishish, yangiliklarni oʻqish va maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirish.Ha, va bir koʻz bilan serial tomosha qilish ham! 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar