Ishga kech qolish uchun yetarli boʻlgan sabablarni keltirib chiqargan antiqa suratlar

Tan olish kerakki, barchamiz hech boʻlmaganda bir marta boʻlsa ham ishga kechikib borganmiz va ushbu holatni asl sababi bilan izohlashga ham urinamiz.

Kimdir uhlab qolganini aytib bahona qilsa, yana kimdir mutlaqo ajoyib hikoyalar toʻqib, oʻz qilmishini oqlashga harakat qiladi. Quyidagi ishga kech qolish uchun haqiqatan yetarli sabablani keltirib chiqargan kulguli va antiqa vaziyatlar suratlari bilan tanishasiz.

Oʻgʻlim mashinamning kalitini olib, oʻzining oʻyinchoq mashinasini oʻt oldirish uchun berkitib qoʻyibdi.

Kutilmaganda uyimga timsoh mehmon boʻlib kelib qoldi desam ishonasizmi? Uyda hech kim yoʻq ekan deya oʻylasiz deb, binodan chiqmasdan jim oʻtiraverdim.

Mashinamni mushuklar “zabt etishdi”. Ular shunchalar koʻp ediki, toʻgʻrisi ularga qarshi chiqishdan qoʻrqdim.

Kutilmaganda yoʻlimdan qargʻa chiqib qoldi-da, menga pichoq bilan tahdid qila boshladi.

Menimcha mening hovlimda qandaydir sirli hodisa sodir boʻlmoqda. Bu menim shunchalar qoʻrqitib yubordiki, uy tugul, xonamdan ham chiqa olmadim!

Ishga kech qolganimning sababi, mening ham, qoʻshnilarimning ham mashinasi qor ostida qolib ketibdi! Ularni topgunimizgacha anchagina vaqt oʻtib ketdi!

Pasportimni yeb qoʻygan kuchukgim bilan tarbiyaviy soat oʻtishimga toʻgʻri keldi.

Shunchaki bugungi kunim juda omadsiz boʻldi.

Allaqanday qoʻylar sabab ikki soat davomida tirbandlikda qolib ketdim!

Kapot tagidan yenot topib oldim. Uni uyga olib borib isitdim, ovqatlantirdim va shuning uchun ishga kech qoldim.

Mashinam saloniga ukki kirib qolibdi-da!

Qoʻshnim mashinasini mening mashinam yoniga qoʻyib ketibdi. Uning yonidan chiqib ketish uchun yoʻl topa olmadim.

Mashinamga qish kelgani uchun ishga kelolmadim.
Eshigim buzilib qoldi, uydan chiqishning esa imkoni boʻlmadi.
●
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



