Texnologiya

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

Eng avvalo yarim kechagacha televizor koʻrmaslikni tavsiya qilgan boʻlardik. Chunki yarim tungacha televizor qarshisida oʻtirgan kishi barvaqt turolmasligi tabiiy. Kechasi beriladigan filmlar yoki teledasturlar koʻpincha dam olish kunlari takroran namoyish etiladi. Demak, siz oʻsha koʻrmoqchi boʻlgan teledastur yoki filmni dam olish kuni ham bemalol tomosha qila olishingiz mumkin. Faqat buning uchun dam olish kunlaridagi rejangizga buni kiritib qoʻysangiz bas.

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

Yodingizdami, maktabga boradigan paytingizda ota-onangiz maktabga tutadigan portfelingizni kechqurun tayyorlab qoʻyishga majbur qilishardi. Siz bugungi kunda ham shu ishni takrorlashingiz mumkin, faqat maktab sumkasi oʻrniga ertangi ishga kiyib boradigan kiyim kechaklaringiz va sizga yana kerak boʻladigan boshqa buyumlarni daxlizga tayyorlab qoʻying. Uyquga yotishingizdan avvalroq ularni tayyorlab qoʻysangiz, ertalabki 15-20 daqiqa vaqtingizni tejagan boʻlasiz.

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

Ertalablari siz ishga borish taraddudiga qancha kam vaqt ajratsangiz, shuncha koʻp hotirjam boʻlasiz. Bir oʻylab koʻring, ertalab ishga kiyiladigan kiyim yoki boshqa narsani qidirib, ishga kechikayotganingizni sezib tursangiz koʻproq asabiylashasiz. Bu esa yaqinlaringizga ham taʼsir oʻtkazmay qolmaydi. Ertalabdan oila aʼzolaringizni asablarini buzmasdan, aksincha ular bilan bir piyola choy ustida shirin suhbat qurishga nima yetsin!

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

Yotogʻingizda gimnastika qilishga oʻrganing. Qanday qilib deysizmi? Yaxshilab kerishing, belingizni bir necha marta buking, qoʻl-oyoqlaringizni tepaga koʻtarib yana pastga tushiring, eng soʻnggi bosqichda quloqlaringizni uqalang. Bundan muolajalar sizni uyqu holatidan tezda oʻzingizga kelishga, shuningdek organizmdagi qon aylanishi yaxshilanishida katta koʻmak beradi.

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

Ertalab uygʻonganingiz bilan derazani ochib, xonangizning havosini almashtiring. Bu usul ham insonni uyqusiramaslikka davʼat etadi. Yuzingizni esa sovuq suv bilan yuvishni maslahat beramiz.

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

Agar siz jamoat transportidan foydalansangiz, unda uyingizdan 30-40 daqiqa avvalroq chiqishga harakat qiling. Sababi, avtobus yoki boshqa jamoat transportlari baʼzan belgilangan vaqtdan ertaroq yoki kechroq kelishi mumkin.

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

Ishingiz orqali boyib ketishni istasangiz, ishga hammadan erta kelib, hammadan kech ketish kerak, deyishadi mashxur millionerlar. Mabodo siz bunday yoʻlni istamasangiz, ishga vaqtida kelishni oʻrganing. 

Amerikalik tadqiqotchilarning dunyo boʻylab olib borgan tadqiqotlarida, maʼlum boʻlishicha, ishga kechikuvchilar orasida yoshlar koʻpchilikni tashkil etarkan, 50 yosh va undan kattalar orasida bu holat kam uchrar ekan. Demak, yoshi ulgʻaygani sari inson oʻz ish joyiga masuliyat bilan qarar ekan.

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar