Katta tezlikda yugura oladigan eng chopagʻon hayvonlar TOP 5 taligi


Sherlar toʻdasida yemish topish boʻyicha asosiy gʻamxoʻrlikni urgʻochi sherlar oʻz boʻynilariga oladilar. Kerak boʻlib qolsa, sherlarning oʻzi ham oʻljani quvib, uni tutishga yordam berishlari mumkin. Shuni aytib, oʻtish kerakki, sherlar eng tez yuguruvchi hayvonlar ichida eng ogʻirlari hamdir.

Biq qarashda ushbu toq tuyoqli jonivor begʻam va dangasadek koʻrinishi mumkin. Ammo xavf tugʻilgan paytda yirtqichlardan qochib, qutilib qolish uchun bu hayvon tezligini oshirishi mumkin.

Mazkur antilopalar sherlarning yoqimli goʻshtidir. Shuning uchun ota tabiat ularga tez yugurish xususiyatini inʼom etgan. Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, antilopalar ogʻir sherlardan farqli oʻlaroq oʻzlarining yengil tanalari bilan uzoqroqqa yugura oladilar.

Antilopalarning bir turi boʻlgan bu oxu boshqalarga qaraganda koʻproq gepardlar hujumiga uchraydi. Chaqmoq tezligidagi bunday dushman bilan bellashishning oʻzi boʻlmaydi. Oxularning yuragi anchayin baquvvat boʻlganligi uchun ular dushmanni ancha ortda qoldirgan holda yugura oladilar.

Gepard quruqlikda yashovchi hayvonlar ichida eng tez yuguradigan hayvondir. Aslida gepard juda tez yugurgani bilan uzoq yugura olmaydi, oʻljasiga yetib olish uchun unga bir necha soniyaning oʻzi yetarlidir. Gepard uch soniya ichida 120 km/s tezlikkacha chiqa oladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



