Kit Katdan noodatiy va shirin sushilar bari

Yangi noodatiy sushi-bardagi yapon noz-neʼmatlarining bir qarashda aslidan farqi yoʻqday koʻrinadi. Lekin, ming qilsa ham uning odatiy sushilardan farq boʻlishi tabiiy. Aniqroq qilib aytganda bu yerdagi sushilar shirin desertlardir. Mazkur makonda deyarli har qanday did uchun mos boʻlgan desert topish mumkin, qovun qoqidan qilingan rollardan tortib maskarpone va oshqovoqdan boʻlgan shirinliklargacha!

Tashvishga tushmang, ekzotik desertning tashqi koʻrinishiga qaramay ularning bir donasi ham taʼmi boʻyicha suv oʻsimliklani yodingizga solmaydi.

Tashqi koʻrinish borasida noodatiylikka urgʻu berilgan shirinliklar taqdim etiluvchi Kit Kat sushi-barining ochilishiga 2016 yilning birinchi aprelidagi hazil ilhom baxsh etgan.

Kit Kat bu gʻoya bilan yapon bozoriga kirishni anchadan beri rejalashtirgan edi va buning uchun juda qulay vaqt kelganidan foydalana oldi.

Doʻkon va sushi-barga talab juda katta, shuning uchun ham uning bozori chaqqon ekanligi bilan ajralib turadi.









Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



