Kiyimlarni dazmolsiz tekislash

Hayotimizda har xil vaziyatlarga duch kelamiz. Masalan, koʻrinishimiz ayni saranjom boʻlishi kerak boʻlgan kun-u, biroq kiyimlarni dazmollashning iloji yoʻq. Bunday vaziyat kelib chiqishiga elektr toʻkining oʻchib qolishi, dazmol yoʻqligi yoki siniqligi sabab boʻlishi mumkin.

Xavotir olishga aslo oʻrin yoʻq, axir saranjom koʻrinishning boshqa usullari ham bor ekan. Bugun siz bilan ajoyib sprey retseptini boʻlishamiz. U kiyimlarni tez va dogʻlarsiz tekislay oladi.
Kerak boʻladi:
Pulverizatorli toza idish;
1 osh q.soch konditsioneri;
1 osh q. oq uksus;
2 stakan distillangan suv.

Barcha ingredientlarni istalgan ketma-ketlikda idishga solib, aralashtiriladi. Kiyimlarni tekislash uchun esa, kiyimning gʻijim qismlariga tayyor boʻlgan spreyni pulverizator yordamida sepiladi. Keyin qoʻl bilan kiyimni yozib, ilgichga ilib qoʻyamiz. Kiyim toʻliq tekislanguniga qadar boshqa ishlaringiz bilan shugʻullanib tursangiz boʻladi.

Natijani esa oʻzingiz koʻrishingiz mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



