Oshxona

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Biz esa sizlarga shashlik pishirishni yengillashtiruvchi va yanada yoqimliroq mashgʻulotga aylantiruvchi turli vositalar hamda usullar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlanganmiz.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Tinmay tutunyutib, oʻzining hushchaqchaq doʻstlari davrasidan uzoqlashib ketgancha goʻshtningbir maromda pishirilishini diqqat bilan nazorat qilish joniga tekkanlar uchun mustaqil ravishda aylanadigan sixlar va elektr motoriga ega boʻlgan butun boshli qoʻralar oʻylab topilgan. Sixlar ihcham, yengil va bir necha soat tinmay aylantirishga yetadigan batareykali elektr motor yordami bilan ishlaydi.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Elektr motorli qoʻrani sotib olish yoki xatto eski shashlik qoʻrasi, velosipedning yulduzchalari va motosikl zanjiridan foydalangan holda oʻz qoʻllaringiz bilan ham tayyorlashingiz mumkin. U oziqlanish bloki yoki oʻzgaruvchan kuchlanishdagi elektr toki tarmogʻidan ishlay oladi.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Egiluvchan sixlar goʻshtni panjarada yoki grilda tayyorlash uchun juda mos keladi. Ular kabob qoʻrasidagi joyni yaxshigina tejaydi va marinad, yaʼni ziravorli sirkamoy uchun istalgan maxsus idishga bemalol sigʻadi.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Gohida goʻsht uchun "qilichlar" yetmay qolishi mumkin. Bogʻ yoki polizda har doim bir necha shoxchalarni topib, tozalab ulardan six oʻrnida foydalansa boʻladi. Biroq, ular shashlik ogʻirlig ibilan egilib ketsa, yoki bu "sixlar" oʻzidan yelim ajratsa-chi? 

Maʼlum boʻlishicha, sushi taomi uchun tayoqchalar kabi alohida qadoqlangan bir marta ishlatiladigan yogʻochli sixlar mavjud ekan. Ular ekologik sixlar boʻlib, qayin daraxtidan tayyorlanadi - demak, yuqori haroratni koʻtara oladi va taomni ularning oʻzida dasturxonga bemalol tortsa boʻladi, chunki sixdan kuyib qolish ehtimoli umuman yoʻq. 

Bundan tashqari, yogʻochli sixlarni ovqatlangandan keyin uyga olib ketish va yuvishning zarurati ham mavjud emas: ular yoqib yuborilishi yoki tabiy usulda tez chirib ketish xususiyatiga egaligi uchun qoʻrqmay yerda qoldirib ketsa boʻladi. 

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Bu moslama shashlikni chala pishirilishi yoki qovurilgan goʻsht boʻlagini qotirib yuborishning oldini olishga yordam beradi.Datchiklar sanchqi va qisqichlarning dastaklariga oʻrnatilgan: goʻshtga tekkan paytida ular boʻlak ichidagi haroratni va toʻliq tayyor boʻlishi uchun qancha vaqt qolganini aniqlaydi, shuningdek sular toʻgʻrisidagi maʼlumotni kichik ekranda koʻrsatib beradi.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Qovurish darajasinibetinim kuzatish uchun bitta yoki bir necha goʻsht boʻlaklari uchun moʻljallangan moslamalar ham mavjud. 

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Choʻplar toʻplamiga ega boʻlgan bu aqlli datchik vaqtingizni tejaydi: har bir goʻsht boʻlagi kerakli tarzda qovurilishini nazorat qilib, hammasi tayyor boʻlganidan keyin shundan darak beruvchi tovush taratib signal hosil qiladi.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Shashlikning tuziniva qalampir meʼyorini yetiltirish paytida qoʻllarni ochiq alangadan himoyalash uchun uzunlashtirilgan dastaklardagi ziravorlarga moʻljallangan maxsus idishlar yordam beradi. Mana buni haqiqiy beminnat dastyor tayoqcha deya atash mumkin.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Tabiiyki, mazaxoʻr shinavandalarni himolay tuzining plitkasi qiziqtirsa kerak. Unda istalgan turdagi goʻsht va baliqni qovurish mumkin. Bu taomga nozik taʼm va muattar hidbaxsh etadi. Biroq, bildirilgan fikrlarga koʻra, unda tayyorlangan savzavotlar oʻta shoʻr boʻlib ketadi.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Panjara paranda, baliq, goʻsht boʻlaklari va shunchaki koʻp miqdordagi goʻshtni tayyorlash uchun asqotadi. Ular choʻyandan,  zanglamas poʻlat yoki temirdan tayyorlangan boʻlishi mumkin. Choʻyan oʻta mustahkam boʻlib, uzoq muddat xizmat qiladi, issiqni yaxshi saqlaydi (shu tufayli goʻsht boʻlaklari uchun aʼlo darajadagi tanlovdir), biroq ogʻir va qimmat sanaladi. 

Temir esa zanglab ketmasligi uchun doim oʻziga alohida eʼtiborni talab qiladi. Shuning uchun ham nikellangan yuzali zanglamas poʻlat - eng keng tarqalgan va arzon materialdir. Panjarani tanlashda uning shakliga, asoslari va qizib ketmaydigan dastagining bor yoki yoʻq ekanligiga eʼtiboringizni qarating.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Oʻt oldirish uchun hozirgi paytda suyuqliklar, gellar, briketlar, uzoq yonuvchi gugurtlar kabi turli koʻrinishdagi vositalar sotilyapti. Ular anʼanaviy gazetalar, payraha va yogʻoch qipigi oʻrnini bosish uchun xizmat qiladi. Taomni buzib qoʻymaslik maqsadida ular orasidan zaharli boʻlmagan va dudlamaydiganlarini tanlab oling. 

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Tutantiriq uchun suyuqliklardan foydalanishni istamaganlar uchun esa koʻmirlarni oʻt oldirish uchun xavfsiz fen ixtiro qilingan. U qizdirilgan havo oqimini yoʻnaltirib koʻmirni alangalantiradi.

Tajribali qoʻrachi kabobpazning aslahaxonasida maxsus kurakcha, sanchqilar, qisqichlar va yogʻ surtish yoki ortiqcha yogʻni bartaraf qilish uchun popukcha ham topiladi. Biroq, unga goʻsht uchun tamgʻa sovgʻa qilsangiz, uni albatta hayratda qoldirishingiz mumkin. 

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Bu tamgʻayordamida oshpaz goʻsht boʻlagida oʻz yaqinlariga begʻaraz hazilona ibora, tugʻilgan kun aybdori uchun tabrik yoki oʻzining "dastxatini"  qoldirishi mumkin.Qoʻra uchun yogʻoch dastakli shinam temir kosov koʻmir boʻlaklarini bir tekis yonishi uchun surishga yordam beradi.

Ob-havo birdan oʻzgarib qolganda qoʻra uchunsoyabon sizni ham, taomlaringizni ham maydalab yogʻadigan yomgʻirdan qutqaradi. Qaytarma stolcha maxsulotlarning olovdagi pishirish jarayoni va undan muvaffaqiyatlioʻtgandan keyin ham juda foydalidir. 

Oʻtinlar uchun taglik esa sarishtalikni sevuvchi  insonlarni juda xursand qiladi. Buning ustiga ushbu zamonaviy jihoz moʻrchadaham, uyning ichidagi kaminning oldida ham asqotadi.

Agar bolalaringiz taomni kutgan paytda biroz qorni ochib qolsa popkorn tayyorlash uchun idish sizga yordam berishi mumkin. Bir shingil joʻxori yoki qoʻrada pishirilgan bodroqni tatib koʻrishdan kattalar ham bosh tormaydi - ochiq havoda esa ishtaha tez uygʻonadi.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Qoʻraga Markaziy Osiyodagi ommabop tovani qoʻyib, uning oʻziga xos shakli xisobiga koʻp jarkop,goʻsht yoki sabzavotlardan ragu tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun eng mos keladigani – choʻyan tovadir. Uning tubini agʻdarib kulcha yoki lavash pishirishingiz ham mumkin. Yangi pishiriq esa sayringizdagi tanovulni yanada jozibaliroq qiladi.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

 

Tutunda dulangan goʻshtni yoqtirasizmi? Unday boʻlsa uni panjaraning oʻzida zar qogʻozdan yasalgan bir martalik dudlagich yordamida tayyorlash moslamasi yoki qoʻshimcha panjara bilan qopqoqli qoʻra sotib olish mumkin.

Dudlovchi qurilma yuqori texnologiya ixlosmandlarining koʻnglidan joy topishi aniq,albatta -  u tayyor taomga tansiq mazaberadi va taom tortilishini xaqiqiy tomoshaga aylantirib yuboradi.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Kuyib yopishgan yogʻ, qurum va kuldan qutilish uchun metal, plastik tukchali qirgʻich, qulayxokandoz va oddiy idish yuvish vositasi yordam beradi. Panjara bilan sixlarni yuvishni uzoqqa choʻzmang - ular hali issiqligida tozalikka erishish ancha oson kechadi. Agar natija sizni qoniqtirmasa, plita va duxovkalarni tozalash vositasidan foydalanib koʻring.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...

Inson tasavvuri doirasining xaqiqatdan ham cheki yoʻq. Bunga yana bir bor amin boʻlish uchun gʻaroyib qoʻralar suratlariga bir qarang.

Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...
Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...
Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...
Koʻmir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar