Kundalik hayotda qoʻl keluvchi foydali “ayyorlik”lar

Dunyoning turli burchaklarida faoliyat olib boruvchi dizaynerlar har yili inson hayotini yengillashtirishga moʻljallangan minglab vosita va usullarni yaratishadi. Bu oshxona gadjetlari ham, maishiy devayslar ham boʻlishi mumkin. Ammo qoʻlingiz ostida zamonaviy vositalar boʻlishiga qaramay, har ishga idrok bilan yondoshmas ekansiz, ularning keragi boʻlmay qoladi.

Biror texnika vositasi uchun sotib olgan batareyangiz oʻrnatilishi kerak boʻlgan joyga toʻgʻri kelmasa va kichikroq boʻlsa, uning ikki tomoniga folga qogʻozidan oʻrab ishlatishingiz mumkin.

Bindur “quloqcha”laridana klaviaturani biroz koʻtarish uchun foydalansa boʻladi. Bunday balandlikdagi klaviturada ishlash ham qulay boʻlib, qoʻllaringiz bir pasda charchab qolmaydi.

Poyabzalda yigʻilib qoladigan noxush hidni oddiy choy paketlari yordamida yoʻqota olasiz. Har kuni kechurun oyoq kiyimi ichiga poy paketlarini solib qoʻying. U barcha yoqimsiz hidni oʻziga singdirib oladi va poyabzalingiz musaffo hamda yoqimli hid taratadi.

Tuxumni dum-dumaloq holatda qovurish uchun katta piyozni kesib, uning bir dona halqasini tova ustiga qoʻyasiz va ichiga tuxum chaqasiz.Tuxum juda chiroyli va ishtahali boʻlib pishadi.

Tuxumlar uchun moʻljalangan karton boʻlaklarini noutbukni qoʻyish uchun ishlatsangiz boʻladi. Bunday ayyorlik noutbukning pastki qismida ham havo aylanishini taʼminlab, qizib ketishining oldini oladi.


Skotchning uchini qidirib, vaqt sarf etib yurishni istamasangiz, uni ishlatib boʻlgach, uchiga skrepka yopishtirib qoʻying.

Telefon dinamigini kuchaytirish uchun oʻzingiz yasagan vositalardan ham foydalaningiz mumkin. Buning uchun karton naycha va ikkita stakan kerak boʻladi holos.

Mashinalar bir-biriga yaqin turgan tor joyga kirishingiz kerak boʻlsa, mashinaning orqa tomoni bilan harakatlanganingiz maʼqul. Bunday usul bilan yoningizdagi mashinalarga zarar yetkazmagan holda avtoulovni oʻz oʻrniga toʻxtata olasiz.

Tish pastasi – faralarni tozalash uchun moʻljallangan eng qimmat vositalarni ham ortda qoldira oladi. Yumshoq mato bilan ozroq tish pastasini faralar ustiga surting va bir necha daqiqaga qoldirib qoʻying. Soʻng suv va quruq latta bilan yaxshilab tozalab olasiz.

Tajribali uy bekalari sut yoki boshqa turdagi suyuqlikning toshib ketmasligi uchun qozon yoki kastyulka ustiga yogʻoch qoshiq joylab qoʻyishadi. Bunday usul bilan suyuqlik toshib ketmaydi, pechkangiz ham toza turadi.

Shisha butilkalar ichidagi ichimlikni tez fursat ichida sovitishingiz kerak boʻlsa, biror turdagi matoni namlab oling va idish atrofiga oʻrab, sovutgichga qoʻying. Bunday usul uning tezroq sovishiga yordam beradi.

Oddiygina pul rezinkasini avtomobildagi ventilyator panjarasiga oʻtkazib, mayda buyumlarni unga biriktirib qoʻya olasiz.

Telefon ekranidagi mayda tirnalishlarni oddiygina tish pastasi yoʻqota oladi. Buning uchun ekran yuzasiga pastadan surib, yumshoq mato yordamida ehtiyotkorlik bilan artib olish kerak.

Oddiy ichimliklar qopqogʻi idishining oʻrtasidan kesib, undan telefon tutqichi sifatida foydalansa boʻladi. Bu sevimli film va seriallaringizni koʻrish paytida juda asqotadi.

Tova va qozon qopqoqlarini shkaflar eshigiga oʻrnatib chiqsangiz, ularni izlab topishga ham alohida vaqt sarf etib yurmaysiz. Buning uchun shkaf eshigiga bir nechta tutqichlar oʻrnatib qoʻysangiz kifoya.

Bir martalik stakanni ikkiga boʻlib, noutbuk dinamigini anchagina balanroq qilsa boʻladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



