Masonlarning teskari minorasi: ilohiy quduq

Oʻtgan asrning boshlarida Portugaliyaning Sintra munitsipaliteti tomonidan qurilgan, Kinta-da-Regaleyra (Quinta da Regaleira) saroy-park kompleksining yer osti sirli tunellar tizimi, goʻyoki ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi yoʻlga oʻxshaydi.

Ilohiy quduq markaziy imorat hisoblanadi. Unga kirish yarimsoyalar dunyosi vakillari boʻlgan xtonik penumbra qoʻriqchilari tomonidan qoʻriqlanadi.

Afsonaga qaraganda, 27 metr chuqurlikka ega boʻlgan va koʻrinishi bilan teskari minorani eslatadigan sirli quduqda, masonlar bildirish marosimlarini oʻtkazishgan. Bunday marosimlar anʼanaga binoan, oʻraning tubida, sakkiz qirrali yulduz surati tasvirlangan joyda oʻtqazilgan. Quduqqa tiralgan, mox oʻsib ketgan gʻalati suyanchiqli aylanma zinapoyalar jannat va doʻzax aylanalarini bildiradi – yoʻnalish harakatiga qarab. Sirli quduqdan chiqish yer osti tuneliga olib boradigan tosh eshik orqalidir.

Ushbu quduq, Portugaliyaning Sintra shahridagi Kinta-da-Regaleyra hududida joylashgan. Inson qoʻli bilan yaratilgan bu ajoyib quduq, oʻz nomini unda oʻtqaziladigan masonlar marosimlari tufayli olgan.

U oʻzida togʻ ichkarisiga kirib ketadigan 27 metrlik spiral zinapoyalarni mujassam etgan. Zinaning har xil tosh kolonnalar ushlab turuvchi 10 ta qavati bor.

Ushbu qavatlar, Dante tasvirlagandek, doʻzaxning 10 aylanasini, daraning 10 aylanasi va jannatning 10 aylanasini bildiradi. Har bir kesimda 15 tadan zinapoya bor.

Quduqning oʻzi ikki qaramaqarshiliklar asosiga qurilgan, bular osmon va yer, jannat – doʻzax, bu dunyo va narigi dunyo.

Odam quduqqa tushayotganida xuddi oʻzligini anglash uchun turli marosimlardan oʻtayotganday boʻladi.

Qanchalik chuqur tushilsa, shunchalik qorongʻulashadi.

Bu esa templier ritsarlari kresti ustiga chizilgan quduqdagi kompas va u har doim sharqni koʻrsatib turadi. Bu, inson nurga intilmoqda degan maʼnoni anglatadi.
Qorongʻulikda biroz aylanib, yana yorugʻlikka chiqamiz.
Quduqqa kirish narigi dunyo qoʻriqchilari tomonidan himoyalanadi.
Quduqqa kirish joyining toʻgʻrisida “Ilohiy terassa” joylashgan. Uni zikkuratti-minoralari himoya qiladi. Bu ziyoratgohlardir, koʻrinishi bilan yuqori qismida kesilgan piramidalarni eslatadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



