Oshxona

Matolardagi turli dogʻlarni oqartirishning samarali usullari

Matolardagi turli dogʻlarni oqartirishning samarali usullari

Yomgʻirdan soʻng sayrga chiqqan farzandingiz, shimining tizzasini kir qilib qaytsa, mana bu retsept yordamida matodagi dogʻni ketkazish mumkin. 1 litr suvga 1 oshqoshiq nashatir spirtini aralashtirasiz. Aralashmani shim tizzasining kir boʻlgan joyiga shimdirib, ustidan choʻtkada ishqalaysiz. Soʻng shu qismining oʻzinigina suvda chayib olsangiz, kifoya.

Maktab formasidagi ruchka siyohining dogʻi kir yuvish kukunlarini “pisand” qilmaydi. Hatto eng soʻnggi rusumdagi kir yuvish mashinasi ham bu muammoni  mustaqil hal eta olishi qiyin. Xoʻsh, nima qilinadi?

Paxta boʻlagiga spirtni tomizib, siyoh ustidan 2-3 soniya bosib turing. Soʻngra asta ishqalang. Oddiysi ish bermasa, nashatir spirtidan foydalanib koʻring.

Matolardagi turli dogʻlarni oqartirishning samarali usullari

Kiyimdagi ovqat yogʻidan halos boʻlishning bir qancha sinalgan usullari bor. Mana, ularning ayrimlari:

-yangi paydo boʻlgan yogʻ dogʻini quruq salfetkaga shimdirib olish mumkin. Buning uchun kiyimning ikki tarafiga quruq salfetka qoʻyilib, ustidan dazmol bosiladi. Dogʻ yangiligida salfetkaga oson singadi;

-eski dogʻni tozalashda esa spirt eritmasi bilan ishlov berish usulidan foydalanib koʻrish mumkin. Bunda 1 stakan suvga 2 oshqoshiq spirt aralashtiriladi.

Matolardagi turli dogʻlarni oqartirishning samarali usullari

Kofta yo koʻylagingizga lab boʻyogʻi yohud tonal krem tegib ketsa, aslo ishqalamang. Pardoz vositasi matoga yanada chuqurroq singib qoladi. Yaxshisi, bunday qiling:

-dogʻ ustiga quruq salfetka qoʻying. Orqa tarafidan esa spirt eritmasi bilan artib oling. Pardoz vositasining izi qolmagach, toza suvda chayib olasiz;

-bir martaik urinish ish bermasa, ishlatilmaydigan tish choʻtkasini kir sovuniga botirib, dogʻ ustidan yurgizing.

Matolardagi turli dogʻlarni oqartirishning samarali usullari

Tirnogʻingizni boyayotib, behosdan koʻylagingizga lak tegib ketdi, endi nima qilasiz? Ahir boʻyoqning tezda qurib qolishi bor. Maslahatimiz, quyidagi usulni sinab koʻring:

Dogʻ ustiga qogʻoz salfetkani qoʻyib, orqa tarafidan spirt yoki atseton bilan arting. Soʻng lak tekkan matoni ikki-uch soatga iliq suvga boʻktirib qoʻying.

Matolardagi turli dogʻlarni oqartirishning samarali usullari

Turlariga koʻra farqlangani bois kiyimga toʻkilgan meva sharbati bir qancha usullar yordamida tozalanadi. Xususan:

-paxta boʻlagini sirkada namlab, dogʻ ustidan yurgizing. Soʻng sovuq suvda chayib oling;

-yangi hosil boʻlgan meva sharbati ustidan osh tuzi sepib qoʻyiladi. Tuz suyuqlikni oʻziga shimib olgach, issiq suvda kiyim chayib olinsa, kifoya. Dogʻdan asar ham qolmaydi.

Matolardagi turli dogʻlarni oqartirishning samarali usullari

Bexosdan qoʻlingizni kesib olsangiz, birinchi qiladigan ishingiz barmoqdan oqayotgan qonni qanday qilib boʻlsa ham toʻxtashishdan iborat boʻladi, shundaymi? Ammo bunda koʻylak yengi yoki boshqa biror qismiga qon tegishi mumkin. Yoki bolaning burni qonadi, deylik. Vannaxonaga yetib borguniga qadar koʻylagining old qismi dogʻ boʻladi. Qon yuqini tozalash uchun nashatir spirtidan foydalanasiz. Dogʻni spirt bilan artib, 15 daqiqaga qoldirasiz. Soʻng kir sovunida ishqalab yuvib olinsa, kifoya.

Matolardagi turli dogʻlarni oqartirishning samarali usullari

Mazali shirinliklarning yuqi osongina tozalanmasligi mumkin, agar vaqtida chorasi koʻrilmasa. Xoʻsh, nima qilamiz?

-yangi hosil boʻlgan shokolad dogʻi ustidan mayda osh tuzi sepib qoʻyilsa, dogʻ matoga singmaydi;

Eski shokolad dogʻini esa 1 stakan suvga sirka yoki nashatir spirtini aralashtirib, libosni tozalash mumkin.

Matolardagi turli dogʻlarni oqartirishning samarali usullari

Ayrim antiperspirantlar kiyimda dogʻ qoldirmaydi. Biroq hammasi ham emas. Libosdagi ter dogʻi sargʻimtir koʻrinishda boʻlsa, albatta uni tozalash kerak. Bunda sizga quyidagi usullar kor qiladi:

-  1 oshqoshiq idish yuvish gelini 3 osh qoshiq perekis vodorodi va 2 oshqoshiq isteʼmol sodasi bilan aralashtiring. Tayyoraralashmani ter dogʻidan sargʻaygan kiyimga surtib, 15 daqiqaga qoldiring. Soʻng iliq suvda chayib olasiz. Shuningdek, sirkaga ozroq iliq suvni aralashtirib, u bilan sargʻaygan matoni oqartirish mumkin. 

Matolardagi turli dogʻlarni oqartirishning samarali usullari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar