Moda: Qomatni hunuk koʻrsatuvchi 7 libos

Kalta bichimdagi shimlar bugungi kunda yetarlicha urfga kirib boʻldi. Ammo ushbu shimning barchaga ham yarashmasligini alohida taʼkidlash kerak. Agar boʻyingiz pastroq boʻlsa kalta shim sizni aslidan koʻra semizroq koʻrsatishi mumkin.
Yechim:
Agar qulay libos kiyishni istasangiz, odatiy uzunlikdagi shim tanlaganingiz maʼqul. Agar maksimal darajada zamonaviy koʻrinmoqchi boʻlsangiz, hech qachon kalta bichimdagi shim harid qila koʻrmang. Unutmangki, uzun bichimdagi shim qomatni ham chiroyli qilib koʻrsatadi.

Bu kabi liboslar orasida koʻproq old qismi kalta, orqa qismi uzun liboslar uchrab turadi. Bir qarashda ular sizga yoqishi mumkin. Ammo assimetrik etakka ega boʻlgan koʻylak va yubkalar aslida oyoqlarni kalta koʻrsatadi.
Yechim:
Boʻyi oʻrtacha uzunlikka ega boʻlgan qizlar bu kabi bichimlardan butunlay voz kechganlari maʼqul. Odatiy va tekis etak qismiga ega boʻlgan koʻylakdan yaxshisi yoʻq, ishonavering.

Bebi-doll koʻylagi 12 yoshli qizaloqlarga juda yarashishi mumkin, ammo yoshingiz bundan kattaroq boʻlsa ushbu bichim sizga aslo toʻgʻri kelmaydi. U qomatni semiz koʻrsatish bilan birga kulguli koʻrinishga sabab boʻladi.
Yechim:
Yoshroq, shu bilan birga chiroyli koʻrinishni istasangiz, kalta bichimga ega boʻlsa ham, klassik uslubdagi koʻylakni tanlang. Aks holda oyoqlaringiz aslidan kaltaroq koʻrinib qolishi aniq.

Bu kabi koʻylaklar bel sohasiga urgʻu berib turishi rost, ammo qorin qismini semiz koʻrsatadi va mukammal qomat sohibalariga ham mutlaqo yarashmaydi.
Yechim:
Obraz yaratish davomida bel sohasiga urgʻu berishni istasangiz, koʻylakka kichik belbogʻ ilova qilish mumkin. Qorin sohasidagi muammolarni berkitish uchun esa bel qismi biroz yuqoriroqda boʻlgan koʻylaklar mos keladi.

Bu kabi fason qomatingizni haddan tashqari hunuk va boʻyingizni past qilib koʻrsatishi mumkin. Agar palto sifatsiz matosidan tikilgan boʻlsa, muammo ikki karra ortishi aniq.
Yechim:
Ushbu modelga imkon qadar ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻling. Agar yopinchiq uslubidagi palto harid qilmoqchi boʻlsangiz, yumshoqroq matodan tikilganini tanlang.

Vodolazka - garderobning asosiy elementlaridan biri sanalsa ham, notoʻgʻri tanlanganda bir qator muammolarga sabab boʻlishi mumkin. U odatda boʻyin qismini kaltaroq koʻrsatib, qomatdagi kamchiliklarni yaqqol namoyon qilib qoʻyadi.
Yechim:
Agar bu turdagi libos yengi kaltaroq boʻlsa, undan mutlaqo voz keching. Qomatingizning toʻlaroq ekanligini berkitmoqchi boʻlsangiz, neytral ranglarga diqqat qaratish kerak.
Bu kabi koʻylaklar har qanday qomat sohibalarini semizroq qilib koʻrsatadi. Agar koʻylak qattiqroq matodan tikilgan boʻlsa, qomatingiz ikki karra hunukroq koʻrinishi ham bor gap.
Yechim:
Koʻylak tanlash davomida bel qismi biroz torroq, etak qismi kengroq liboslarga diqqat qaratgan maʼqul. Bunday koʻylak oʻta chiroyli, nafis va tabiiy koʻrinish hosil qiladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



