Foydali

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Bugun buni ishonarsiz maʼlumot sifatida qabul qilishingiz mumkin, ammo 1981 yilda Diana Charlzga turmushga chiqmaguniga qadar u haqfida biroz eshitmagan ham. Tabiatan uyatchang, maktab imtihonlarida hamisha past baho oluvchi, kollejda bir semestrgina oʻqishning uddasidan chiqqan bu qiz shahzodaga turmushga chiqmagan holatida oʻta mashhur boʻlib ketishi ham dargumon edi. Ayrim tarixchilarning aytishlaricha, Diana oila qurguniga qadar oʻta boy sharoitda yashamagan. Britaniya qonunlariga koʻra, perlik unvoni (shu jumladan graf Spenser unvoni ham) barcha mulklar bilan birga faqatgina ota avloddan oʻtib keladi. Diananing bitta ukasi va ikkita katta opasi boʻlgan. Ukasi Charlz barcha merosga ega chiqqan, opalari yaxshi insonlar bilan turmush qurib ketishgan. Boʻlgʻusi malikaning taqdiri esa anchagina kamtarona boʻlishi ham mumkin edi.

Diana Uels shahzodasining sevgan qizi sifatida rasmiy eʼlon qilingan yili u Londonda yashardi. Avvaliga onasi bilan birga hayot kechirgan boʻlsa, keyinchalik 18 yoshlik tugʻilgan kuniga sovgʻa qilingan uyga koʻchib oʻtdi. Qiz oliy maʼlumotga ega boʻlolmagan, shu sababli ham tuzukroq ish topishi muammo boʻlgan. Oqibatda oʻzining opasi va ayrim doʻstlarining uylarini yigʻishtirib yurgan, bazmlar tashkil qilishga yordamlashgan, oʻsmirlar uchun raqs murabbiyi, Robertsonlar oilasida enaga, oʻqituvchi yordamchisi va bogʻchada tarbiyachi yordamchisi boʻlib ham ishlagan. Diana Spenser va shahzoda ilk bor uchrashgan paytlarda qiz ushbu joylarning barchasida faoliyat olib borgandi. 

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Munosabatlar ketma-ketligi Jeyn Ostinning klassik romanlaridagi kabi koʻrinish olib bordi: Diana kerakli joylarda va kerakli paytlarda koʻzga tashlanishni boshladi. Saroy ahli shahzoda uchun kelin qidirish ishlari bilan band boʻlgan paytda bu juda ham muddao ish edi. Diananing buvisi qirolichaga yaqin inson ekanligini hisobga olib, shuningdek, ularning vatanlari deyarli bir yer ekanligi, Spenserlar va qirolliklarning Korfolkdagi rezdentsiyasi qoʻshni ekanligini inobatga olingancha barchasini uyushtirish ham, amalga oshirish ham juda oson boʻlardi.

Charlz qizning kamtar va oʻta taʼsirchan ekanligini bilardi, ammo  munosabatlarni yanada rivojlantirish haqida oʻylab koʻrmagandi. Uylanish esa fikri hayolida ham boʻlmagan. Biroq shahzoda oʻzi uchun munosib yor topdi qabilidagi shov-shuvlar jurnalistlar tomonidan tobora avj oldirilardi. Diana va Charlz munosabatlari OAVning asosiy mavzularidan biriga aylandi.

Ushbu vaziyatga Konsort shahzoda Filipp nuqta qoʻyib berdi. Ota va oʻgʻil oʻrtasida insoniy  hamda samimiy munosabatlar, sirdoshlik muhiti hukmron edi. Shu sababli Edinburg gertsogi oʻgʻliga qizning pok nomini haqiqiy erkaklar kabi saqlash talab qilingan maktub yoʻlladi.

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Shahzoda Charlz otasidan kelgan bu maktubni buyruq oʻrnida qabul qildi. U Diananing qoʻlini soʻradi. Aslida Diana bu paytlarda shahzodani bir necha oylik tanishi sifatida bilar, uni yaxshiroq tanimasdi ham. Ammo shunga qarmasdan shahzodaning taklifini qabul qildi. Rasmiy suhbatlarning birida esa shahzoda "Diana unga hamisha suyanishga tayyor boʻlganidan" oʻzi ham shod boʻlganini aytgan. Ammo bushodlik emas, kutilmagan baxtsizlik ekanligi bir necha yildan keyin maʼlum boʻldi.

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Vindzorlar oilasida hattoki yaqin insonlarning dafn marosimida ham koʻz yosh toʻkish qatʼiy taʼqiqlangan. Toʻyda esa yigʻlash tasavvurga ham sigʻmaydigan hodisa. Garchi bu toʻy orzularning oxirgi bekati u va sevgan odamingdan ayrilish onlari boʻlsa ham. Charlz toʻy arafasida Kamilla Parker Boulz sababli yigʻlab olgani barchaga oshkor boʻldi.

Bu paytlarda ularning muhabbat qissasi 9 yildan beri davom etardi. Bu haqida, avval qishloqda, keyin esa Londonda yashagan Diana ham yaxshi bilardi. Kamilla va Charlz ismlari gazetalarning birinchi sahifalarida tez-tez koʻrinish berardi. 19 yoshli kelin esa boʻlgʻusi turmush oʻrtogʻi bilan 1 yildan beri tanish boʻlganiga ishonib uning 9 yillik muhabbati Kamillani ortda qoldira olaman deya oʻylaganmikin?

Toʻy oʻtdi. Charlz va Diana orasidagi intellektual hamda ruhiy boʻshliq ochiqligicha qolaverdi. Yoshlar orasidagi 13 yillik farq har narsada sezilib turardi. Diana hali bola edi,Charlz esa uning darajasiga tushishni istamasdi. Diana turmush oʻrtogʻining qiziqishlarini bilmas, uning doʻstlari bilan yaxshi aloqada ham emasdi.  Doim erining odatlarini tanqid qilib, nolishni ham qoʻymasdi. Ularning bir-birlariga aytish uchun kerakli soʻzlari yoʻq edi. Charlz Dianadan Kamillada boʻlgani kabi dil soʻzlarini tinglash qobiliyatini topa olmadi.  

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Qiziqarli fakt: Di xonimning eng sevimli asarlari Barbara Kartlendning sevgi haqidagi romanlari edi. Qiz ularni turmushga chiqishdan avval ham oʻqir, kitoblar orasidagi "Qirolning kelinchagi" asarini xush koʻrardi. Balki boʻlgʻsi malika romandagi qahramonni barcha qizlar kabi oʻz qiyofasida tasavvur qilgandir? 1993 yilda adibaning oʻzi bu haqida shunday degan: "Diana faqat men yozgan kitoblarni oʻqir edi. Tan olish kerakki, bu yaxshi tanlov emas". 

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Amerikalik Meri Robertson esa (Diana uning uyida toʻyiga qadar enaga boʻlib ishlagan) qizni hotirlar ekan, hamisha oʻzining muhabbat haqidagi kitoblari bilan chegaranalib qolgani, adabiy qiziqishlar shaydosi boʻlganini aytadi. U boʻlgʻusi malikaga The Times yoki Daily Telegraph nashrlarini ham oʻqib turish, shu orqali Charlz uchun qiziqarli insonga aylanish mumkinligini maslahat bergan ekan.

Charlzning malika Diana bilan yaxshi aloqada emasligi har bir joyda, har bir suratda sezilardi. Ana shu paytlarda Di xonim oʻzining ikkinchi katta xatosini amalga oshirdi. U erini sobiq yoriga, aniqrogʻi Kamillaga nisbatan rashk qilishni boshladi.

Bu esa shahzodaning nigohida oʻzini erga urish boʻlib koʻrindi. Diana esa buni tushuna olmas, rashk qilish uchun hamisha bahonalar izlab topar, Kamillani turli soʻzlar bilan haqorat qilardi. Diana kunlarning birida Kamillaning shahzodaga boʻlgan munosabatini qoʻriqchi itlarning holatiga qiyoslagan ekan.Tahminlarga koʻra, Di xonim nima uchun eri undan koʻra kattaroq, undan koʻra hunukroq va imkoniyati kamroq boʻlgan Kamillani yaxshi koʻrib kelganini umrining oxiriga qadar tushunmagan. 

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Diana haqidagi koʻplab hotiralarda aytilishicha u janjalkash inson edi. Bu haqida malikaning oʻzi ham 1995 yili BBC uchun bergan intervyusida tan olgan. Diana toʻydan keyin darhol homilador boʻlgandi, birinchi bor katta jandal qilgani esa homiladorlikning 3 oylik paytlarida koʻzga tashlandi.

Aytishlaricha, u boshqalarning koʻz oʻngida oʻzini zinadan pastga tashlab yuborgan ekan.

Barchasi u kutgandek boʻldi. Shahzoda Charlz shunchalar qoʻrqib ketdiki, yugurib borib uning yonida boʻlish uchun qasamlar ichdi.

Tugʻruqdan keyin esa yana eʼtibor kamligi holatidan aziyat cheka boshladi. Buni malikaning oʻzi barchaga ochiq ayta olardi. Shu sababli tushkunlik holatiga tushib, oʻziga zarar etkazish holatigacha etib bordi. Ammo bularning aksariyat qismini haqiqatdan emas, balki erining koʻrishi uchungina amalga oshirardi. BBC bilan boʻlgan suhbatda Di xonim "Qirollik oilasida tushkunlikka tushib qolgan va buni boshqalarga ham ochiq koʻrsatishga qoʻrqmagan ilk odam" ekanligini aytgan edi.

Bu kabi tomoshalar esa uni shahzodadan ham, qirollik oilasidan ham uzoqlashtirdi. 

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Tushkunlik holati bilan bir qatorda u vaqti-vaqti bilan taomlanish jarayoniga bogʻliq muammolarni boshdan kechirardi. Oʻzining tan olishicha, nikohining ilk 4 yillik paytida bulimiya kasalligidan zarar koʻrgan. Ushbu kasallik oʻz qomatidan qoniqmaslik, tushkunlik, koʻp taomlanish va asabiy buzilishlar koʻrinishida aks etadi.

Haddan tashqari koʻp taom yeyish oqibatida malika hammomga kirib olgancha sunʼiy ravishda ularni qayt qilib tashlardi.

Diana kasallik sabab bir necha bor davolandi. Ammo uning tushkunlik holatida davolash muolajalarining hech biri taʼsir qilmasdi. Biroq, Di xonimning oʻzi ham yaxshi tomonga oʻzgarishni istamasdi. Shaxsiy psixoterapevtlar va psixoanalitiklar xizmati rivojlangan mamlakatda yashasa ham ularning yordamidan foydalanishni istamadi, boshqalardan eʼtibor talab qilish  va buni oshkora koʻrsatish bilan mashhur boʻldi. Avvaliga jarayonlar qirolicha va shahzodani qoʻrqitib yuborgan boʻlsa ham, keyinchalik shok holati malikadan bezish tuygʻusi bilan almashdi.

Oqibatda, Charlz Kamillani tez-tez eslaydigan odat chiqardi. Malika esa...

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Oʻzining tarixi, ajoyib ajdodlari bilan faxrlanadigan Angliya uchun boʻlgʻusi qirolga hiyonat qilish davlatning yuziga oyoq qoʻyish bilan teng edi. Albatta, zamonaviy Vindzorlar Charlz hali qirol emasligini yaxshi anglardilar. Ammo qirollik oilasidagi erkaklar hiyonat qilsalar ham, ularning rafiqalari butun umr sadoqatli va muqaddas ayol sifatida qolishlari shart edi. Diana ham buni juda yaxshi bilardi, boʻlgʻusi qirolning rafiqasi va Britaniya monarxiyasining merosxoʻrlari onasi ekanligini tushunardi. Ammo tushkunlikdagi ayol bu haqida oʻylay olmadi. Shu tariqa uning ismini ot sporti murabbiylaridan biri bilan birga tilga olishni boshladi. Uning ismi Jeyms Xyuitt boʻlib, keyinchalik malikadan foydalangani, shov-shuv koʻtarish orqali pul ishlagani maʼlum boʻlib qoldi.Ushbu insonning haqiqatan ham Diana bilan ishqiy aloqalarni yoʻlga qoʻygan yoki yoʻqligi ochiq aytilmaydi. Ammo malika bu kabi mish-mishlarning paydo boʻlishiga qaramasdan oʻzining pok nomini tiklash uchun harakat qilmagan.

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Telejurnalist Martin Beshir mashhur va katta janjallarga sabab boʻlgan intervyu paytida Dianani odamlar goʻyoki matbuotning eʼtiboriga tushish uchun harakat qilishda ayblashlarini aytib oʻtgan. Misol uchun Kovent-Garden sahnasida malika mashhur raqqos Ueyn Slip bilan birga tomosha uyushtirib, raqs tushib bergan. Ushbu chiqish shahzoda Charlz uchun uning tugʻilgan kuniga kutilmagan syurpriz boʻlgan ekan. Ammo bu chiqish uni xursand qila olmagan, aksincha matbuotning eʼtiboriga sabab boʻlib, malikaning raqqos bilan oʻynagi sabab uni ayblab tashlaganlar.

Ikkinchi bor aynan shu kabi holat Oq uyda, Diananing Jon Travolta bilan rok-n-roll raqsini ijro etishi paytida roʻy berdi. Bu jurnalistlar va davradagi insonlarning hayratiga sazovor boʻldi. Dianaga qadar hech bir qirollik oilasi aʼzosi oʻzini bu qadar erkin tutmagan, hissiyotlarini oshkor qilmagan va barchaning koʻz oʻngida raqsga tushmagan edi.

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Hattoki shaddod malika Margaret bilan ham bu kabi muammolar yuzaga kelmagan. Diana bu kabi holatlarning atay uyushtirilishi haqidagi mish-mishlarni rad qilgan, mashhur boʻlish va barchaning diqqatini tortishda ayblanganini bilmagan. Ammo avvallari kamtar boʻlgan bu qiz merosxoʻr shahzodaga turmushga chiqqan, dunyoning eng yaxshi modelerlari tomonidan yaratilgan barcha kollektsiyalarni qoʻlga kiritgandi. Shu bilan birga Elizaveta II ning shaxsiy zargarlik buyumlarini ham olishi mumkin boʻlgan. Ammo qirollik oilasi aʼzolaridan birining tadbirga qizil rangli kolgotka kiyib kelishini tasavvur qila olasizmi? Diana bu ishni osonlikcha amalga oshira oldi. Keyin esa gazetalarning birinchi sahifalarida uning ismi va suratni chop qilingan.

Matbuotning qiziqishi avj olgani sayin malika saroydagi ogʻir hayot sharoitlari haqida ochiq ayta boshladi. 1995 yilda esa shaxsiy roziligiga koʻra, uning doʻstlari biografist Endryu Morton bilan aloqaga chiqdilar. Oqibatda koʻplab janjallarga sabab boʻlgan "Diana. Uning asl hikoyasi" kitobi dunyo yuzini koʻrdi. Bu kabi kitob boshlab bergan janjalni esa Diananing BBC telekanaliga bergan intervyusi yanada avj oldirdi.

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

1995 yilning 24 noyabr kuni Diana BBC kanaliga intervyu berdi. 1 soatlik suhbat "Panorama" dasturi boshlovchisi Martin Beshir bilan boʻlib oʻtgan va katta shov-shuvga aylangan. Diana uni 15 yildan beri taʼqib qilayotgan muammolar, bulimiya kasalligi, oʻzini oʻldirish uchun koʻp bor harakat qilgani, Charlz bilan kelisha olmay qolgach, uning davrasidagilar uchun ham begona insonga aylangani, uni "dushman" deb atashlarini aytdi. Bu esa shahzodani ajrim uchun undadi.

"Kun kelib qirolicha boʻlaman deb oʻylaysizmi?" deb savol berdi boshlovchi."Yoʻq. Men insonlarning qalbidagi qirolicha boʻlishni istardim. Oʻzimni ushbu mamlakat qirolichasi sifatida koʻra olmayman. Bu mamlakatlari koʻp insonlarning mening qirolicha boʻlishimni ham istamaydilar. Koʻpchilik deganimda oʻzim tegishli boʻlgan davrani nazarda tutyapman" dedi malika.

Shuncha haqiqat oshkor qilingandan keyin suhbat soʻngida uning shahzoda bilan ajrashish niyati yoʻq ekanligi maʼlum boʻldi. Ammo vaziyat hal qilib boʻlingandi. Qirollik oilasiga nisbatan bunday munosabatda boʻlishni ona qirolicha kechirmadi. Oradan bir muddat oʻtib uni Elizaveta II huzuriga chaqirdilar, shu tariqa ajrim masalasi hal qilindi. Dianaga 17 million ingliz funti, 700 ming funtlik mulk va Kensington saroyining bir qismi, shuningdek bu yerda vorislarning onasi sifatida yashab qolish imkoniyati berildi.

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Diananing xizmatchilaridan biri malika umrining oxiriga qadar intervyuga rozilik bergani uchun afsuslangani haqida aytgan. Aslida, bu yerda boshqa tahmin ham mavjud. Diana arjim qachonlardir sodir boʻlishi yaxshi bilardi, ammo insonlarga nikohi nima uchun buzilayotganini aniq aytishni ham istagandi. Bu oʻz eri va uning oilasi tomonidan berilgan azoblar uchun olingan qasos ham edi. Ammo ushbu dasturning oqibatlari malika kutganidan ogʻirroq boʻldi. Dianadan oʻz opalari va ukasi voz kechdilar, sababi ular qirollik oilasida juda yaqin edilar. Keyinchalikni uni buvisi va onasi ham qabul qilmadi. Qarshisida ochiq boʻlgan eshiklar yopildi, hech kim malikani qoʻllab-quvvatlash evaziga qirolichaning nazaridan qolishni istamasdi. Shu tariqa uning hayoti murakkablashib ketdi.

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Diana rasmiy tarzda ajrashguniga qadar pokistonlik jarroh Xasnat Xon bilan uchrashib yurgan va uninga turmushga chiqish fikriga ham kelgan. Ammo Xon malikaning oʻta kiborli ekanligi, hashamatli hayotni yaxshi koʻrishi uchun undan uzoqlashgan.

Malika oila qurishga qaror qilgan ikkinchi inson Dodi Al-Fayed boʻlib, u Dianani sovgʻalarga koʻmib tashladi.

Dodi Al-Fayed uning orzusidagi inson emasdi, ammo uning ortida katta boylik va hashamatli hayot imkoniyati boʻlgan, bu esa malikani Qirolicha taʼsiridan qutqarish va oʻzi koʻnikkan hayot sharoitlari bilan taʼminlashi mumkin edi.

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Diananing doʻstlari u Dodini sevmagani, ammo oila qurish haqida oʻylaganini aytadilar. 1997 yilning yoz faslida Diana oʻzi bilan ikki oʻgʻlini olib, Dodi bilan taʼtilga ketadi. Shu tariqa Britaniya gazetalarida Diana, Dodi va uning oʻgʻillari surati berilgan sahifalar paydo boʻldi. Di xonim oʻgʻillarini Dodi bilan tanishtirib, ularning iliq munosabatlar oʻrnatishi uchun ham sharoit yaratgan. U oddiy ayollar kabi ikkinchi bor baxt topishga uringandi, ammo shu onlarda ham endi hech qachon oddiy ayol boʻla olmasligini tushunmasdi. U hamisha toj vorislarining onasi boʻlib qolaverardi. Charlz bilan ajrashgani esa hech narsani hal qilolmasdi. Qirolicha va saroy ahli vahimaga tushib qolishdi. Ular yosh shahzodalarning Dodi bilan tobora yaqinlashib borayotganlarini qabul qila olmadilar. 1997 yilda Dianani yangi oila qurish istagi bolalar uchun katta xavf sifatida baholandi. Barcha havotir va tashvish ichida yashardi.

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi

Diananing oʻlimi kutilmagan halokatmidi yoki uni yoʻldan olib tashlash uchun uyushtirilgan tomosha, buni hech kim bilmaydi. Ammo tan olish kerakki, uning halok boʻlishi Britaniya qirollik oilasi holatini saqlab qoldi, taxt vorislari qirolicha nazaridagi "xavfli ona" dan uzoqlashdilar. Balki bu taqdirning oʻziga hos tanlovi boʻlgandir? Yoʻqsa, hayotdan baxt topa olmagan Diananing yoʻllari Parij tunnellarining birida tugamas, azoblari ham bitmas edi...

Mukammal boʻlmagan Diana: Malikaning tarixdagi katta 7 xatosi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar