Har narsaga qodir Gollivud: o’z o’limidan keyin ham ro`l ijro etgan aktyorlar
Har narsaga qodir Gollivud: o’z o’limidan keyin ham ro`l ijro etgan aktyorlar
Shu kunlarda aktrisa Kerri Fisher yurak to’xtashi sababli o’tgan yili dekabrida qazo etib,“Star Wars” sagasinig to’qqizinchi epizododa chiqmasligi ma’lum bo’ldi. Ajablanarli xech nima yo’qdek tuyuladi, syomkalar xali boshlanganku.

Ammo bu yangilik ajablanarli bo’lib chiqdi, chunki Kerrining ukasi Todd Fisher marxuma opasining obrazini yangi kino-sur’atda ishlatilishiga roziligini bergani ma’lum bo’ldi. Lekin kinematograf tarixida bir qancha hollarda akterni kompyuter texnolohiyalari yordamida ekranda tiriltirgan edilar. Shular haqida so’z yuritishga qaror qildik.

Siz Tim Byortonning bosh rolda Djonni Depp bilan “EdVud” oskarga sazovor, biografik filmini balki ko’rgan bo’lsangiz kerak. Djonni unda, o’tgan asrning o’rtalaridagi gollivud kino arbobi, hamma xalqlar va zamonlarning eng yomon rejissyori nomini olgan,  Edvard Vud  rolini o’ynaydi. Mana buning sababi.

1959 yili Vud o’zinig eng mashhur “Ochiq kosmosdanPlan 9” (Imdb sayti reytingida 10 dan 4.0) filmi sur’atga olish jarayonida band bo’lgan. Bosh rolni Gollivud yulduzi, 1931 yilning mashhur “Drakula” filmida o’ynagan, Bela Lugoshi ijro etayotgan edi. Lugoshi kutilmaganda jon berganida endigina 10 daqiqa sur’atga olingan edi. Rejisser oldida dilemma qad ko’targandi: hammasini boshidan boshlash va afishada mashhur ismni yoqotish yoki bir nima o’ylab topib, ishni davom ettirish.

Vud ikkinchi yo’lni tanladi. Sur’atga olish maydonchasiga u dubler roliga o’z rafiqasining uqalovchisini taklif qildi.Yirik planlarda u yuzini parashyut bilan berkitar edi. Ishga arxiv materiallar ham qo’llanildi. Hattoki “Drakula” filmidan olingan materiallarni Vud o’z lentasiga yopishtirib qo’yar edi. Shunday qilib Gollivudda o’liklar ham kassa qila olishini bilishdi.

Afsonaviy Bryus Li “O’lim o’yini” filmi ustida ishlayotgan vaqtida hayotdan ko’z yumdi. Filmda u bir vaqtning o’zida ham bosh qaxromon,ham rejisser bo’lgan edi. Keng ommaga tarqalgan taxminga ko’ra u bosh og’riq qoldiruvchi dori ichgan va u bosh miya shikastlanishiga va tezkor o’limga olib kelgan.

Fojeadan so’ng bir necha yil davomida filmni qo’lbola usulda bitirishgan. Ssenariyga bosh qaxramon yuzidan o’q yeyishini kiritib,Billi Boning film boshi va oxirida o’ziga o’xshamasligini qisman qoplab berishdi.Bazilarida moliyalashtirish xattoki dublorlarga ham etmasdi, shunda Bryus Lining karton shaklini ishlatishgan edi.

XXI asrda kino studiyalarda haqiqatga yaqin effekt beruvchi maxsus effektlar paydo bo’ldi. Va shundan so’ng boshlandi: kinoda filmni sur’atga olishdan ancha oldin o’lib ketgan odamlar paydo bo’la boshladi. Masalan, Lourens Olive 2004 yili “Samoviy kapitan va kelajak dunyolari” filmida asosiy yovuzning rolini “o’ynadi”. O’zi esa bundan 15 yil ilgari olamdan o’tgan edi.

Marlon Brando esa olimidan ikki yil o’tib, “Mening supper-qaytishim” da namoyon bo’ldi, to’g’rirog’I uning kompyuter reproduksiyasi.

“Forsaj” franshizasi, Pol Uoker filmning ettinchi qismini sur’atga olishda avtohalokatda o’lganidan keyin, qaltis zonada qoldi. Haqiqatda ham, qanday qilib tez yurar mashinalarda poygalar haqida filmni, bosh qaxramon 200 km/soat yurib xalokatga uchargan va tiriklayin yonib ketganidan keyin, sur’atga olish mumkin? Ammo Universal studiyasini bu estetik aspekt xijolatga qo’ymadi.

Polning ukalari Kodi va Kalebni sur’atga olish jarayoniga jalb qilishdi. Lekin ular dubler bo’lmadilar. Uokerlar ko’proq psixologik funksiyani amalga oshirdilar. Universalda – “Ularning sur’atga olish maydonida bo’lishlari barchmizni Polni tirik deb o’ylashimizga va xis etishimizga yordam bermoqda” – deb ta'riflashdi. Rejisser Djeyms Van kinoseriyaning arxivlarini qidirib, boshqa qismlarga kirmagan Pol Uokerli sahnalarni olgan. Oltita to’liq metrajli filmlarda ancha qoralama kontent yig’ilgan ekan. WETA studiyasi raqamli maxsus effektlar bilan ta’minladi. Ular “Uzuklar hukumdori”ni Gollum uchun yaratgan. Xech nimadan xabarsiz tomoshabinlar  biron nimani payqashmadi ham.

Agarda Olive va Brandolar o’z o’limidan keyingi filmlarida xech bir kadrda to’liq bo’y basti bilan ko’rinmasalar, o’tgan yilgi “Darbadar-bir. Yulduzlar jangi:Hikoyalar” blokbasteri yaratuvchilari shunday cho’qqiga chiqdilarki, undan keyin boshqa pog’onalar bo’lmasa kerak. Bu film Oskar mukofotiga eng yaxsh vizual effektlar uchun nomzod bo’lgan edi. Ayniqsa muhim ijrochilardan biri grand-moff(gubernator) Tarkin bo’lgani uchun ham. Uni Piter Kushing trilogiyaning originalida sur’atga tushgan akter ijro etdi. Haqiqatda britaniyalik akter 1994yili vafot etgan bo’lsada, filmda u gaplashib, yurib o’zini kompyuter grafikasiekanini xech bildirmaydi.

O’z o’zidan shu kabi texnologiyalar reklamada ham aktiv qo’llaniladi.  Xozirda ko’p yillardan beri oramizda yo’q insonlar bor ko’plab roliklar chiqarilgan. Mana, masalan Bryus Li viskini reklama qiladi. Odri Xepbern esa shokolad.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook