Odamzot tarixidagi 12 eng noyob yomg’irlar
Odamzot tarixidagi 12 eng noyob yomg’irlar
Odamzot tarixidagi 12 eng noyob yomg’irlar

Uzoq vaqt yog'ingarchilik bo'lmaganda odamlarXudodan yomg'ir bilan ozuqa yuborishini so'rab yolvorishadi. Bundaular yerga yomg'ir yog'ib hosil nobud bo'lmasligini ko'zda tutadilar. Ammoaniqlanishicha yomg'ir nafaqat suvdan iborat bo'lar ekan, balki, odamlarosmondan tushishini kutmagan oziq ovqat va boshqa ob'ektlar ham bo'lishi mumkinekan.

Sizlarga tabiat qanday hazil qilishimumkinligini aytib beramiz! Bu kutilmagan yog'ngarchiliklar tarixdan o'rinegallagan. Ba'zilari tushinarli, boshqalari esa olimlar uchun hamsirligicha qolgan.

1.  Rossiya, Mesheri, 1970 yil. Qadimiytangalardan yomg'ir

O’sha kuni Rossiyaning qishloqchasidagi odamlar ustiga katta boylik yog’ilgan –mingga yaqin tangalar. Olimlar aytishicha bunday vaznni osmonga ko’tarish uchun juda katta miqdorda energiya kerak bo’lib, uni faqat tornado olib kelishi mumkin. Ammo bu kenglik uchun tornadolar umuman g’ayri oddiydir. Taxminlarning biriga ko’ra kuchli yomgir vaqtida suv xazinani yuvib chiqargan va qattiq doviluni omadli qishloq tepasiga olib kelib tashlagan. Aytganday, bundan avval 1956 yil noyabr oyida Angliyaning Xenxem shahrida qiymati 1 va 0.5 penslik yomg’iryog’ib o’tgan.

2. Serbiya, Kadja Djanovik q. 2005 yil.Qurbaqalar yomg'iri

"Minglab qurbaqalar o'sha kuni boshimizgayomg'ir bilan yog'ldi", - deb mahalliy Aleksandr Sayrikaytib bergan. Xamma osmonda sovuqqon hayvonlar qanday qilib bo'lib qolganidanhayratda edilar. Aslida esa, mutaxassislar aytishlaricha bunga kuchliuyurma sabab bo'lib, qurbaqalarni yaqinda joylashgan ko'ldan yoki birorboshqa yerdan olib kelgan deyishadi.

3. Angliya, Koventri, 2011 yil. Mevali yomg'ir

"Bu shunchalar kutilmagan va tushunarsiz hodisaligidan xamma lol bo'lib qotib qolgandi", - deydi hodisaning guvohlaridan biri. Olmalar - yengil mevalar sarasidan emas, shu sabab ular katta zarar etkazishi mumkin edi.  Baxtli tasodifga ko'ra odamlar zarar ko'rmadi, olmalar yomg'iridan bir nechta avtomobillar aziyat chekdi. Ba'zilar olma yomg'ri orasidan sabzi va kichkina karamlarni ham topib olishgan. 

4. Hindiston, Kerala, 2001 yil. Qizil (qonli) yomg'ir

Bu jala sal kam ikki oy mobaynida yog'gan bo'lib, o'zining vahimali qondek qizil rangi bilan odamlarda hodisa yomon belgini anglatayapti degan fikr uyg'otgan edi. Biroq olimlar vahimadagi aholini tinchlantirdilar va yomg'ir mahalliy lishaynik sporalari bilan shu tusga kirganini aytdilar. Aytganday, odamzot tarixida nafaqat qizil yog'ingarchiliklar balki, to'qsariq va hatto pushti rang yomg'irlar bo'lgan.

5. Avstraliya, Goulbern, 2015 yil.O'rgimcharlar yomg'iri

Juda yoqimsiz ko'rinishlardan biri. Ekologlarbu turdagi o'rgimchaklar daraxtlar ustiga chiqib olib, ushayerda parashyutga o'xshash to'rlarini to'qishini aytishmoqda. Shamolularni katta masofalarga olib o'tar ekan. Agar bir kun kelib boshingizgao'rgimchaklar yomg'iri yog'sa ajablanmang.

 6.Shotlandiya, 2011 yil. Yomgir chuvalchanglari yomg'iri

Bu yomg'ir jismoniy tarbiya mashg'ulotlarinimaydonda o'tayotgan o'quvchilar ustiga yoqqanini tasavur qiling. Devid Kraytonularning o'qituvchisi, darsni tugatib o'quvchilarni bino ichiga olib kirishgamajbur bo'lgan. Keyin esa pedagog o'z o'quvchilari bilan uzoq vaqtchuvalchanglarni ekspertizaga topshirish uchun yigishgan. 92 m radius ichida120 ta chuvalchang topilgan edi. Olimlar ulurni shamol olib kelgan deb taxminqilgan. ammo u kuni quyoshli va shamolsiz obi havo bo'lgan. Xaligacha bu hodisasabablari aniqlanmagan.

7. AQSH, Arkanzas, 2011 yil. Qorayaloqlar yomg'iri

Osmondan tusayotgan qushlar ham noyob emasekan. 2011 yili AQSH da yangi yil kechasi 4000 ta qorayaloqlar odamlar ustigatushigan va ular barchasi o'lik bo'lgan. Orintologlar bu hodisani ko'pvaqt o'rganib, qushlar yerga kelib urilishdan emas balki, qandaydir predmetbilan to'qnashgandan halok bo'lgan degan hulosaga kelgan. Ba'zi olimlar yangiyil mushakbozliklari sababchi deb ko'rsatsalar, boshqalari qushlar yomon obihavo sharoitida orientirni yo'qotib uylar va daraxtlarga urilib tushgandeydilar. Bir necha kun o'tib Shvesiyaning Falcheping shahriga o'lik zog'cha,qarg'a va zag'izg'onlardan yomg'ir yoqqan. Bu gal mahalliy aholi 10 000 o'likqush topganlar.

8. Gonduras, Yoro, har yili. Baliq yomg'iri

Gondurasda baliq yomg'iri an'anaviy va odatiyhol. Bu jarayon Yoro shahari yaqinida maydan iyulgacha yuz beradi. Buquyidagicha ko'rinishga ega: kechki soat 5-6 larda yer ustida qora bulutpaydo bo'lib, keyin momoqaldiroq boshlanib osmondan baliqlar tushishniboshlaydi. Bu tushuntirib bo'lmas jarayon gonduras folklyorida ham uchraydi.Olim Gumbold ham baliq yomg'irlari faktini ta'riflagan. Tarixda bundayhodisalar ko'p qayd etilgan.

9. Ispaniya, 1804 yil. Bug'doy yomg'iri

Bunday marhamatli yomg'irdan shunchalar xursand bo'lgan mahalliy aholi bu ishda Xudoning aralashuvi bor degan fikrga kelganlar. Biroq olimlar hayratdagi xristianlarning bu nazariyasini rad etib, bug'doy yomg'irining boshqa sababni aniqlaganlar. Bug'doy Shimoliy Afrikadagi vayron bo'lgan omborxonalarda juda kuchli shamol bilan uchirib olib kelingan ekan.

10. Rossiya, Chita, 2015 yil. Kosmik yog'ingarchilik

Yog'ingarchiliklar odamlarga nimalarni olib kelmaydi deysiz: kalamushlar, baliqlar, o'rgimchaklar... Ammo 2015 yil aprelida Chita shahri aholisiga garoyib hodisa guvohi bo'lish nasib etti. Osmondan sirli predmet tushib portlab ketti va hodisa guvohlarini vahimaga soldi. Bu kabi hodisalar tarixda tez tez uchrar ekan. Yerga o'rtacha miqdorda bunday ob'ektlardan yiliga 400 ta tushar ekan.

11. AQSH, Leykvud, 1984 yil. Urush ta'mili yomg'ir

Yerga tirik mavjudodlar va kosmik ob'ektlardan tashqari shunday kutilmagan predmetlar ham tushar ekanki, kishi lol qoladi. 1984 yili Leykvud shahrida osmondan 12 kg lik artilleriya snaryadi tushgan ekan. 1958 yili 7 fevralda ham Nepalda o'xshash hodisa yuz berib, ikkinchi jahin urushi vaqtidagi nemis snaryadi tushgan ekan. 

12. Medizalar yomg'iri

Bu kabi yomg'irlar dengiz qirg'og'idan yuzlab kilometr masofada joylashgan yerlarda ko'p yogib turar ekan. Meduzalar yomg'iri Tokio, Pekin, Irkutsk viloyati, Texas shtatida qayd etilgan ekan.

Xa, bu kabi yomg'irlar to'g'risida ob havo bashoratida ogohlantirilmaydi. Men o'rgimchaklar yomg'iri ostida qolishni istamas edim... Aminmanki dunyoda xali fantastik va g'aroyib narsalar ko'p. Agar siz garoyib yog'ingarchiliklar haqida eshtgan yoki guvohi bo'lgan bo'lsangiz, biz bilan kommentlarda o'rtoqlashing.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook