Qiziqarli ma'lumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.
Qiziqarli ma'lumotlar: Top-10: Pand bergan selfilar.
Bizning jamiyatimizni sinchikovlik bilan kuzatayotgan odamlarning ba'zilarining aytishicha, biz narsissizm davrida, ko'pchilik o'zini koinot markazidek tutayotgan vaqtda yashayapmiz. Fenomenga qaraganda "ilm odamlarining" ta'kidlariga qarshi chiqib bo'lmaydi.

Selfi 15 daqiqalik mashxurlik olish usuli bo'lgan vaqtda Endi Uorxol (Andy Warhol) ta'kidlashicha, yaqin orada hamma ko'radiganini ko'radi. Biz o'zimizni telefon kamerasi yordamida tushuradigan sur'atlar oddiy shuhratparastlikdan tashqari ko'p narsalarni ko'rsatishi mumkin, masalan, mana bu 10 ta o'xshamagan selfilardagi kabi nogah noqulay onlarni, diqqatsizlik, jinoiy hatti harakat yoki absolyut axmoqlikni tasvirga olishi mumkin. 

10. Qovoqdan skulpturalarga shikast yetkazish

10. Qovoqdan skulpturalarga shikast yetkazish

 Sur'at: John Nguyen/JNVisuals

2017 yil fevralida yaponiyalik mashxur rassom Yaoy Kusama (Yayoi Kusama) ning qovoqdan murakkab va antiqa haykali Kolumbiya okrugi, Vashingtondagi Xirshxon muzeyi (Hirshhorn Museum) da qo'yilgan bo'lib, u selfi qilishga harakat qilayotgan san'at entuziasti tomonidan shikastlangan edi. 

Bir odam platformadan oyog'i toyib yiqilib tuwgan va qovoqlardan birini shikastlagan. Qovoqlardan haykal Infinity Mirrors ko'rgazmasida qo'ilgan Kusamaning ishlaridan oltitadan biri edi. Natijada Kusama muzeyga shikastlangan qismning yetkazib berilishini tashkil qilishi kerak bo'lgan. Rassom o'zining 65 yillik karyerasini "goroshek naqshi shaxzodasi" deb nishonlamoqda. 

9. "Giperkain" ko'rgazmasining buzilishi

9. "Giperkain" ko'rgazmasining buzilishi

2017 yilnini iyulida smartfon yordamida selfi qilmoqchi bo'lgan ayol Los Anjeles, Kaliforniya shtatida The 14th Factory loyihasida taqdim qilingan skulpturalarga 200 000 AQSH dollari miqdorida ziyon yetkazdi. Gonkonglik rassom Simon Birch va boshqa uning hamkasblarning ishlari to'rtburchak postamentlarning tepasiga o'rnatilgan edi. Ularning biriga ayol suyanganida u orqaga yiqilib ketdi, shu bilan domino effektini yuzaga keltirdi. Unda har bir stend keyingisining ustiga qulab, butun qatorni yiqitgan. Har bir postament qo'shnisiga urilgan vaqtda, uning ustidagi skulptura yonidagi stend tomon uchib, polga tushardi. 

Birchning "Giperkain" nomli ko'rgazmasi rassomning o'zining va uning hamkasblari: Gabriel Chan, Yakov Blitser va Gloriya Yu larning yaratgan asari edi. Yu ning so'zlariga ko'ra: "Uchta skulptura butkul buzilgan", boshqalari esa, " turli xil darajada shikastlangan ". Los Angeles Times gazetasi jurnalisti Karolina Miranda " Giperkain"ni "ideal selfi uchun super zamonaviy atributlarining ajoyib seriyasi" deb atagan edi.

8. "Ikki Gerkules" haykali shikastlanishi

8. "Ikki Gerkules" haykali shikastlanishi

The Daily Do

2015 yili Kremona, Italiyada sayyohlar juftligi, 1700-yillar boshida yaratilgan, "Ikki Gerkules" bebeho haykaining tojini sindirib olgan. Haykalda ikkita qomatni aks ettirilgan bo'lib, ular yarimilohni taqdim etadi va uning nomi bilan atalgandir. Ularning biri oldinga qaragan, ikkinchisi esa orqa yoni bilan o'girilgan. Har bir Gerkules o'rtada turgan qalqonni ushlab turadi. Qalqonda sharni ushlab turgan qo'l tasvirlangan. Bu haykal yaratilgan vaqtdan beri Kremonada turgan edi va shaharning ramzidir.

U P'yassa-del'-Kommun (Piazza del Comune) ga shaharning darvozalaridan 1962 yili ko'chirib o'tilgan edi. Haykalning marmardan toji, sayyohlar selfi qilish uchun uning ustiga chiqishga harakat qilayotganida, tushub ketgan. Hukumat aybdorlarni topdi va xozir haykalga yetkazilgan shikastlarning miqdorini aniqlamoqdalar.

7. Timsohning og'zi

7. Timsohning og'zi

2017 yili fransiyalik sayyoh ayol Benetul'e Lezufler, 47 yosh, Tailandning Kxao Yay milliy bog'iga qilgan tashrifi davomida qilmiqchi bo'lgan selfisi uchun katta baho to'ladi. U va uning turmush o'rtog'i timsohni ko'rganlarida, u reptiliya bilan selfi qilishga turib oldi.

Lezufler atrofdagi bog'dagi mehmon sayyohlar yo'lakni tark etishi mumkin emasligi haqidagi ogohlantiruvchi belgilarga qaramay, ko'l tomon shoshildi va u yerda oyog'i toyib ketib, suvga yiqildi. Timsoh uni oyog'idan tutdi. U ikkinchi marotaba ayolga hujum qilishidan avval sayyoh ayolni nosilkalarga ortib, mahalliy kasalxonaga olib ketishdi. U yerda ayol o'z boshiga tushgan qiyinchiliklardan butunlayin tuzalib ketishi kerak edi. 

6. Ko'prikdan yiqilish

6. Ko'prikdan yiqilish

Photo credit: Nick Ares

2017 yilining 4 aprelida Sakramentolik ayol, Kaliforniya shtati, Shimoliy Oberndagi 18 metr balandlikli Forestxill ko'prigidan yiqilib tushdi. U va uning do'stlari ko'prik ostidagi ishchi ko'prildan ketayotgan edilar. Shunda ayol selfi qilmoqchi bo'lib, muvozanatni yo'qotdi va ko'prikdan pastga, so'qmoqqa yiqilib ketdi. Ko'prik ostidagi ishchi yo'l keng omma uchun yopiq bo'lib, ayol va uning hamrohlarini noqonuniy kirganliklari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin edi. Lekin, polisiya bunday aybni olinga surishdan bosh tortdi. 

"Sherif yordamchilari ko'prikdan yiqilish ayol va uning hamrohlarida kerakli taasurot qoldiradi va keyinchalik ko'prikka qaytadan noqonuniy kirishdan ularni qaytaradi", - deb ofiserlar sherifning Facebook dagi rasmiy sahifasida xabar berishdi. Biroq polisiya ofisi quyidagi ma'lumotni nashr etdi: "Yaqin masofada bo'lishingiz javobgarlikka tortilishingizga yoki hibisga olinishingizga olib keladi. Bundan tashqari siz hayotdan ayrilishingiz mumkin va yuqorida sanab o'tilganlarning xech biri selfiga arzimaydi! Ko'prik va kanyondan buning uchun maxsus ajratilgan joylardan bahra oling". Shifoxonaga yetkazilgan ayol yashab qolisa kerak. 

5. Rulda toples

5. Rulda toples

Bryan Police Department/Facebook

19 yoshlik kollej talabasi Miranda Key Rader voyaga yetmagan va alkogol mastlik holida haydagani uchun hibisga olingan. U polisiya mashinasi orqasiga urilgan. Bu hodisa u toples selfi qilishga va keyincha uni o'z boyfrendining Snapchatida nashr qilmoqchi bo'lganida yuz berdi.

Bu onda polisiyachi shu tumandagi tartibsizliklar haqidagi xabarni eshitayotgan vaqtda birdaniga tormozning ovozini eshitadi, so'ng jip poatrul mashinaga urilganini sezdi. Polisiyachi konsolda finjon ushlagichdan musallas butilkasini topgan edi. Bu hodisa 2016 yilning 27 oktyabrida yuz bergan edi. Unda Rader o'zining kampusiga qaytayotgan bo'lgan. Unga ayb qo'yilgandan so'ng, Rader o'zini tyurmadan 2000 dollar garov puli to'lab chiqarib oldi. 

4. Tok urgandan o'lim

4. Tok urgandan o'lim

2014 yili mart oyida shaxsi tasdiqlanmagan 21 yoshlik Ispaniyaning janubidagi Andujarlik kishi elektr toki urishidan o'lgan edi. U poezdga selfi qilish uchun ko'tarilgan va ochiq qolgan simga tegib ketgan edi. U va uning do'sti sim kuchlanish ostida bo'lishi mumkin emas deb o'ylagan edilar. 

Uning do'sti ham 3500 voltdan elektr shokini olgan, lekin yashab qoldi. Voqea joyiga medisina hodimlari yetib kelganlarida, 21 yoshlik kishi vafot etib bo'lgan edi. Uning hamrohi Al'to-Gvadalkvivir mahalliy shifoxonasiga og'ir ahvolda yetkazilgan edi. 

3. O'lim poezdi

3. O'lim poezdi

2014 yilning noyabrida Karla Nun'eysning qizi 12 yoshlik Sharlotta temir yo'l relslarida selfi qilayotganida poezd g'ildiraklari ostida halok bo'lgan. Keyinchalik Nun'eys Belgiya temir yo'l operatori SNCB dan xat oldi. Xatda Karla qizining amalga oshirgan harakatlari tufayli yetkazilgan zararni qoplashda javobgar ekani ko'rsatilgan edi. Nun'eysning qarzi 21 400 dollarni tashkil etgan bo'lib, bu summa temir yo'lni ta'mirlash uchun zarur. 

Nun'eys shokda edi. Uning sug'urtasi bor edi va u nima uchun SNCB sug'urta kompaniyasiga emas, balki unga hisobni yuborganini tushunmayotgan edi. Ogohlantiruv u tomonidan "bolta bilan urish" kabi qabul qilingan deb ta'minlaydi Karla va uning SNCB boshlig'i Djo Kornuning uyiga borib "kopmaniyaga o'zi nima bo'lgan undan bunday narsalarni talab qilmoqda" deb tushuntirishlar talab qilishga aqli yetgan. 

Belgiyalik deputat-sosialist, Devid Gers SNCB ning farosatsizligidan g'azabda bo'ldi. "Qanday qilib yaqinlarini yo'qotgan odamlarga bunday xatni yuborishning emosional ta'sirini bepisand qilish mumkin? - taajublandi u. -  Zararni qoplash uchun hisobni yuborish o'rniga, oz bo'lsada hamdardlik bildirish lozim". 

2. Boshga o'q uzish

2. Boshga o'q uzish

2015 yilning 21 mayida Rossiyadagi 21 yoshlik ofis hodimasi boshiga 9 mm pistoletni qo'yib, selfi olish uchun turganida u otib yuborgan. Pistolet ofis Moskvadagi ofisda ishlaydigan qorovulga tegishli edi. U pistolitni ikki fafta avval ta'tilga ketayotganda qoldirib ketgan. Pistoletni topgandan keyin, yosh ayol uni selfi uchun atribut sifatida ishlatishga qaror qildi. U o'zini bir tomondan sur'atga olmoqchi bo'lganida, nogahon pistoletning o'q otish tepkisini bosib yuborgan, bu bilan yaqin masofadan boshiga otib yubordi. Ayol oxir oqibat tirik qolgan bo'lsada, uning ahvoli Moskvadagi Sklifosofkiy nomidagi shifoxona press-kotibi ta'kidlashicha, "og'ir" deb baholangan.

Aql bovar qilib bo'lmaydi, lekin anologik insident 2016 yili Hindistonda 15 yoshlik o'spirin bola boshiga pistoletni qo'yib o'zini sur'atga olmoqchi bo'lganida yuz bergan. O'zining otasi Ramadin Singxga tegishli bo'lgan 32 kalibrli pistoletni ushlab katta opasi bilan sur'atga tushayotgan bo'lgan. O'z telefonining kamerasining tugmasini bosishning o'rniga, u bola pistoletning tepkisini bosib yuborgan. O'q uzilgan ovozini eshitgan qo'shnilar darhol o'spirin bolaning otasiga xabar berdilar. Hamda, Singx Ludxiandagi, Pendjab shtati, xususiy shifoxonaga yetkazilgan edi. Olingan jarohatlardan bola halok bo'ldi. 

1. O'zini ayblash

1. O'zini ayblash

International Business Times

Polisiya taxminiga ko'ra, 35 yoshlik Dmitriy Baksheev va uning rafiqasi 42 yoshlik Natalya, so'nggi 20 yil davomida Rossiyaning janubi g'arbidagi Krasnodarning xarbiy kazarmalarida yashashi vaqtida 30 nafar odam o'ldirganlar. 2017 yil sentyabrida yo'l xizmati hohimlari Dmitryning telefinini topib olganlar. Unda egasi ayolning chopilgan qo'li va tanasining turli bo'laklari bilan sur'atga tushgan selfilar bor edi.

Ishchilar polisiyaga murojaat qildilar. Polisiya juftlik uyini tin tuv qilib chiqdilar. Ularning kvartirasidan tana bo'laklari va odam go'shtidan tayyorlanadigan reseptlar topildi. Polisiya fikriga ko'ra, selfida olingan ayolni Dmitry uch kun avval o'ldirgan. Buning sababi ular rafiqasi ucholovi mehmondorchilik vaqtida janjallashib qolganlar.

Mahalliy axborot vositalari Dmitriyning og'zida odam qo'li bilan sur'atini chop etdilar. Juftlik kvartirasining tin tuv jarayonidalar odam tanasining tuzlangan bo'laklari, muzlatilgan go'sht va Dmitry selfi olgan aynan o'sha qo'l solingan banka topganlar. Kvartira povalida polisiya ayol tanasi qoldiqlarini topganlar. Hukumat uning o'limini tekshirmoqda. 

Oxir oqibat Dmitry ayolni o'ldirganligini tan oldi, hamda Natalya ham 1999 yildan beri u va eri birgalikda 30 ta odam o'ldirganlarini tan oldi. Ular o'z o'ljalarini, ular qarshilik ko'satish qobiliyatini yo'qotishi uchun, "Korvalol" va efir bilan mast qilganlar. So'ng, ularni o'ldirganlar. Aytishlaricha, kvartiradan narkotiklar hidi kelib turgan. Ko'rsatmalarning haqiqiy ekanini tasdiqlash uchun ularning kvartirasida tin tuv o'tkazayotib polisiya "kanniballar uchun videodarslar" va sovutgich, muzlatkich, hamda podvalda saqlanayotgan odam tanasining bo'laklarini topdilar. Qotil-kanniballarga hali hukm chiqarilgani yo'q. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook