Xozirgacha javobi topilmagan 6 ta tarixiy topilmalarning jumboqlari
Xozirgacha javobi topilmagan 6 ta tarixiy topilmalarning jumboqlari
tarixiy topilmalarning jumboqlari

Bizning sayyoramiz hayoti tarixi biz tasavvur etayotganimizdek emasligini tasdiqlovchi ko’pgina arxeologik topilmalar mavjud. Sizga xozirgi kungacha jumboqlari yechilmagan 6 ta arxeologik topilmalarni havola etamiz.

  1. Kosta-Rikaning gigant tosh sharlari

    Sirli tosh sharlari o’zining ideal dumaloq shakli va ko’rinishi hamda kelib chiqishinig sirliligi bilan ajablantiradi.

Ilk marta ular XX asrning 30-yillarida banan plantasiyalari uchun changalzorlarni tozalash vaqtida ishchilar tomonidan topilgan edi. Mahalliy rivoyatlarga ko’ra sirli tosh sharlarining ichida oltin berkitilgan bo’lishi kerak deb aytilar edi. Ko’p petrosferalar yorib tashalgan, bir qismi portlatib yuborilgan edi. Ammoular ichi bo’sh bo’lib chiqqan.

Bu petrosferalar kim tomonidan va qay maqsadda yaratilgani noma’lum. Ular samo jismlarining ramzlari yoki turli qabilalarning yerlari chegaralarini anglatgan bo’lishini taxmin qilish mumkin.

  1. Bog’dod batareykasi

Mesopotamiyalikilar elektrquvvari kashfiyotidan ancha avval undan foydalanishgan ekan. XX asrning30-yillarida Bog’dod yaqinidagi arxeologik qazilmalar vaqtida sirli artefakt topilgan bo’lib, “Bog’dod batareykasi” nomini olgan edi. U qiyidagicha ko’rinishga ega edi: 13 santimetrlik idish tepa qismidan korroziya izlari bor temir chiviq o’tkazilgan. Idish ichida misdan silindr joylashgan bo’lib, silindr ichida esa temir o’zak bo’lgan.

Topilmaning tuzilishini o’rganib chiqqan olimlar bu qadimgi batareya 1 volt kuchlanishli elektr tokini yarata olgan degan taxmin qildilar.

Taxminlarning biriga ko’ra bunday batareya oltinning galvanizasiyalash jarayonida ishlatilgan bo’lishi mumkinligini aytadi. Shu bilan birga bu kabi batareyalar yaratilish texnologiyasi nima uchun yo’qotilgani va boshqa mintaqalarda bu kabilar topilmaganligi xali ham aniqlanmagan.

Voynichning qo’lyozmasi

Voynichning manuskripti – dunyodagi eng sirli kitobdir. Uning muallifi yo’q, u noma’lumtilda yozilgan, sahifalari ham g’aroyib simvol va rasmlarga to’la.

Bu manuskriptning nostandartligi shundan iboratki u xech qaysi xarfli sistemaga o’xshamaydigan unikal alifbo ishlatilib yozilganligida. Bu tushunarsiz belgilar XX asr kriptogroglarini boshi berk ko’chaga olib kirib qo’ygan shu bilan birga bugungi kunga kelib ham rasshifrovka qilinmagan.

Inklarning oltin haykalchalari

Janubiy Amerikada topilgan oltin haykalchalar bunga ishonish qiyin bolsada tashqi ko’rinishi bilan uchar apparatlarni eslatadi. Bu haykalchalarni yaratilishida nimalar timsol bo’lib xizmat qilgani noma’lum.

1996 yili nemis aviamodelistlari Algund Enob va Peter Belting tomonlaridan amalda bu sirli hayvonlar namunasida tayyorlangan uchar apparatlar modeli to’g’risidagi gipotezani haqliligini isbot qilishgan. Ular 16 marotaba kattalashtirilgan, kolumbiyalik oltin samolyotcha deb nomlanuvchi aniq nusxalar yaratishdi. Havoga uchirish uchun modellar radioboshqaruv tizimlari va motorlar bilan jihozlangan edi.

Ikki model nafaqat havoga ko’tarila olgan, balki yuqori pilotaj figuralarini ham bajara olgan. Shu bilan birga o’chirilgan dvigatellar bilan ham juda yaxshi ucha olgan.

Genetik disk

Bu ajabtovur artefakt –genetik diskda xozirgi zamon odami faqat mikroskop ostida ko’rishi mumkin bo’lgannarsa, hodisalar va prosesslar ifoda etilgan. Diskda embrionning vujudga kelishva rivojlanish jarayoni aks ettirilganing extimoli yuqori. Shu bilan birga noma’lumshaklli odam boshining rasmi sirli tasvirlardan biridir.

Disk litid nomli mustaxkam toshdan yasalgan. O’zining butkul mustaxkamligiga qaramay tosh ko'p qatlamli strukturaga ega. Bu qadimgi artefakt mavjudligiga qaramay unga o’xshash narsa yaratish hoh amaliy, hoh nazariy jihatdan imkoni yo’qligi qayd etiladi.

Antikiter mexanizmi

Antikiter mexanizmieng qadimiy va eng mashxur hisoblash mexanizmlaridan bo’lib, o’zining murakkab konstruksiyasi bilan kompyuterning birinchi analogi bo’lgan.

Olimlar ko’p yillik tadqiqotlari asosida mexanizm Quyosh, Oy holatlarini, sayyoralarning samodagi harakatlanishi, quyosh va oy tutinishlarini bashoratini  hamda ahamiyatli hodisalar, masalan olimpiya o’yinlari kabilarni ko’rsatishini aniqlay oldilar.

Asosiy bahslar antik sivilizasiyalaritomonidan shu kabi murakkab jihozlarni Antikiter mexanizmini topishdan avval yaratishga erishib bo’lmagan degan fakt ustida olib boriladi. Olimlar bu bronzadan qilingan tishli g’ildirakchalar to’plami shunga o’xshash texnikalar turini ming yilga ilgarilab ketganini tasdiqlaydilar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook