Foydali

Nimaga inson esnaydi?

Nimaga inson esnaydi?

Inson uyqudan oldin koʻp esnaydi, bunga hech eʼtibor berganmisiz? Buning oʻziga yarasha mantiqiy izohi bor – gap shundaki, organizm shu tarzda  boʻshashadi. Aynan shuning uchun biz esnashni boshlaymiz, deyarli har 10 daqiqada. Shu asnoda organizm dam olishga, hamda uyquga, tayyorlanadi. Esnash oʻrta quloqdagi bosimni tartibga solib, uni tushib ketishi natijasida yuzaga keladigan quloq bitib qolishini bartaraf etadi. 

Esnash organizm himoya vositasi boʻlib evolutsiya natijasida yuzaga kelgan. Nafaqat odamlar, balki hayvonlar ham esnaydi. Esnash yuqumli boʻlib, miyyani qizishidan asraydi va uni salqinlanishiga yordam beradi. Bunday hulosaga AQSH va Italiya olimlari kelishgan. Ularni aniqlashicha, esnash bosh chanogʻidagi harorat koʻtarilishi natijasida yuzaga keladi. Bu jarayonni maqsadi – miyani samarali faoliyati uchun uning optimal haroratini ushlab turish. Oxirgi tadqiqotlar koʻrsatishicha esnashning yuqumliligi yil fasllariga qarab oʻzgaradi va havo haroratiga bogʻliq. Shuningdek, eng yuqumli esnash havo harorati oʻrtacha 20 gradus boʻlganda namoyon boʻladi.

Biroq hanuzgazha olimlar tomonidan keltirilgan farazlarni hech biri esnashni asl sababini ochib berolmagan!

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar