NOKIA ning 12 ta eng gʻalati telefonlari

Nokia 7600 birinchi chiqqan paytida, yaʼni 2003 yilda ilgʻor yoshlar uchun imidjli telefon tariqasida maʼlum boʻlgan. Va agar siz, bu telefon oʻzining noanʼanaviy tashqi koʻrinishi uchun muvaffaqiyatsizlikka uchragan deb oʻylagan boʻlsangiz, xato qilasiz. Xaridorlar yangi modelni juda iliq kutib olishdi va juda tez u oʻzining vafodor muxlislariga ega boʻldi qoldi. Sotuv boshida telefon 350 evro turardi.

72**qatoridagi Yoshi katta model hisoblanib, va bu qatorga shu kabi 7260 va 7270 ham kirardi, va hamma modellar “ashaddiy yigirmanchilar” ning quvnoq, ammo elegant djazz bayramlari sababli yaratilgan. Hatto bu telefondagi matoviy belgicha uning gadjet emas, asosan zamonaviy aksessuar ekanligini aytib turardi.

Telefonning turmushsiz bolasi va portativ oʻyin pristavkasi. N-Gage ni chiqarishi bilan Nokia xaridorlarning ulkan qismi – kompyuter oʻyinlarini yaxshi koʻruvchilarni oʻziga jalb qilmoqchi edi. Albatta, N-Gage da toʻliq darajada oʻyin oʻynab boʻlmasdi, lekin 2003 yilda oʻsha mavjud funksionalni borligi ortigʻi bilan yetardi. Ozgina xafa qilgan tomon shu ediki, N-Gage uchun oʻyinlar shu ketishda rus tiliga oʻgirilmay qoldi.

Bushunchaki telefon emas, balki toʻliq biznes-bogʻlovchi. Nokia 7700 elekrton pochtada toʻliq ishlash uchun SMTP, POP3 va IMAP texnologiyalarni qoʻllab quvvatlay olishi, Word matn prosessori, elektron jadvallar va taqdimot koʻra olinadigan dasturlar borligi bilan maqtanishi mumkin edi. Va yana Nokia 7700 da qoʻlyozma kiritishni taniy oladigan toʻliq sensor ekran va virtual klaviatura bor di. 2004 yil uchun bu orzu kabidek edi. Boʻlganida edi… bu shayton-mashina keragidek ishlaganida edi.

Taftishlangan, retushlangan bu tur undan oldingi model muvafaqqiyatsizlikka uchraganidan keyin, Nokia uchun nufuzlilik ishorasiga, yaʼni “biz baribir ham shu kabitelefon yarata olamiz” degandek boʻldi. Va albatta, shubhasiz, uni ishlab chiqishga sarflangan pullarning garchi oz qismini boʻlsada chiqarishga boʻlgan urunish edi. Kompaniyani oʻzi bu apparatni smartfon va aqlli telefonlar qaqarama-qarshi qilib intellifon deb atardi, qasddan aql va fikr oʻrtasidagi farqni taʼkidlab.

Mobil gadjetlarni ishlab chiqarishdagi yondoshish hammaga maʼlum boʻlib, telefonning baʼzi vazifalari va xususiyaltari avval entuziastlar uchun yaratilgan modellarda tekshirib koʻriladi, va undan keyin “katta bozor”ga chiqariladi. Va bunday odamlar uchun Nokia N93 oʻz vaqtida aynan shunaqa model boʻlib xizmat qilgan. U haqiqatdan ham oʻsha zamon uchun ajoyib boʻlgan 3.2 megapiksel kamerali va boshqa bir qator texnologiyalarni oʻz ichiga olgan, asosan video va fotosurat olishga aloqador innovatsion uskuna edi.

Aylantiraman-gʻildirataman. Nokia 3250 ajoyib “musiqiy” telefon edi, va uning taqdiri Sony Ericson “Walkman” lari bilan raqobatlashish boʻlib qoldi. Va shubhasiz biqinida joylashgan kamera – bu telefonni boshqalardan ajratib qoʻygan yaxshi tomonidan biri edi.

Telefon-buklama, lekin oddiy emas, balki QWERTY-klaviaturali. Model ayniqsa koʻproq sms yoki elektron pochta orqali gaplashadigan odamlar uchun yaratilgan.

Boshida butelefon oddiy sleyder deb tuyulishi mumkin, ammo yoʻq. Telefon uning ustki korpusini oʻngga yoki chapga qayirish orqali ochilishi mumkin edi. Bundan kelib chiqardiki, yopiq holatda telefon teskari turardi, ochiq holatda esa u normal holatga kelardi. Qiziq konstruktiv xislati shundan iborat ediki, u ikki tomonga ham ochilar edi, ammo yopilishi faqat bir tomonli edi.

Telefon haliyam 3 matn chiziqli monoxrom displeyli, lekin allaqachon butun QWERTY-klaviaturali. Ha, unda matn terish ancha rohat keltirardi. Ammo telefon qilish xususiyati, boshqa oddiy modellarga nisbatan unchalik qulay emas edi. Lekin, 2002 yil uchun anchagina noanʼanaviy koʻrinishda boʻlganiga qaramasdan, bu telefon ham oʻz xaridorlarini topgan.

Yana birzorʼ biznes-bogʻlovchi aslida eng birinchi telefonlardan biri. Yopiq holatida oddiy telefonga oʻxshash, lekin uni ochganingizda, u darhol qiziq mitti noutbukka aylanadi qoʻyadi. 2001 yil uchun rangli 640x200 nuqtali rangli display – bu haqiqiy moʻjiza edi!

Qandaydir tugmalar joylashishi standart boʻlmagan “qorinchali” telefon, asosan yoshlarga moʻljallanib chiqarilgan modeldir. Aynan shu uchun unda quvnoq rangli korpuslarva almashinuvchan panel bor edi. Boshqa tomonlama u nolinchi yillar boshidagi oddiy telefonlardan biri edi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



