NUJ, ruhlar, oʻzga sayyoraliklar: AQShdagi eng qoʻrqinchi 5 ta joy


"Chiroqlar" kitobidagi "Overluk" mehmonxonasi - faqatgina Stiven Kingning tasavvurlari mahsuli emas. Eng daxshatli romonning voqealari Denverning shimoli-gʻarbidagi Koloradoning Skalist togʻ bagʻrilarida joylashgan Stanley mehmonxonasida boʻlib oʻtgan. Bir kuni oshxona ishchilari zalda ball ovozlarini eshitishgan, lekin u yerga kirganda zal boʻsh boʻlgan.
Baʼzi mehmonxona mijozlari krovatlari yonida arvohlarni koʻrganliklarini aytishgan. Qoʻrqib ketgan mehmonlar ular bilan yuzma-yuz kelganda gʻoyib boʻlishgan. Ishchilar va mijozlar foyeda turganda zalda qayta-qayta royal musiqasini eshitishgan, lekin kirib qarashganda esa musiqa toʻxtagan va royalning oldida hech kim boʻlmagan.

Nyu-Meksikodagi Taos - Santa-Fe shimolidan 90 daqiqalik yoʻlda joylashgan. Mahalliy aholining 2 %i va shahar mehmonlari gʻalati past chastotali guvillashni eshitmaganlarida u oʻzining juda ajoyib koʻrinishi bilan mashhur boʻlar edi. Bu gʻalati tovushlarni eshitganlar uning toʻsatdan paydo boʻlishini, gumburlagan shovqinga oʻxshash matonatliligini, behudaga ishlayotgan dizel dvigatelini ovozini berishini aytishgan. Taosning gumburlagan ovozini Taosning gʻarbidagi Tres Orejasda koʻp eshitish mumkinligini bildirishgan. 1997-yilda AQSh Kongressi oʻz tadqiqotchilarini yuboradi, lekin mutaxassislar bu shovqinning kelib chiqish manbasini topa olmaydilar.

Yerdan tashqaridagi hayot signallarini kuzatib boruvchilar 51-Zona haqida biladilar. Amerikaning Nevada janubida joylashgan mashhur BBC bazasi koʻpsonli konspirologik nazariyalar bazasi vazifasini ham bajaradi, xuddi Amerika hukumati oʻzga sayyoraliklarning tashrifini berkitayotgandek. Turli xildagi farazlar mavjud - baʼzilari oʻta mantiqsiz, lekin ularning bari bir maʼnoga ega: hokimlar 51-Zonani qoʻlga olingan oʻzga sayyoraliklardan tortib olingan texnologiyalarni saqlash va qayta ishlab chiqarish, kabi.
Faqatgina 51- Zona haqida emas, Nyu-Meksikodagi Rozvell haqida ham mish-mishlar bor. Baʼzilar u yerda 1947-yilda uchar likopchaning qulab halokatga uchraganini aytadi. Zona 51 - yopiq obyekt, Rozvellga esa borish mumkin. Rozvellga yoʻl ustida Xalqaro muzey va NUJ tadqiqotchilar markaziga va Rozvell kosmik markaziga kirib chiqsangiz maqsadga muvofiq boʻlar edi (oʻzga sayyoraliklar Zonasida albatta ajoyib suratlarga tushing).

XX asrda Marfa shahrini oʻrab turuvchi togʻlarda gʻalati favqulodda hodisa yuz berdi: tunda, kutilmaganda basketbol toʻpi hajmidagi kichik daydi chiroqlarning paydo boʻlishi, shu hodisaning guvohi boʻlganlarni daxshatga solgan. Chiroqlar Yer sathidan bir necha fut balandlikda bugʻlangan, baʼzida esa ular havoga yuqoriga koʻtarilgan.
Chiroqlar juft boʻlib koʻringanida ularni avtomobil farasiga oʻxshatish mumkin edi. Lekin keyinroq ular turli tomonlarga uchib ketgan, baʼzida soatiga 100 mil tezlikda. Texasda hatto Marfa chiroqlari festivalini ham nishonlashadi ( u har yili Mehnat kuniga bagʻishlab hafta oxirlarida oʻtkaziladi).

1920-yillarda Houmstidlik (Mayami janubidan bir soatlik yoʻlda joylashgan shaharcha) Edvard Lidskalnin XX asrning eng noyob va sirli inshootlaridan birini qurdi. Marjon qasr har biri bir-biridan oshuvchi ohaktosh plitalardan qurilgan. Ulardan Stounxendj va Misr piramidalarini qurishda foydalanilgan. Lindskalnin hech qanday mashinalardan foydalanmagan: u ulkan toshlarni qanday qilib qoʻlida surgan - hali hamon sirligicha qolmoqda. Uning mexanizmini hech kim aniq bilmaydi, lekin qoʻshnilarining aytishicha, u toshlarni qandaydir yoʻl bilan koʻtarilishga majbur qilgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



