Odamlarda insoniylik va mehr tuygʻusi borligi haqida baʼzi misollar


1.Koʻp oylik daxshatli bomba yogʻdirilgandan keyin Suriyaning Aleppo shahrida uysiz och hayvonlar qolib ketdi. Bu kishi hayotini xavf ostiga qoʻyib har kuni oʻnlab mushuklarni qornini toʻygʻazadi.

2. Daniyalik koʻngilli ayol Afrikaning jarliklaridan birida ochlik va tashnalikdan oʻlayotgan ikki yoshli bolani topib oldi. Bu mintaqadagi baʼzi mamlakatlarning aholisi bolalarga yovuz ruhlar kirib olgan deb gumon qiladilar va ularni koʻchalarga haydab qoʻyib, oʻlimga mahkum etadilar. Aslida asosiy sabab – ularni boqa olmasliklaridir. Shifokorlarning aytishlaricha, agar ayol yana bir necha soatga kech qolganida, kichik bolakayning joni uzilishi turgan gap edi. U ayol bolakayni sogʻayishiga yordam berdi, keyinchalik esa uni oʻziga oʻgʻil qilib boqib oldi.

3. Bu kishi Xitoydagi festivalda yeyilishi kerak boʻlgan mingga yaqin itlarni qutqarib qoldi. Har yili shu tadbir vaqtida 10-15 ming ta itlar oʻldiriladi. Bu shunchaki “urf – odat” boʻlgani uchun.

4. Bir kishi oʻzining eski yuk tashuvchi mashinasini ichini uysizlar uchun dush qabul qiladigan xonaga aylantirdi. Har hafta muayyan bir joyga boradi, xohlaganlar kelishi mumkin, kerakli gigiyena narsalarini olishi mumkin, tekinga choʻmilish, soqol olish va sochni kaltalatishi mumkin.

5. Hayvonlarni himoya qiluvchilar tsirkda bu kasal yoʻlbarsni koʻrganlarida, qoʻrqib ketdilar! Yoʻlbars juda ham nimjon, oʻzining normal oʻgʻirligining chorak qismigina qolgan edi, terisi ham deyarli yoʻq edi. Yarim yil gʻamxoʻrlik qilingandan keyin qanday chiroyli boʻlib ketganini qarang.

6. Otasi oʻgʻli bilan birga qoʻrqinchli suv toshqini boʻlayotgan vaqtda ular boshqa odamlar bilan evakuatsiya qilinishdan voz kechib shu yerda qolishdi. Ular oʻzlarini rezina qayiqlarini olib, atrofni koʻzdan kechirib, tirik qolgan hayvonlarni qutqardilar. Ular 30 ga yaqin it va mushuklarni qutqarishga erishdilar.

7. Bu 12 – yoshli bolakay kasal bolalar uchun oʻyinchoqlar tikadi. U yiliga kasalxonadagi bolalarga 800 ga yaqin oʻyinchoqlar sovgʻa qilgan.

8. Daydi va qarovsiz bir it boʻlgan edi. U hech kimga kerakmas edi va moʻjizalar sodir boʻlishiga ishonmas edi. Biroq u yanglishgan ekan. Bir kuni it mehmonxona yonida daydib yurganida, uni styuardessa koʻrib qolib, mehr bilan silab oʻtib ketadi. Inson mehrini his qilgan kuchuk bu ayolni mehmonxonaga kiraverishda bir necha kun kutib turdi. Ayol mehmonxonadan chiqishi bilanoq it uning ketidan ergashdi, hattoki styuardessa oʻtirgan taksining ketidan ham yugirib ketdi. Keyin nima boʻlganini bilishni xohlaysizmi? Bugungi kunda oʻsha daydi it dunyoning boshqa mintaqasida oʻsha uni koʻchada tashlab keta olmagan styuardessa bilan birga yashamoqda. Ular bir – birlariga qanchalik mehribon ekanliklariga bir qarang!

9. Dunyo boksi yulduzi Menni Pakyao oʻzining gonorarini olib, kam taʼminlangan vatandoshlari filippinliklarga mingga yaqin uylar qurib berdi. Oʻzi ham past qatlamdan chiqqani uchun kambagʻallik nima ekanligini yaxshi biladi.

10. Bir koʻzli odam itlar uyidan bir koʻzli itni boqib oldi, koʻpchilik uni koʻrligi tufayli boqib olgisi kelmasdi. Hozir ular dunyodagi katta doʻstlardir.

Bu hammasi emas! Har birimizda juda koʻp yaxshilik, odamgarchilik va mehr-muhabbat tuygʻusi bor, ularni muhtoj boʻlganlarga berish qanday yaxshi. Bu haqiqiy qahramonlikdir!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



