Oʻqituvchi bir oylik maoshiga oʻz qoʻllari bilan uy qurdi

Bu mashgʻuloti bilan u nafaqat oʻz orzusini amalga oshirdi, balki boshpanaga ega boʻlish uchun yirik sarmoyaga ega qilish shart emasligini boshqalarga isbotlab berdi. Bu erkak oʻz uyini barpo etishi uchun atigi 250 AQSH dollarini sarfladi!

Qurilishda Maykl zamonaviy texnologiyalarning koʻrsatamalaridan emas, ajdodlar tajribasidan - qurilish uchun u somon, tuproq, yogʻoch va loydan foydalandi. Uy poydevorini esa toshlardan terib chiqdi.

U ish uchun somon, loy va qumdan qorishma tayyorladi. Bu qorishma bilan dastlab poydevorni qopladi, keyin esa qatlam ustiga qatlamni bostirib pressladi. Tomning asosini esa yaqin atrofdan terib chiqqan va somon bilan qoplangan daraxtlarning ingichka oʻzaklari tashkil etdi.

Maykl deraza sifatida oʻz eski yuk mashinasining old taraf oynasidan foydalandi, pol uchun taxtalarni esa yon atrofdagi qoʻshnilarning chiqindixonalaridan topib yigʻib oldi. U ichimlik suvini quduqdan oladi, elektr energiyasining oʻrniga shamlardan foydalanadi, hojatxona esa tashqarida, alohida joylashtirilgan. Taom tayyorlash uchun uyning ichida qurilgan pechka bir vaqtning oʻzida isitish tizimi boʻlib ham xizmat qiladi.

Har narsaga shubha bilan yondoshuvchi skeptiklar ham topilib, bunday qurilmaning ichida qishda juda sovuq boʻlishini taʼkidladilar. Biroq, bunday ekologik uy egasining ishontirishicha, ularning hammasi notoʻgʻri fikrlar.

Birinchidan, pechkadan taratilayotgan issiqlik keragidan ham ortiqroq, ikkinchidan devorlar ham uyning ichidagi issiqlikni aʼlo darajada ushlab turadi. Buning ustiga, uy tomi ham qoʻy terilari bilan issiqlashtirilgan.

Mayk qurilish jarayonida hech narsani xarid qilmagan. Sanoqda adashilgan yagona narsa – bu kerak boʻlgan somonning miqdoridir. U qoʻshimcha somon sotib olishiga toʻgʻri kelgan.

Umumiy sarf-xarajat tahminan 250 AQSH dollariga teng boʻldi. Hozirgi paytda bu erkak oʻz uyini qoʻshni fermadagi bir ayolga ijaraga bergan, u ayol esa ijara haqini yangi sogʻilgan sut va qaymoq maxsulotlari bilan toʻlaydi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



