Andijonda ikkita poyezd vagoni temir yoʻl izidan chiqib ketdi
Andijonda ikkita poyezd vagoni temir yoʻl izidan chiqib ketdi
Bugun, 12-dekabr kuni Andijon-Qoʻqon yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan poyezd vagonlari relsdan chiqib ketgan.

Bugun, 12-dekabr kuni Andijon-Qoʻqon yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan poyezd vagonlari relsdan chiqib ketgan. Holat muhrlangan video hamda fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarni egalladi.

Sodir boʻlgan holat yuzasidan IIV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2019-yil 12-dekabr kuni soat 07:30 larda Qozogʻiston Respublikasidan 13 ta yarim ochiq vagonlarda  MCHJlardan birining nomiga koʻmir maxsulotlari keltirib tushirilgan.

Hodisa koʻmir tushirib boʻlingach, vagonlar gʻildiraklari ostiga temir yoʻl bashmaklarining mahkamlanmaganligi sababli yuzaga kelgan.

Natijada boʻsh vagonlar pastga harakatlanib borib, 63080675-sonli yarim ochiq boʻsh vagon temir yoʻlning chap tomonidagi ariqqa tushib ketgan. 60745015-sonli vagonning old gʻildiraklari esa temir yoʻl izidan chiqib ketgan.

Xabarda aytilishicha, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Ayni damda holat yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook