Sayohat

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl hisoblanadi. Alpnaxshtadt shahridan to Pilatis togʻi tepasigacha boʻlgan yoʻl, bir juft yoʻldagi toʻxtash joylari bilan, yarim soatni tashkil etadi. Pilatisban temir yoʻlining eng havfli qismi uning oxirida – poyezd tonnellarga kirgan va sayyohlar oʻrindiqlariga seskanib yopishib olganlarida boshlanadi.

Mana shu yerda haqiqiy shvesiyalik ekstrim boshlanadi.

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Pilatus– bu Shvasiya Alplaridagi togʻli massiv boʻlib, “Boroib koʻrish kerak” boʻlgan joylardan biri. Togʻ choʻqqisiga uch hil yoʻl bilan yetish mumkin: tishli temir yoʻl orqali (Alpnachstad dan), kanatli yoʻl (Kriens dan) yoki piyoda. Koʻtarilishning xar bir uslibi yodda qolarli taʼsurotlar qoldiradi. Asosiysi obi havoni yaxshi boʻlishida. U esa bu yerlarda juda oʻzgaruvchan – yomgʻir quyoshli ob havoni birdaniga almashtirib yuborishi va aksincha boʻlishi ham mumkin. Baʼzan esa bu hol kuniga bir necha bor boʻladi.

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Pilatisban– eski temir yoʻl boʻlib, uni 1889 yili ochishgan va 1937 yili eketrlashtirilgan edi.

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Temir yoʻl qurilishi taniqli injener Eduard Loxer loyihasi asosida amalga oshirilgan. Qizigi, u ikki tishli gildirakli, gorizontal harakatlanuvchi konstruksiyaning loyihasini taqdim etganida, uni tentak deb atashgan. Bugun esa, Locher sistemasi– temir yoʻllarda eng koʻp tarqalgan tishli ilintirib olishkonstruksiyalaridan biridir.

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Maʼlumot uchun: tishli temir yoʻl – tramsportning relsli turi boʻlib, uning motorli vagonlari (yoki lokomotiv) bir yoki bir nechta tishli gʻildiraklar bilan jihozlangan. Ular harakat vaqtida yoqiladi. Oddiy relslar oʻrtasida lokomotivning (yoki vagon) tishli gʻildiragi ilinadigan tishli reyka yotqizilgan. Bunday texnologiya 16% va undan ortiq qiya kotarilishlarda (quruq sharoit uchun) va 14% gacha (nam sharoit uchun) relslar bilan yaxshiroq bogʻlanishni taʼminlaydi.

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Xozirgi vaqtda dunyoda 150 tishli temir yoʻllar bor. Ekspluatasiyada doimiylari esa 60 ga yaqin. Barcha ishlab turgan yoʻllarning 50% Shveysariyaga toʻgʻri keladi.

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Bu davlatda shu kabi yoʻllarni ekspluatasiyasida, oʻz ishlab chiqaruvida eng chaqqon zamonaviy sostav va keskin yoʻllar (28% va 48% qiyalik),  eng koʻp tajriba boʻlib,  . Bundan tashqari shveysariya yoʻllari rentabelli va daromadlidir.

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Avstraliya, Germaniya, Vengriya va bir qator lotin amerikasi davlatlari (Braziliya,Venesuella, Chili) tishli temir yoʻllari bilan maqtansa boʻladi.

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Ularni togʻli hududlarda sayyohlar marshrutlarida harakatlanish vositasi va shahar passajirlar transporti (masalan Budapesht, Syurix yoki Shtutgart) sifatida ishlatishadi.

 

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Pilatusban marshruti boʻyicha xar biri 40 kishilik 10 ta vagon qatnaydi. Yoʻlning maksimal oʻtkazuvchanlik qobiliyati – 340 odam soatiga. Harakatning oʻrta tezligi – 9-12km/s.

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Vagonlar ichitoza va oʻtgan asrning 50-yillar uslubida interyer ishlangan. Eʼtiborni birinchi navbatda qoʻlda koʻtariladigan oyna koʻtargichlar va “Oynadan osilibqaramaslik” yozuvlari jalb etadi. Bu juda muhim – yoʻlning baʼzi uchatkalarida qolni oynadan chiqarib togʻ gullarini terib olish yoki qoyalarga tegish mumkin boʻlgan joylari bor.

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Vagonda Pilatus choʻqqisiga qarab oʻtirish kerak. Chap tomondan togʻ, qoyalar,oʻtzorlar, oʻrmonlar peyzajlari, oʻng tomonda esa, ularga koʻllar va aholi punktlari koʻrinishlari qoʻshiladi.

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Butun Shveysariyadagi kabi, atrofda oʻtlayotgan sigirlarning qoʻngʻiroqchalari tovushi eshtiladi. Kim poezd boshqaruvi prosessiga qiziqsa, birinchi vagonga oʻtirib, mashinistning ishini kuzatishi mumkin.

Yoʻlda 30 daqiqa vaqt tez oʻtib ketadi. Marshrut boʻyicha poezd qisqa toʻxtashlar qiladi.

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Ularning biri Amsigen stansiyasida boʻlib, bir necha daqiqa davom etadi va bu yer fermerlaridan pishloq sotib olish mumkin. Lekin Rossiyadegidek poezd oynasidan yoki perrondan emas, balki, uychaga oʻtib, pishloqni degustasiya qilib. Ammo poezd degustatorlarni kutmaydi, ular jadval boʻyicha keying poezdni kutishlariga toʻgʻri keladi.

Marshrutning yakunlovchi va eng qiziqarli kesimi – bu qoyalardan oʻyilgan, tonnellardan oʻtish. Bu aynan usha 48% qiyaliklar boʻlib, bu oʻnlab metrlik jarliklar poezddan bir metr tepalikda. 

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Hayoladan “Agar tormozlar ishdan chiqsa, qancha vaqt pastga qulaymiz?” degan savol paydoboʻladi. Hazil! Fotokamerani qoʻldan tushurib yubormasdan va boʻynini qayirib olmasdan navbatdagi tonnelga kirib olish haqida oʻylanadi. Safarning, koʻpchilik eʼtibor bermaydigan, yagona minusi – bu tishli gʻildiraklar shovqini.

Pilatus Kulm togʻ choʻqqisida xamma narsa – mehmonxonalar, restoranlar, kafe, suvenir doʻkonlari, ochiq va yopiq tomosha maydonchalari va besh piyodalar soʻqmoqlari bor.

Nima bilan mashgʻul bolish: Pilatusban temir yoʻlida poezdda sayr davomida oyna ortidagi peyzajlarni koʻrish va surʼatga olish.

Qanday etib olish: Alpnaxshtadt Pilatus togʻi etagida joylashgan. U yerga Lyuserndan poezdda (30 daqiqa) yoki paromda (1 soat) etish mumkin.

Ekipirovka: qoʻlni chuzib alp gullarini terib olish havasi kuchli boʻlsada, oynadan osilib qarash mumkin emas.

Infrastruktura: poezd 10 vagondan iborat.

Pilatusban – dunyodagi eng keskin temir yoʻl

Taʼsurotlarni qanday yaxshilatish: mahalliy fermerlardan, oradagi toʻxtash joyida chiqib, pishloq sotib olish. U holda albatta keying poezdni kutishga toʻgʻri keladi.

Kinish narxi: 68 shveysariya franki.

Ish tartibi: 8:10 dan to 17:50 gacha. Ortga oxirgi poezd 18:45 da ketadi.

Qayerda tunash: Lyusern shahrida yoki Pilatus choʻqqisidagi mehmonxonada.

Estalik uchun nima olib kelish: mahalliy fermerlardan pishloq, koʻp fotosurʼatlar va taʼsurotlar.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar